Qalay
Qadimgi Rimliklar qalayni plumbum album, ya’ni, oq
qo‘rg‘oshin
deb nomlashgan.
Qadimgi Yunonistonda esa qalayni kassiteros deb nomlashgan. Ushbu yunoncha so‘zdan,
kassiterit minerali (qalay toshi SnO
2
) nomi va Britan orollarining qadimgi nomi kelib chiqqan.
Eramizdan avvalgi asrlarda Finikiyaliklar qalayni Britan orollaridan tashib kelishgan va ushbu
orollarning joylashuvini hammadan sir tutishgan. Chunki, o‘sha paytda ma’lum asosiy qalay
konlari ushbu arxipelagda bo‘lgan. Shu sababli, Britan orollari qadimgi xaritalarda Kasiterid
orollari deb nomlangan.
Yirik qalay konlari keyinchalik – ilk o‘rta asrlarda Malakka arxipelagi, xususan, hozirgi
Malayziya hududlaridan topilgan. Ushbu qalay konlarini esa asosan arab savdogarlari tasarruf
qilishgan. Arablar qalay metallini Malayziyaning hozirgi poytaxti – Kuala-Lumpur shahrining
nomi bilan bog‘lab atashgan bo‘lsa ehtimol. Chunki, qalay qazib olinadigan va Yaqin Sharqqa
tashib kelinadigan asosiy bandargoh shahar aynan Kuala-Lumpur bo‘lgan. Shu sababli, Kuala
so‘zi arab tiliga «qalay» o‘zlashib ketgan bo‘lsa kerak deb taxmin qilinadi. (Yoki aksincha,
arab tilidagi «qalay» so‘zi keyinchalik shahar nomiga bog‘lanib, Kuala bo‘lib ketgan bo‘lishi
ham mumkin). Yana bir taxminga ko‘ra esa, qalay so‘zi Arabchadagi «qalayi», ya’ni, «eritib
ajratib olish» ma’nosidagi so‘zdan yasalgan bo‘lishi ham mumkin. Lekin, harholda, o‘zbek
tiliga ham qalay so‘zi arab tilidan kirib kelgani aniq. Bolgar tilida ham qalayni o‘zbek tili bilan
deyarli bir xil aytiladi. Ya’ni, bolgarlar qalayni kalay deyishadi. Albatta, hozirgi Bolgariya va
bolgar millati – slavyan xalqi hisoblanadi. Lekin, bolgar so‘zining o‘zi ham qadimgi turkiy
tildagi bulg‘or so‘zidan yasalgan bo‘lib, u aynan shu nomli, ya’ni, qadimgi Bulg‘or
qabilalarining umumiy nomi bo‘lgan. Bulg‘or qabilalari esa turkiy qabilalar bo‘lishgan.
Qalayning lotincha nomi – stannum bo‘lib, qalay kislotalarining umumiy nomi –
stannatlar va qalayning organik hosilalari – stannanlarning nomi ham shu lotincha so‘z bilan
bog‘liq. Lotin tiliga ushbu stannum so‘zi kelt tillaridan kirib kelganligi taxmin qilinadi. Irland
tilida qalayni stan, breton tilida sten va Uelsliklar tilida esa ystaen deyilishi shu bilan bog‘liq.
Lotincha stannumdan, qalayning italyanchasi – stagni, fransuzchasi – étain va ispanchasi
estaňo yuzaga kelgan. Ingliz tilida esa qalayni tin deyiladi. Nemischada esa qalay zinn deyiladi.
Aynan shu nuqtada, tarjimonlar uchun turli tillarda qalay va qo‘rg‘oshinni chalkashtirishga olib
keladigan chigallikka rux elementi ham qo‘shiladi. Chunki, boshqa tillarda
rux
ni zin yoki cin
deyiladi. Ukrain (tsina - цина), polyak (cyna), chex (cin), nemis (zinn) va vengr (cin) tillarida
esa bu tegishli so‘zlar qalayni bildiradi!
22
Do'stlaringiz bilan baham: |