5
Shunday qilib, “Raqobatbardoshlik” (mahsulot, tovar, ishlab chiqaruvchi) tushun-
chasining iqtisodiy mazmuni tahlili bizni “Raqobatbardosh ta’lim muassasasi”, “Raqo-
batbardosh mutaxassis” tushunchalarini aniqlashga va mazmunini
ochib berishga olib
keladi. Ta’lim muassasasining raqobatbardoshligi uning bitiruvchisi – u tomonidan ish-
lab chiqarilgan “Tovar” orqali ifodalanganligi tufayli, bizning asosiy e’tiborimiz tovarning
raqobatbardoshligi tushunchasida jamlangan bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, raqobat – iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarda o‘z o‘rniga ega
bo‘lish uchun halol kurashishga o‘tishni nazarda tutadi va iqtisodiy-ijtimoiy
munosabat-
larning turli sohalari va jabhalarida, jumladan, ta’lim sohasida ham namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davrida kengroq malaka va
yuqori darajadagi bilimga
ega bo‘lgan mutaxassislarga bo‘lgan talabning o‘sishi aniq.
Endilikda ta’lim muassasalari shakllanayotgan ta’lim xizmatlari bozorida o‘z o‘rniga
ega bo‘lish uchun mulkchilik shakllaridan qat’i nazar turli korxonalarda muvaffaqiyatli
mehnat qila oladigan mutaxassislarni tayyorlashga majburdirlar. Ta’lim muassasalari bi-
tiruvchilari kichik korxona, xususiy firmalar egalari bo‘lishga tayyor bo‘lishlari, marketing,
moliyaviy faoliyat va buxgalteriya asoslarini bilgan holda tadbirkorlik
tayyorgarligiga ega
bo‘lishlari lozim bo‘ladi.
Fikrimizcha, “Ta’lim muassasasining raqobatbardoshligi” va ushbu muassasaning
bitiruvchisi bo‘lgan “Mutaxassis raqobatbardoshligi” quyidagi dinamik xususiyatga bo‘l-
gan umumiy mezonlar orqali aniqlanishi va baholanishi lozim:
− ta’lim xizmatlari (muassasa) va mehnat (bitiruvchi) bozorida talabga ega bo‘lish;
− o‘z ijtimoiy-kasbiy vazifalarini amalga oshirish imkoniyati, umumta’lim va maxsus
tayyorgarlik jihatidan me’yoriy hujjatlar va davlat ta’lim standartlarida keltirilgan davlat
talablariga mos kelish;
− pedagogik kadrlarning kasbiy kompetentligi darajasini doimiy ravishda oshirishga
tayyorligi
va amalga oshira olishi;
− ta’limning innovatsion faoliyat, yangi texnologiyalar, axborot-kommunikatsion tex-
nologiyalar, zamonaviy uskunalar, muloqot vositalari va kasbiy mehnatga yo‘naltirilganligi;
− o‘z imiji va mavqeini ijtimoiy-madaniy, ishlab chiqarish, tadbirkorlik muhitida
shak llanganligi.
Raqobatbardosh ta’lim muassasasi – bu ta’lim xizmatlari bozorida doimiy imij va
mavqeiga ega bo‘lib uni rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlarni (mehnat bozorida talab-
ga ga bo‘lgan mutaxassislarni) tayyorlashni ta’minlaydigan va boshqa ta’lim muassasa-
lari bilan raqobat qila oladigan muassasadir.
Raqobatbardosh mutaxassis – bu fundamental bilim asoslarini o‘zlashtirgan,
kasbiy kompetensiya, umumiy va kasbiy madaniyatga ega bo‘lgan, mehnat bozorida
doimo talabga ega bo‘la
oladigan, ijtimoiy-kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli va sifatli
bajara oladigan, ijtimoiy zarur va insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan,
mehnat bozori mu-
hitida faoliyat ko‘rsatishga va unga moslasha olishga tayyor bo‘lgan ta’lim muassasasi
bitiruvchisidir.
Ta’lim muassasasining o‘z imiji va mavqeini saqlashdan maqsad – jamiyat, ta’lim
faoliyati ishtirokchilari, ota-onalar, ijtimoiy institutlar, ish beruvchilar, ta’lim faoliyatiga qi-
ziquvchi barcha insonlar nazarida o‘z obrazi va statusini namoyon
qilish uni saqlash va
rivojlantirishdan iborat.
Ushbu jarayonda ta’lim muassasasi xodimlari tarkibini muntazam ravishda kasbiy
o‘sishini, ijodiy yondashuvi va faolligini ta’minlash alohida o‘ringa ega.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan masalalarni ilmiy-pedagogik jihatdan to‘g‘ri hal etish,
hozirgi kundagi tadqiqot ishlarining mavzusi va tadqiqotchilarning
mashaqqatli mehnati
tufayli amalga oshiriladigan muammolardir
.