eu-, ev-
Bu ikkalovining ildizi bir va u yunoncha «yengil», «oson» degan ma’noga ega bo‘lgan
eu- old qo‘shimchasining aynan o‘zginasi hisoblanadi. Mazkur old qo‘shimchani ko‘plab
organik va noorganik birikmalar nomlarida uchratish mumkin. Masalan, evkriptid yoki,
evdialit (ular oson eriydi) minerallari, euxromatin (hujayra yadrosidagi nukleoproteid, u
rangini oson o‘zgartiradi), eunoktin (uyqu dori, oson uxlatadi), eukain (anestetik, yengil
hushdan ketkizadi) moddalari nomiga e’tibor berish mumkin.
100
Kimyoda shuningdek, yuqorida sanab o‘tilgan standart old qo‘shimchalardan tashqari,
so‘z ketidan qo‘shiluvchi qo‘shimchalar ham ko‘p bo‘lib, quyida, shunday qo‘shimchalardan
bir nechtasi haqida ma’lumot keltiramiz.
-an
Bu qo‘shimchani «metan», «alkan», «etan» va ho kazo moddalarning nomida
uchratamiz. Uning ma’nosi «turdosh» degan yunoncha so‘zga to‘g‘ri keladi va u asl
holda -anus deb yoziladi. Bunday qo‘shimcha qo‘shish qoidasini 1865-yilda nemis kimyogari
Avgust Vilgelm Goffman (1812-1892) tomonidan kiritilgan. Uglevodorodlarning nomida
«an», «en», «in» qo‘shimchalari qo‘shish orqali, ushbu uglevodorodda boshlang‘ich
alkandagiga nisbatan mos ravishda 0, 2, yoki, 4 ta vodorod atomi kamligini ifodalash g‘oyasi
ham aynan Goffmanga tegishli.
-at
«Atsetat», «benzonat», «linoleat», «ammiakat», «silikat», «sulfat», «bromat» va ho
kazo juda ko‘plab nomlar tarkibida ushbu qo‘shimcha mavjud. Uning kelib chiqishi lotin
tilidagi –atus qo‘shimchasi bilan bog‘liq bo‘lib, u muayyan shaxsga qandaydir vazifa, yoki,
topshiriq biriktirilganligini bildiradigan qo‘shimcha bo‘lgan. Masalan, delegat, laureat va ho
kazo terminlarda shu qo‘shimcha shu ma’nosi bilan mavjud.
-en
«Alken», «etilen», «amilen», «dien», «metilen», «atsetilen» va ho kazo yana ko‘plab
terminlar va nomlar tarkibida bu qo‘shimcha mavjud. Qadimda bu qo‘shimchadan yunonlar
ona, yoki, xotin tarafdan tug‘ilgan qiz qarindoshlarini alohida urg‘u bilan ifodalash uchun
foydalanishgan va ularda –ene tarzida yozilgan. Kimyoda esa bu qo‘shimcha asosan XIX-asr
o‘rtalaridan keyin paydo bo‘lgan va u boshlang‘ich moddaga nisbatan kamroq vodorod atomi
tutgan modda yoki, molekulani ifodalash uchun qo‘llaniladi. Masalan, formulasi C
2
H
4
bo‘lgan
etilen, C
2
H
5
etandan ko‘ra bittaga kamroq vodorod atomi tutadi. (Ya'ni, etilen bu go‘yoki –
etanning qizi).
-il
Aksar Yevropa tillarida –yl tarzida yoziladigan bu old qo‘shimchani kimyoda «metil»,
«alkil», «benzoil» va ho kazolarning nomida ko‘rishimiz mumkin. Uning kelib chiqishi
yunoncha hyle- so‘zidan bo‘lib, mazmuni «modda» degani bo‘ladi. Shuningdek, yunonlar
uchun uning «mohiyat» degan ma’nosi ham bo‘lgan. Kimyogarlar esa bu qo‘shimchani
go‘yoki, barcha organik moddalarning mohiyati deb hisoblangan radikallarning nomiga
qo‘shishgan.
-id
Bu qo‘shimchani Yens Yakob Berselius taklif qilgan va uni biz «karbid», «amid»,
«xlorid», «azid», «nitrid», «fosfid», «sulfid» singari nomlarda uchratamiz. Bularning hammasi
«oksid» ga taqlidan hosil qilingan bo‘lib, bu qo‘shimchani «-oid» bilan adashtirib yubormaslik
lozim. Eslatib o‘tamiz, «-oid» qo‘shimchasi yunoncha –oeides so‘zidan, ya'ni, «o‘xshash»,
«shakldosh» ma’nolaridagi so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, uning o‘zbekcha talqini «-simon»
degan qo‘shimchaga to‘g‘ri keladi. (Gumanoid – «odamsimon» va ho kazo).
101
-in
«Alkin» va ho kazo terminlardagi mazkur qo‘shimcha lotincha –inus qo‘shimchasining
qisqargan shaklidir. U, biror narsaga, yoki, hodisaga taalluqlilik, tegishlilikni bildiradi.
-it
Qo‘shimchasi esa yana lotincha –itus qo‘shimchasining qisqartmasi bo‘lib, bu
qo‘shimchaga ega termindagi o‘zakning manbai, kelib chiqishiga ishora beruvchi ma’no kasb
etadi.
-ol
«Metanol», «etanol» singarilarda uchraydigan bu qo‘shimcha, alkogol ga taqlidan
olingan. Lekin, uni oleum, ya'ni, «moy» so‘zidan kelib chiqqan –ol qo‘shimchasi bilan
adashtirmaslik kerak. Xususan, krezol, ixtiol terminlaridagi –ol qo‘shimchasi aynan oleum
so‘zidan olingan.
-oz
Turli shakarlar nomi uchun o‘ylab topilgan qo‘shimcha bo‘lib, «glyukoza» nomiga
taqlidan yasalgan. Shuningdek, fermentlar nomiga qo‘shildagi –az qo‘shimchasi ham, 1833-
yilda kashf qilingan ilk ferment diastaza nomiga taqlidan yasalgandir.
-oid
Mazkur qo‘shimchaning kelib chiqishi haqida yuqorida ham yozdik. Ya'ni u, yunoncha
–oeides so‘zidan, ya'ni, «o‘xshash», «shakldosh» ma’nolaridagi so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib,
uning o‘zbekcha talqini «-simon» degan qo‘shimchaga to‘g‘ri keladi. Bu qo‘shimchani
kimyoga oid ko‘plab atama va terminlarda uchratish mumkin. Masalan: galoid, kolloid,
metalloid, alkaloid, izoprenoid, karotinoid, steroid, terpenoid, flavonoid, selluloid va ho
kazolarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
102
Do'stlaringiz bilan baham: |