78
melodik cho‘qqi urg‘uli bo‘g‘indan keyingi unliga to‘g‘ri keladi. Urg‘uli unli esa
ko‘tariluvchi melodika bilan xarakterlanadi.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, nutq jarayonida gapning leksik-
grammatik strukturasini o‘zgartirmagan holda, faqat intonatsion vositalar yordamida
gap mazmunini o‘zgartirish mumkin. Muayyan bir shakl orqali ifodalangan gaplar bir
o‘rinda oddiy xabar mazmunini, ikkinchi o‘rinda hayrat, uchinchi o‘rinda so‘roq,
yana bir o‘rinda belgining inkori ma’nolarini anglatishi bilan shakl va mazmun
o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yuzaga keltiradi. Demak, gap mazmunining tushunilishida
intonatsiya muhim ahamiyat kasb etadi.
Urg‘usi turg‘un bo‘lgan tillarda, xususan, o‘zbek tilida urg‘u, asosan, so‘zning
oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Bunday holatda urg‘usiz unlilar urg‘u oldi pozitsiyasiga
ega bo‘ladi va intonatsion markazning o‘rni ham turg‘unlik kasb etadi. Bu esa,
tabiiyki, intonatsion konturlarning o‘ziga xosligini, betakrorligini ta’minlaydi.
Shunga qaramay, o‘zbek tilida shunday birliklar borki, ular o‘ziga urg‘u olmaydi.
Shu o‘rinda e’tirof etish kerakki, o‘zbek tilshunosligida o‘zbek tilining intonatsion
xususiyatlari keng monografik planda tadqiq ob’ekti bo‘lgan emas. Bu masalaga
o‘zbek tilining ayrim muammolarini, xususan, so‘zlashuv nutqi xususiyatlarini,
gapning kommunikativ aspektini yoritish jarayonida yo‘l-yo‘lakay e’tibor qaratilgan.
Bu esa ushbu masala o‘zbek tilshunosligida o‘z yechimini kutayotgan yana bir
dolzarb muammolardan biri ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbek so‘zlashuv nutqini o‘rganish jarayonida B.O‘rinboev so‘zlashuv
nutqining intonatsion xususiyatlariga e’tibor qaratadi. Uning ta’kidlashicha,
so‘zlashuv nutqi og‘zaki nutq bo‘lganligi uchun unda intonatsiya muhim rol
o‘ynaydi. So‘zlashuv nutqi uchun bir tekis ritmik-intonatsion oqim xarakterli emas.
So‘zlashuv nutqi intonatsion nuqtai nazardan «chopayotgan», «sakrayotgan» kabi
tuyuladi. Uning bunday stixiyaliligi, intonatsion shakllanmaganligi nutqning
tabiiyligini ko‘rsatuvchi omildir. Shuning uchun gapning ko‘zlangan maqsadga ko‘ra,
emotsionallikka, modallikka ko‘ra turlari ko‘p jihatdan intonatsion farqlarga qarab
belgilanadi.
B.O‘rinboev intonatsiyaning quyidagi turlarini ajratadi:
1. Grammatik yoki sintaktik-sintagmatik intonatsiya. Bu, odatda, sintaktik
bo‘linishning, mazmunning boshqaligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Bu xil
intonatsiya gaplarni sintaktik bo‘laklarga ajratishda va so‘z tarkibida aniq ko‘rinadi.
Masalan:
Katta mevali daraxt (mevasi katta).
Katta mevali daraxt (daraxt katta).
Yigit
Do'stlaringiz bilan baham: