O‘zbek tili fonetikasi


Kecha akam Toshkentdan keldi – qachon keldi?  Kecha akam



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/118
Sana28.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#188327
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Kecha akam Toshkentdan keldi – qachon keldi? 
Kecha akam Toshkentdan keldi – kim keldi? 
Kecha akam Toshkentdan keldi – qaerdan keldi? 
Ko‘rinadiki,  aktual  bo‘linishda,  ya’ni  kommunikativ  maqsadning  yuzaga 
chiqishida jumla tarkibiy qismlarining shu jumla tarkibidagi o‘rnining o‘zgarishigina 
emas, balki ohangning o‘zgarishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Intonatsiya, uning prosodik elementlari 
Intonatsiya  lisoniy  faktor  sifatida  alohida  lingvistik  ahamiyatga  ega.  Chunki 
aynan  u  tufayli  nutqda  o‘z  ifodasini  topayotgan  sintaktik  birliklar  turli  ma’nolarda 
jilolanadi.  Intonatsiya  til  sistemasida  o‘ziga  xos  mavqega  ega  bo‘lib,  o‘z  tarkibiga 
nutqning barcha supersegment birliklarini qamrab oladi. Bular quyidagilar: 
1. Akustik sathda asosiy ovoz chastotasining o‘zgarishiga olib keluvchi tovush 
paychalari  tebranish  chastotasining  o‘zgarishi.  Bu  komponent  frazada  tonning 
harakatini anglatib, balandlikning o‘zgarishi sifatida qabul qilinadi va melodika deb 
yuritiladi. 
2.  Tovushlarning  cho‘zilishiga  olib  keluvchi  artikulyatsiya  tezligining 
o‘zgarishi.  Bu  nutq  tempidir.  Shu  bilan  birga,  bu  komponentni  ko‘p  holatlarda 
nutqning davriy birlashmasi (organizatsiyasi) deb ham yuritiladi. 
3. Tovush intensivligining o‘zgarishiga olib keluvchi artikulyatsion harakatlar 
kuchining o‘zgarishi. Bu balandlik. 
4. Nutq jarayonida fonatsiyaning to‘xtalishi. Bu pauza sifatida qabul qilinadi. 
5. Urg‘uning barcha turlari. 
6. Ovoz tembri. 
Lekin  shuni  ta’kidlash  lozimki,  tilshunoslarning  intonatsiyani  tashkil  etuvchi 
komponentlar haqidagi qarashlari bir xil emas. Xususan, L.V.Bondarko intonatsiyani 
tashkil  etuvchi  komponentlar  sifatida  melodika,  temp,  intensivlik  va  pauzani 
                                                                 
1
 Гак В.Г. Теоретическая грамматика французского языка. Синтаксис. –М.: Высшая школа, 1981. –с.102.
 


75 
 
ajratadi
1
. M.I.Matusevich esa melodikani, urg‘uning barcha turlarini, pauzani va ovoz 
tembrini intonatsiyaning tarkibiy qismlari deb baholaydi
2

Shu  bilan  birgalikda,  intonatsion  komponentlarning  nutq  jarayonidagi  mavqei 
masalasi  ham  tortishuvlidir.  M.I.Matusevichning  fikricha,  intonatsiyani  tashkil 
etuvchi komponentlar ichida melodika eng asosiysi, yetakchisi hisoblanadi. Melodika 
mazmun  (semantika)  va sintaksis  bilan zich  aloqada bo‘lib,  har  bir  tilda  o‘ziga xos 
tarzda uning melodik strukturasini tashkil etadi
3

L.V.Bondarko  ham  intonatsiya  tarkibida  melodika  alohida  o‘ringa  ega 
ekanligini  ta’kidlaydi.  Uning  fikricha,  jumlaning  intonatsion  shakllanishida  uni 
tashkil  etuvchi  turli  komponentlarning  roli  turlichadir.  Asosiy  og‘irlik  melodika 
zimmasiga,  ya’ni  asosiy  ton  chastotasining  o‘zgarishiga  tushadi.  Shu  jihatdan 
jumlaning  fonetik  xarakteristikasini  ifodalovchi  intonatsiya  teriminining  ton 
tushunchasi bilan bog‘liqligi ham bejiz emas
4

N.I.Jinkinning  ta’kidlashicha,  intonatsiya  faqat  eshitish  orqali  ta’riflanadigan 
bo‘lsa,  unda  ikki  hodisani  –  ovozning  ko‘tarilishi  va  pasayishini  kuzatish  mumkin. 
Bu  ko‘zlanayotgan  natijaning  qashshoqligidan  darak  beradi.  Aslida  intonatsiyaning 
ma’no  qirralari  boy  va  rang-barangdir.  Intonatsiyani  uning  asosiy  dinamik 
komponenti  (urg‘u)  va  cho‘ziqligi  (pauza)  asosida  aniqlashning  xarakterli  tomoni 
shundaki,  bu  tayanch  nuqtalarning  o‘zgarishi  jumla  mazmunini  o‘zgartirishi  yoki 
umuman  bema’nolikka  olib  kelishi  mumkin.  Masalan,  agar  Dva  dnya  yemu  kazalis 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish