Chertma (tirnama) torli cholg‘ular Reja



Download 23,48 Kb.
bet1/2
Sana23.07.2022
Hajmi23,48 Kb.
#843340
  1   2
Bog'liq
Chertma (tirnama) torli cholg‘ular



Chertma (tirnama) torli cholg‘ular
Reja
1. Musiqa cholg’ularidan « Dutor » cholg’usini paydo bo’lishi.
2. Xalq cholg’ularini yasalishi va guruhlarga bo’linishi.
3. O’zbek xalq Chertma (tirnama) torli cholg’ularini ijrochilikda qo’llanilishi.

Chertma (tirnama) torli cholg‘ular
Dutor – chertma torli cholg‘u guruhiga kiradi. Dutor so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib ikki tor, ya’ni ikki torli musiqa cholg‘usi ma’nosini bildiradi. Bu cholg‘u Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng ommalashgan.
Er.av.IV-III asrlarga taaluqli arxeologik topilmalarda dutorsimon cholg‘ularning tasviri topilgan. Bu o‘sha davrlarda gutorsimon cholg‘ularning ijrochilik amaliyotida qo‘llanilganligidan dalolat beradi.
Musiqaga bag‘ishlangan adabiyotlarda Dutor cholg‘usi haqidagi ilk ma’lumotlar XV asrda yashagan hirotlik olim Zaynulobiddin Husayniyning “Risola dar bayoni qonuni va amaliy musiqiy” kitobida uchrashi aytib o‘tilgan1. “Darhaqiqat, - deb yozadi mazkur risolada dutorga berilgan tavsif haqida S.Begmatov, - unda ikkita torli va ularning oraligi kvarta intervalini tashkil etuvchi, dastasiga bog‘langan pardalari o‘n bittani tashkil etuvchi dutor cholg‘usi ta’riflanadi. ... risolada tavsiflangan dutorni kosaxonasi hozirgi zamon dutor soziga yaqin. Faqat farq shaklda deyish mumkin. Chunki tavsiflangan dutorni kosaxonasi hozirgi zamon dutoridan oz bo‘lsada kattaroq, dastasi esa qisqaroqdir”2. Bu fikrga qarama-qarshi o‘laroq O‘.Toshmatov,S.Turatovlarning “Ko‘hna cholg‘ular ijrochiligi” kitobida Z.Husayniy risolasida dutorga berilgan ta’irf, qolaversa o‘sha davrlarda dutor cholg‘usining o‘rganilishiga quyidagicha baho beriladi va uning kelib chiqish ildizlari “qidiriladi”: “Biroq bu cholg‘u (ya’ni dutor) to‘g‘risida to‘liq tasavvur hosil qilishning imkoniyati chegaralangan. Undagi ijro uslubi aniq yoritilmaganligi bois ko‘plab tadqiqotchilar “dutor” atamasi tanburning 2 ta torli turi bo‘lishi mumkin, deb xulosa chiqarishlariga imkoniyat yaratadi”1.
Fikrimizcha, dutorning kelib chiqish tarixi tanbur sozi bilan bog‘liqligi O.Matyoquboy tomonidan quyidagi misralarda asosli yoritilgan: “Forobiy ma’lumotlariga qaraganda, Xuroson tanburi o‘zining ko‘plab belgilari bilan zamonaviy dutorlarni eslatadi. Birinchidan, Xuroson va Bog‘dod tanburlari Forobiyda ikki torli cholg‘u sifatida ko‘rsatilgan. Ikkinchidan, Xuroson tanburining tovushqatori parda tuzilmasi va ko‘lami (ambitusi) o‘zbek dutorlariga juda yaqin. Bu esa musiqa an’analarining ko‘p asrlik izchil vorisiyligidan yana bir marta guvohlik beradi”2. Bundan tashqari dutor cholg‘usi do‘mbiradan kelib chiqqan degan taxminlar ham bor.
Dutor odatda tut daraxtidan tayyorlanadi. Dutor asosiy ikki qismga - kosaxona (rezonator) va dastaga bo‘linadi. Bir-biriga yopishtirilgan 10-12 ta yupqa qovurg‘achalarning ustki qismi maxsus qopqoq bilan qoplanadi. Cholg‘uning kosasida torlar ilinadigan ilgichlar o‘rnatiladi. Dutorning dastasi cholg‘u jussasiga qarab belgilanadi. Unda 14-15 ta parda mavjud bo‘lib, ular ichak, zamonaviy jarayonda jilka (sun’iy ip)dan boylanadi va torlari ipakdan eshilib tayyorlanadi. Dutor pardalari diatonik tovushqator tartibida joylashgan. Dastaning boshlanish qismida ikkita maxsus quloqlar joylashib, ular iplarni tortish va cholg‘uni sozlash uchun qo‘llaniladi. Ohangning tiniq yangrashi uchun cholg‘uga ikkita xarrak o‘rnatilgan. Yuqori qismida joylashgan xarrak shayton xarrak deyiladi va birinchi parda bilan quloqlar orasida joylashadi. Pastki xarrak maxsus shaklda yasalib qopqoq ustida joylashadi.
Dutor o‘zgaruvchan xususiyatga ega cholg‘ulardan bo‘lib, asarga qarab kvarta, kvinta, yoki qo‘shtor (unison), oktava, sekunda intervallariga sozlanadi.
Dutor sadosi juda mayin bo‘lib, tovush tembri baland bo‘lmasada quloqqa juda yoqimli va yaxshi eshitiladi. Unda ijro uslubi ham rang-barangdir. Ko‘p hollarda dutorning yuqori tori asosiy kuyni ijro atsa, pastki tori unga jo‘r bo‘luvchi, aksariyat hollarda ritm vazifasini bajaradi. Sho‘x, quvnoq kuylarda dutorning qopqog‘ini barmoq bilan chertish yordamida ham ijrochi o‘z-o‘ziga usul berib turish hollari ko‘p uchraydi.
O‘zbekistonda dutor ijrochiligining an’anaviy va hududiy uslublari mavjud. Hududiy uslublarga Farg‘ona-Toshkent va Xorazm dutor ijrochilik maktablari kirib, har biri o‘zining vohaviy xususiyatlariga ega. Xorazmda esa maxsus dutor maqomlari ham shakllangan. Mashhur dutorchilar Mahmud Yunusiv, G‘ulomjon Qo‘chqorov, Faxriddin Sodiqov va boshqalar o‘s kasblarining mohir ustalari sifatida elga tanildilar.

Download 23,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish