O‘zbek tili fonetikasi



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/118
Sana28.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#188327
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

durustroq  kiyinib  oling,  mehmonlar  masxara  qilib  yurishmasin,  tag‘in  (A.Qodiriy) 
jumlasida  bir  qarashda  maslaxat,  nasixat  ma’nosi  anglashilayotganga  o‘xshaydi. 
Lekin  bu  ko‘rinish,  xolos.  Aslida  esa  o‘zbeklarga  xos  bo‘lgan  qaynona-kelin 
munosabatlarining  bor  bo‘yi  bilan  yuzaga  chiqishining  guvohi  bo‘lamiz.  Bunday 
munosabatlarning  yuzaga  chiqishida  jumla  tarkibidagi  leksik-semantik  va  sintaktik 
vositalar bilan bir qatorda intonatsiyaning o‘rni muhimdir. 
B.O‘rinboev  o‘zbek  tilining  so‘zlashuv  nutqini  tahlil  etar  ekan 
kommunikatsiya  jarayonida  intonatsiyaning  ahamiyatiga  e’tibor  qaratadi  va  uning 
quyidagi turlarini ajratadi: 
1.  Grammatik  yoki  sintaktik-sintagmatik  intonatsiya.  Bu,  odatda,  sintaktik 
bo‘linishning,  mazmunning  boshqaligini  ko‘rsatishga  xizmat  qiladi.  Bu  xil 
intonatsiya  gaplarni sintaktik  bo‘laklarga  ajratishda va so‘z  tarkibida  aniq ko‘rinadi. 
Masalan: Katta mevali daraxt (mevasi katta). Katta mevali daraxt (daraxt katta). Yigit 
qiz  izladi  (yigit—ega,  qiz—to‘ldiruvchi).  Qiz  yigit  izladi  (qiz—ega,  yigit— 
to‘ldiruvchi). 
2.  Mantiqiy  yoki  mantiqiy-ekspressiv  intonatsiya.  Bu  intonatsiya  grammatik-
fikriy munosabatni belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Bunda mantiqiy urg‘u muhim rol 
o‘ynaydi. Masalan: U keldi, men ketdim(sanash: U keldi va men ketdim). U keldi — 
men  ketdim  (sabab:  U  kelgani  uchun  men  ketdim.  U  keldi-men  ketdim  (Ikki  ishning 
bo‘lishida oradagi vaqtning qisqaligi: U kelishi bilanoq men ketdim). 
3.  Emotsional-ekspressiv  intonatsiya.  Intonatsiya  ekspressivlikka  boy, 
mantiqiy kuchga egaligi bilan ajralib turadi. Bunda so‘zlovchi avvalo nutqning badiiy 
go‘zalligiga, qolaversa fikrning o‘ta ta’sirchanligiga erishadi
1

A.Ahmedov  ham  o‘zbek  tilida  gapning  kommunikativ  turlarini  tadqiq  etish 
jarayonida  gap  mazmuniga  intonatsiyaning  ta’sir  etishiga  e’tibor  qaratadi.  Uning 
ta’kidlashicha, ba’zan tasdiq shakldagi gap inkor mazmuni uchun va, aksincha, inkor 
shakldagi  gap  tasdiq  mazmuni  uchun  qo‘llanishi  mumkin.  Shunda  ham  bari  bir, 
tildagi  muayyan  usul  va  vositalardan  foydalaniladi.  Masalan,  tasdiq  formadagi  
bajarib  bo‘pti  gapi  maxsus  intonatsiya  yordamida  U  bajara  olmaydi  degan  inkor 
mazmunini, xuddi shuningdek, inkor shakldagi  U bermaydi-ya gapi U beradi degan 
tasdiq mazmunini anglatadi. Shuningdek, Men ovozim boricha chaqirdim, qani endi u 
javob  bersa  gapining  u  javob  bermadi  degan  inkor  mazmunini  anglatishi  ham 
                                                                 
1
 Ўринбоев Б. Ўзбек сўзлашув нутқи. 
 


81 
 
intonatsiya  va  sintaktik  strukturadan  bilinib  turadi.  Biroq  bunda  asosiy  rolni 
intonatsiya  o‘ynaydi.  Sintaktik  struktura  esa  yordamchi  vazifani  bajaradi  (sintaktik 
struktura  yuqoridagi  gapning  intonatsiya  yordamida  inkor  mazmunini  anglatishga 
zamin yaratgan)
1

Bularning  barchasi  nutq  jarayonida  jumla  qurilishida  intonatsiyaning  roli  va 
mavqei  alohida  e’tiborga  loyiq  ekanligidan,  u  tilning  boshqa  birliklari  singari 
murakkab  butunlik  sanalib,  til  sitemasida  o‘ziga  xos  mavqega  egaligidan  dalolat 
beradi.  Shu  bilan  birgalikda,  ohangning  bunday  murakkab  strukturaga  egaligi, 
tabiiyki,  ta’lim  jarayonida  bir  qator  qiyinchiliklarni  keltirib  chiqaradi.  Xususan, 
yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, tartib o‘zgarmagan holda tema-rematik munosabatning 
o‘zgarishi, so‘zlovchining kommunikativ niyati kabilar intonatsiya yordamida amalga 
oshirilishi mumkin. 
Demak, intonatsiya gap strukturasining zaruriy komponentlaridan biri bo‘lib, u 
gap  tarkibiy  qismlarini,  N.I.Jinkin  ta’biri  bilan  aytganda,  sementlovchi  vositadir
2

Intonatsiya 
o‘z 
funksiyasini 
kommunikatsiya 
jarayonida 
bajaradi 
va 
kommunikantlarning  xohishiga  qarab  gapning  shakliy  tuzilishiga  ta’sir  etmagan 
holda,  uning  mazmuniy  strukturasiga  rang-barang  ma’no  ottenkalarini  yuklashi 
mumkin. Bundan tashqari, intonatsiya  murakkab  butunlik bo‘lib, uni tashkil  etuvchi 
komponentlarning o‘zaro nisbatlanishi turli tillarda turlichadir. Shuning uchun har bir 
til  doirasida  uning  intonatsion  xususiyatlarini  o‘rganish  shu  tilning  kommuniktiv 
imkoniyatlarini  va  shu  til  egalarining  mental  xususiyatlarini  yoritib  berishga  yo‘l 
ochadi. 
 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish