# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
O‘quv predmetlariga asoslangan o‘qitish jarayoni uning maqsadlar doirasi bir qadar 
tor bo‘lib, muayyan fanga oid tushunchalar, ijodiy qarorlar qabul qilish tajribasini o‘zlash-
tirish, faoliyat turlarini egallashdan iborat.
Darhaqiqat,  o‘quvchini  mustaqil  fikrlashga  undash  uchun  uning  imkoniyatlarini 
ro‘yobga chiqara oladigan shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-biluv jarayoni nihoyatda zarur. 
Aksariyat hollarda o‘qituvchilar o‘quv rejasiga muvofiq tarzda o‘quv predmetining 
mazmuni, o‘qitishdan kutilayotgan oxirgi natija, turli parametrlar bo‘yicha darsning da-
vomiyligini hisobga olgan holda mustaqil faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Buning natijasida za-
monaviy ta’lim amaliyotida turli pedagogik texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Ushbu texno-
logiyalarning aksariyat qismi pedagogika fanida nazariy jihatdan to‘la asoslanmagan. 
Shuning uchun ham ular ta’lim samaradorligini oshirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Shu 
bilan bir qatorda o‘qituvchilar guruhi orasida pedagogik-psixologik jihatdan fikrlar mosli-
gi, nuqtayi nazarlar birligi bo‘lishi zarur. O‘quvchi shaxsidan uzoqlashish uning o‘quv-bi-
luv faoliyatini to‘g‘ri tashkil qila olmaslikka asos bo‘ladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsida ijobiy-psixologik o‘z-
garishlar ro‘y beradi. O‘qituvchi o‘quv-biluv jarayoniga pedagogik rahbarlik qilish bilan 
bir qatorda uning natijalarini bashorat qila olishi ham muhim ahamiyatga ega. Shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’lim pedagogikasida asosiy masala o‘quvchining shaxsiy, ya’ni mustaqil 
fikrini rivojlantirishdan iborat. Fikrni o‘zaro uzatish yoki boshqa yerdan olib o‘zlashtirish 
mumkin emas. U mustaqil, individual faoliyat jarayonida tug‘ilishi kerak. Shaxsning tabiati 
uning o‘ziga xosligi, fikrning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘quv predmetini o‘zlashtirish 
jarayonida o‘quvchining shaxsiy tajribasiga bog‘liq holda uning shaxsiy mustaqilligi rivoj-
lanib boradi.
O‘quvchining shaxsiy rivojlanishi o‘qituvchi pedagogik faoliyatining mohiyatini o‘z-
gartirmoqda. Bunday sharoitda o‘qituvchining o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘rni, kasbiy 
ongi o‘zgarib, takomillashib borishi talab etilmoqda. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv 
o‘qituvchilar tayyorlash jarayonining mazmuni, mohiyati va texnologiyalarini tubdan o‘z-
gartirishni taqozo qilmoqda. Chunki shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasiga o‘tish 
o‘quvchining mustaqil, individual fikriy taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi. Shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish o‘qituvchilardan yuksak kasbiy mahoratga ega 
bo‘lishni talab qiladi. Ular shaxs psixologiyasiga oid bilimlar, yangi texnologiyalar, hayotiy 
tajribalarni chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishlari lozim. Ular o‘quvchilar bilan bolalarning shax-
siy fikrlash doirasini hisobga olgan holda muloqot o‘rnata olishlari kerak.
Aksariyat o‘qituvchilar o‘zlarining pedagogik vazifalari o‘quvchilarda bilim, ko‘nik-
ma, malakalarni shakllantirishdan iborat ekanligini ta’kidlaydilar. Shaxsga yo‘naltirilgan 
ta’lim paradigmasida pedagogik faoliyat ham tubdan o‘zgaradi. Shaxsga yo‘naltirilgan 
o‘quv-biluv jarayonida o‘qituvchi o‘quvchiga subyekt darajasida qaragan holda uning 
o‘quv-biluv faoliyatini tashkillashtirishi kerak. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchiga taqdim qi-
lingan bilim va tajribalar bolaning anglashi uchun qulay, ommaviy tarzda qabul qilingan, 
aniq bo‘lishi lozim. Bu jarayonda o‘quvchi hamda o‘qituvchi orasidagi ongli, do‘stona, 
qadriyatli munosabatlarga amal qilish lozim. 
Shuning uchun ham shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-biluv jarayonida o‘quvchining bi-
lish faoliyatni rivojlantirish bilan bir qatorda uning shaxsiy kamoloti ham ta’minlanadi. 
O‘qituvchining shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish sohasidagi faoliya-
ti o‘quv predmetini o‘qitish jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shaxsga yo‘naltirilgan 
ta’lim jarayonini tashkil etuvchi o‘qituvchi yangi pedagogik fikrlar bilan qurollangan yuqo-
ri malakali mutaxassis sifatida namoyon bo‘lishi kerak. Bu borada shaxsga yo‘naltiril-
gan ta’lim jarayonini tashkil etishga safarbar qilingan barcha pedagogik jamoa a’zolari 
yangicha kasbiy mahorat bilan qurollangan bo‘ladi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni 


9
o‘qituvchining kasbiy-shaxsiy takomillashuvi uchun imkoniyat yaratadi. Uning pedagogik 
mahorati va tajribasi uzluksiz ortib boradi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘qituvchining kasbiy rivoj-
lanishi, yetukligi muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchining pedagogik mahorati shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etish imkonini beradi. Shaxsga yo‘nal-
tirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad o‘quvchini uzluksiz 
rivojlantirishdan iborat. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni-
da o‘quv maqsadiga erishish uchun birgalikda izlanishlar olib borishi kerak. Buning uchun 
o‘qituvchida kreativlik, o‘z-o‘zini tanqid qilish, mas’uliyatlilik, tolerantlik, qiziquvchanlik, 
empatiya kabi sifatlar barqarorlashgan bo‘lishi lozim. 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish uchun o‘qituvchi yangicha pe-
dagogik tafakkur egasi bo‘lishi kerak. Bu quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
– shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘qituvchining e’tibori o‘quvchi shaxsiga 
qaratilishi;
– o‘qituvchi o‘zini pedagogik jarayonning birinchi subyekti sifatida anglashi;
– pedagogik voqelikni chuqur his etishi va shu voqelik ichida harakat qila olishi;
– o‘quvchilar o‘zaro muloqotga tayyor bo‘lishi, ularning o‘ziga xosligini hisobga ola 
bilishi;
– turli pedagogik vaziyatlar, ularni yechish yo‘llarini bashorat qilishi;
– hamkasblarining ilg‘or tajribalarini o‘rganishi, umumlashtira olishi va o‘z faoliyati-
da qo‘llashi kabilar.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘quvchi ham o‘qituvchi ham o‘zini shu jara-
yonning subyekti sifatida namoyon qila olishi va faoliyat ko‘rsatishi muhimdir. O‘qituvchi 
har bir o‘quvchi betakror shaxs sifatida yondashishi va uning shaxsiy rivojlanishi, o‘quv 
materialini o‘zlashtrishiga muntazam yordam ko‘rsata olishi zarur. O‘qituvchi shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishi uchun yangi hamda muqobil 
pedagogik qarashlarni muntazam o‘zlashtirishi, o‘z faoliyatida ilg‘or pedagogik texno-
logiyalarni qo‘llashi talab etiladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, birinchi navbatda, o‘quvchini shaxs sifatida shakllan-
tirishga qaratilgan pedagogik jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Uning asosiy maqsadi – 
o‘quvchini har tomonlama barkamol shaxs sifatida rivojlantirishdan iborat. Bunda asosiy 
o‘rinni o‘quvchilarning intellektual quvvatlarini oshirish maqsadlari egallaydi. Mazkur ja-
rayonning asosini o‘quvchining bilish faoliyati tashkil qiladi. Ushbu nazariya bilan bog‘liq 
tarzda o‘quvchi faoliyatining qurilishi uni bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiruvchi zanjir 
hisoblanadi. Bu zanjir tarkibini o‘quvchining ehtiyojlari, mayllari, maqsadlari, faoliyat 
ko‘rsatish sharoitlari, topshiriqlarni bajarish imkoniyatlari hamda faoliyat natijasi tashkil 
qiladi. Biroq ushbu zanjir tarkibida faoliyat mazmuni ifodalanmagan. Uning mazmunini 
o‘quvchining bilish faoliyati usullari tashkil qiladi. 
Hali maktab amaliyotida barcha o‘quv predmetlarini o‘qitish jarayonini qamrab olma-
gan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning muayyan metodikasi va texnologiyalari ham to‘liq ish-
lab chiqilmagan. Shuning uchun ham o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlari natijasida shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’limning samaradorligi o‘z ifodasini topmayapti. Didaktik nuqtayi nazardan 
ham shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari bugungi kunga qadar to‘liq tahlil etilmagan. 
Bugungi kunga kelib, har bir o‘quv predmeti mazmunidan shaxsga yo‘naltirilgan 
ta’lim texnologiyalari keng o‘rin olishi zarur. Bunday texnologiyalarning bugungi kun-
ga qadar ishlab chiqilmaganligining asosiy sababi, o‘quv materiali tarkibini pedagogik 
texnologiyalarga o‘tkazish mexanizmlarining mavjud emasligi hamda o‘quvchilar o‘quv  
faoliyatining algoritmlashtirilmaganligidadir. Shuning uchun ham shaxsga yo‘naltirilgan 
ta’lim tamoyili barcha didaktik tamoyillar bilan uyg‘un tarzda ta’lim jarayoniga tatbiq eti-


10

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish