O‘zbek tili fonetikasi


Undoshlarning asosiy, fonologik muhim belgilari



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/118
Sana28.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#188327
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Undoshlarning asosiy, fonologik muhim belgilari 
 
Paydo bo‘lish o‘rni belgisi 
Undoshlar  artikulyatsion  tomondan  o‘pkadan  chiqayotgan  havoning  nutq 
a’zolarining  ma’lum  bir  o‘rnida  to‘siqqa  uchrash  yo‘li  bilan  hosil  bo‘ladi.  Ana  shu 
to‘siqqa uchragan nuqta ularning o‘rin belgisi sanaladi. Undoshlar ana shu belgisiga 
ko‘ra  unlilar  bilan  zidlanadi.  Demak,  undosh-unli  zidlanishida  o‘ringa  ega  bo‘lish-
bo‘lmaslik belgisi fonologik muhim belgi sanaladi. 
Bu  belgiga  ko‘ra  undoshlar  bir  necha  zidlikni  tashkil  etadi:  lab,  lab-tish,  til 
oldi, til o‘rta, til orqa, uvulyar va faringal undoshlar oppozitsiyasi. 
Lab undoshlari labiallik belgisiga ko‘ra bir sinfni, bir paradigmani tashkil etadi. 
Demak,  bunday  undoshlarning  barchasini  bir  paradigmaga  birlashtiruvchi  belgi  lab 
belgisidir. Shu bilan birga bu belgi asosida bir paradigmaga birlashgan har bir a’zo 
boshqasida o‘ziga xos farqlovchi belgisi bilan ajralib turadi. 
                                                                 
1
 Дмитриенко С.Н. Фонемы русского языка. -М.: Наука, 1985. -С.20
 
2
 Нурмонов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. –Б.19.
 
3
 Буланин Л.Л. Фонетика современного русского языка. -М.:Высш шк., 1970. -С.51.
 
4
 Нурмонов А. Ўша асар. –20-б.
 
5
 Шчербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. -Л.: Наука. 1970. -С.78.
 


30 
 
Xususan, lab undoshlaridan b-p zidligida jarangli-jarangsizlik belgisi fonologik 
muhim  belgi bo‘lsa, b-m  zidligida sonorlik-sonor  emaslik  belgisi,  b-f,  b-v  zidligida 
esa  portlovchilik-sirg‘aluvchilik,  shuningdek,  labiallik  va  labiodentallik  belgilari 
fonologik muhim belgilar hisoblanadi. 
Til oldi undoshlari til uchining tishga  tegishi natijasida  hosil bo‘lish  belgisiga 
ko‘ra umumiylikni tashkil etadi. Shuning uchun ular bir paradigmaga birlashadi. 
Ayni  paytda  bu  paradigma  a’zolarining  boshqa  paradigma  a’zolari  bilan 
zidlanishida til oldilik belgisi farqlovchi, fonologik muhim belgiga aylanadi. 
Til  o‘rta  undoshlari  til  o‘rtalik  belgisiga  ko‘ra  bir  paradigmani  hosil  qiladi. 
Demak, ularning bir paradigmaga birlashuvida ana shu belgi fonologik muhim belgi 
sanaladi. 
Til  orqa  (uvulyar)  undoshlari  til  orqasida  paydo  bo‘lish  belgisiga  ko‘ra  bir 
paradigmani  tashkil  etadi.  Demak,  bu  belgi  ushbu  paradigma  a’zolari  uchun 
birlashtiruvchi (integral) belgi vazifasini bajaradi. Shuning uchun u har bir paradigma 
a’zosida takrorlanadi. Chunonchi k, g, ng, q, g‘, x undoshlari ana shu belgiga ko‘ra 
birlashadilar. 
Bu paradigma  uchun  papradigma  hosil qilish vazifasini  bajaruvchi  va  integral 
belgi  sanaluvchi  til  orqalik  belgisi  ularning  boshqa  paradigma  a’zolari  bilan 
zidlanishida farqlovchi belgi vazifasini bajaradi. 
Faqat  bir  fonema  (h)  faringallik  belgisiga  ko‘ra  boshqa  undosh  fonemalarga 
zidlanadi. Bu esa faringallik belgisining ham undoshlar uchun fonologik muhim belgi 
ekanligini ko‘rsatadi. 
Yuqoridagilardan  shu  narsa  ma’lum  bo‘ladiki,  hozirgi  o‘zbek  adabiy  tilidagi 
undosh  fonemalar  zidlanishida  o‘rin  belgisiga  ko‘ra  lab,  til  oldilik,  til  o‘rtalik,  til 
orqalik, uvulyarlik, faringallik belgilari fonologik muhim belgilar sanaladi. 
 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish