«Alkimyogarlar» elementlari
XIII-XVII asrlar mobaynida alkimyogarlar tomonidan 5 ta yangi element kashf etilgan
deb hisoblanadi. Albatta, «falsafa toshi», ya’ni, istalgan metallni oltinga aylantirib qo‘yadigan
sehrli usulni izlash asnosida bilib-bilmay turli xil kimyoviy tajribalar olib borgan o‘sha
alkimyogarlar, shu tajribalar orasida yangi bir kimyoviy element kashf etib qo‘yganliklarini
o‘zlari payqashmagan ham. Shu bois, alkimyogarlar kashf etgan elementlarning elementar
xossasi, ya’ni, ularning element ekanligi ancha keyin isbotlangan. Aniqroq gapiradigan
bo‘lsak, quyidagi etimologik sharhlar –
fosfor
,
mishyak
,
surma
,
vismut
va
rux
haqida boradi.
Shunisi qiziqki, sanab o‘tilgan beshta elementdan to‘rttasi davriy jadvalda bitta guruhga
mansubdir. Adolat yuzasidan shuni aytish kerakki, rux – qadimgi Hindiston va Rimda ham
ma’lum bo‘lgan. Faqat qadimgilar ruxni alohida element-metall sifatida tanishmagan. Shu
bois, alkimyogarlar ruxni qayta kashf etishgan xolos. Agar, ushbu holatni inobatga olsak,
demak, alkimyogarlar faqat davriy jadvaldagi to‘rtinchi guruhga mansub (zamonaviy jadvalda
15-guruh) elementlarni kashf etishgan ekan...
Rux
Rux metalining nomi ona tilimizga fors tilidan kirib kelgan. Forslarda «rux» so‘zi bilan
bronzani,
qalay
ni va ularning
mis
bilan qotishmalarini umumlashtirib nomlashgan (xususan,
ruxning mis bilan qotishmasi – latun shunday metallardan biridir). Yuqorida ham aytilganidek,
rux metali aslida odamlarga qadimdan ma’lum bo‘lgan. Lekin uni odamlar qalay bilan bir xil
narsa deb o‘ylashgan bo‘lishlari ehtimol. Ruxni alohida, mustaqil element sifatida esa 800-
yilda Hindistonlik alkimyogar Rasaratnasamuchchaya kashf qilgan deb e’tirof etiladi. Uni sof
holda ajratib olishni esa 1746-yilda olmon kimyogari Sigizmund Marggraf uddalagan.
Elementning xalqaro ilmiy nomi Zincum tarzida yangraydi. Ushbu so‘z ilmiy
terminologiyaga nemis tilidagi Zinke so‘zidan kirib kelgan bo‘lib, u nemischada «tishcha»
degan ma’noni bildiradi. Mazkur metallni zincum va zinken tarzida nomlanishi ilk bora Teofast
Bombast Paratselsning «Liber metallim II» nomli kitobida uchraydi. Haqiqatan ham, rux eritib
quyilgach, uning qotish jarayonida kristallanishida sirtida ingichka ignasimon tishchalar hosil
bo‘ladi. Ruxning ilmiy nomi – zincumning kelib chiqish bilan bog‘liq yana bir taxminga ko‘ra
esa, mazkur nom nemis tilidagi boshqa bir so‘z – «tinka» so‘zidan yasalgan bo‘lishi ham
mumkin ekan. Qadimgi nemis tilida bu so‘z oq rang ma’nosini bildirgan. Haqiqatan ham,
ruxning eng keng tarqalgan birikmasi – rux oksidi (ZnO) oppoq rangda bo‘lib, uni
alkimyogarlar «falsafa yungi» deb nomlashar edi.
Aksariyat turkiy tillarda ham ruxni xalqaro ilmiy nomiga va rus tilidagi nomiga yaqin
tarzda «sink» «цинк» deb yuritiladi. Xususan, Ozarbayjonda ruxni «sink», Turkiyada «cinko»,
boshqirdchada «цинк», qirg‘izchada «цинк» ham deyiladi. Tojik tili fors tili bilan yaqin
bo‘lgan uchun, ularda ruxni tabiiyki, rux deyilaveradi (aslida tojik tili turkiy tillar oilasiga
kirmaydi ham). Turkiy tillar ichida faqat qozoq tilida ruxning mahalliy nomi mavjud. U ham
bo‘lsa «mirish» (мырыш) demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |