Simob
Ushbu suyuq metall ham odamlarga qadimdan ma’lum. Chunki u ham tabiatda sof
holda, rudada ajralib chiqqan tomchilar ko‘rinishida, hamda, asosan, qizil mineral – kinovar
ko‘rinishida uchraydi (kinovar simob sulfidi HgS ning shakllaridan biri). Simob qadimgi Rim
va Yunonistonda ham odamlarga yaxshi tanish bo‘lgan. Qadimgi Rim madaniyati simobni
Ispaniya hududidan qazib olgan.
O‘zbekcha simob so‘zi tilimizga forscha «sim» va «ob» so‘zlaridan kirib kelgan bo‘lib,
u «kumush suvi», yoki, «suyuq kumush» degan ma’nolarni anglatadi. Va bu bejizga emas.
Tabiiy holdagi simob
kumush
bilan deyarli bir xil rangda bo‘ladi va u suyuq holda, tomchilar
ko‘rinishida bo‘ladi. Shuning uchun ham simobni qadimgilar suyuq kumush deb atashgan
bo‘lishsa ajab emas. Umuman olganda, simobni suyuq kumush deb nomlash faqat turkiy yoki
forsiy tillarda mavjud holat emas. Ushbu elementning lotincha nomi – hydrargyrum atamasi
ham yunoncha hydor, ya’ni, «suv»; va argyros, ya’ni, «kumush» so‘zlarining qo‘shilishidan
yasalgan va u ham aynan kumush suvi degan ma’noni beradi. Shuningdek, nemis tilida simobni
Quecksilber, ya’ni, «yuguruvchi kumush» deyiladi. Gollandcha kwikzilver,
island tilida
kvikasilfur, shvedchada kvicksilver, hamda, slovenchada živo srebro so‘zlarining ma’nosi ham
aynan
yuguruvchi kumush degani bo‘lib, ushbu so‘zlar tegishli tillarda simob elementini
ifodalaydi. Turk, ozar va bulg‘or tillarida simob «jivak» deyiladi.
Haqiqatan ham, agar siz sinib ketgan termometrdan to‘kilib tushgan simob tomchilarini
kuzatgan bo‘lsangiz, ularning juda tez oqishini, bir zumda yumalab uzoqqa borib qolishini
ko‘rgansiz. Biroq, qator tillarda simobni yuguruvchi, yoki suyuq kumush degan so‘zlar bilan
emas, balki, qadimgi Rimliklarning savdo va tijorat ma’budi – Merkuriy nomi bilan bog‘lab
aytiladi. Xususan, ingliz tilida mercury, fransuzchada mercure, italyanlardagi mercurio so‘zlari
shunday. Ispanchada esa simob yana «yuguruvchi kumush» bo‘lib qoladi – argento vivo va
hidrargirio. Merkuriy qadimgi xalqlar tasavvurida shuningdek ma’budlar chopari ham bo‘lgan
va shu sababli, ushbu ma’budni qadimgi odamlar qanotlarga ega bo‘lgan, oyog‘iga ham tez
yugurishga qulay poyabzal kiyib olgan holatda tasvirlashgan. Ya’ni, ularning tasavvurida
Merkuriy ma’budi shuningdek, tezkorlik, chopag‘onlikni ramzi ham bo‘lgan. Alkimyogarlar
simobni Merkuriy sayyorasi bilan bog‘lab tushunishgan. Qiziq joyi shundaki, sayyoralar ichida
eng tez harakatlanadigani ham aynan Merkuriy sayyorasidir. Simobning ushbu, merkuriy
so‘ziga bog‘liqligidan kelib chiqib, turli moddalar tarkibidan simob elementini chiqarib
tashlash jarayonini demerkurizatsiya deyiladi.
Uglerod
Uglerodning xalqaro ilmiy nomi – carbon bo‘lib, uning o‘zagi qadimgi lotin tilidagi
ker so‘ziga borib taqaladi. Qadimgi lotin qabilalarida ker – «olov» va «gulxan» ma’nolarini
bildirgan. Ushbu so‘zdan keyinchalik carbo, ya’ni, «ko‘mir» so‘zi yasalgan. Lotinchadagi
cremare - «yonish» so‘zi ham shundan yasalgan. Krematoriy va krematsiya so‘zlarining kelib
chiqish ham aynan ushbu lotincha so‘z bilan bog‘liq.
Uglerod atamasining o‘zi esa o‘zbek tiliga rus tilidan kirib kelgan bo‘lib, u «ko‘mir
tug‘diruvchi» - degan ma’noni bildiradi.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |