Ko‘ndalang nay di
笛 va uzinasiga chalinadigan (vertikal) nay xiao 箫.
Ko‘ndalang bambuk nay zhudi
竹 笛 odatda, janubda torli va puflab
chalinadigan musiqada ishlatiladi. Qadimgi ma’lum bo‘lgan zhudi
竹 笛 nayi
Urushuvchi podshohliklar davri (eramizdan avvalgi 475-221 yillar) ga tiegishlidir.
Mazkur nay Zeng
曾 knyazi I qabridan topilgan bo‘lib, bu asbob oliy navli qora
bambukdan yasalgan.
Uzinasiga chalinadigan (xushtak) nay xiao
箫 ham bambukdan yasaladi va
uni chalganda vertikal holatda ushlanadi. Bu nay haqida Han sulolasi davri
(eramizdan avvalgi 202 – eramizning 220 yillari) ga tegishli qabrlarga ko‘milgan
sopol haykalchalar orqali tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Bu asbob, ehtimol di
笛
nayidan ham qadimgi bo‘lishi mumkin. Tang va Sun sulolasi davri bilan
sanalanuvchi chiba
尺八 deb ataluvchi xiao 箫 ning turli xillari hozirgi xiao
nayining ajdodi hisoblanadi
32
.
Do'stlaringiz bilan baham: |