“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
lishi kerak. Shundagina uning tarkibida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mazmunini ifodalov-
chi didaktik elementlar o‘z aksini topadi.
Modernizatsiyalashgan ta’lim jarayonida o‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalarini baho-
lash orqali quyidagi vazifalarni bajarishlari nazarda tutiladi:
– o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalari, o‘quv faoliyati natijalarini joriy, oraliq va
bosqichli nazorat orqali tekshirish va aniqlash;
– o‘quvchilarning ta’limga tayyorgarlik darajalarini sertifikatlash, ularning o‘quv fao-
liyati natijalarini davlat ta’lim standartlariga mosligini tasdiqlash;
– o‘quvchilarni o‘qitish va o‘rgatish, ushbu funksiya faqat o‘quvchi egallagan bilim,
ko‘nikma va malakalarni belgilab bermasdan, uning bilimlari oldingi darajaga nisbatan
kengayganligini ko‘rsatadi;
– o‘quvchilarni tarbiyalash, ularda o‘z-o‘zlariga baho berish ko‘nikmalari va o‘quv
faoliyati natijalariga javobgarlik hissini tarkib toptirish;
– o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini rag‘batlantirish, ularning individual xususiyatlarini
hisobga olgan holda, o‘quv-biluv jarayonida rivojlantirish imkoniyatini ta’minlash. Baholash
natijasida o‘quvchi aqliy faoliyatining sur’ati jadallashishi va sekinlashishini kuzatish;
– o‘quv jarayoni va o‘quvchilar faoliyati natijalarini tashxislash va unga tuzatishlar
kiritish, bunda o‘qitish jarayonida o‘quvchining o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va mala-
kalari darajalari uzluksiz o‘lchab borilib, DTS talablaridan chetlashish holatlari vujudga
kelganda, ularni bartaraf etish nazarda tutiladi;
– o‘qituvchining pedagogik faoliyati samaradorligini aniqlash, buning natijasida o‘qi-
tuvchi o‘z faoliyatini takomillashtirib, unga tuzatishlar kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim bu tabiiy tizim hisoblanib, o‘quvchining noyob shaxsiy
rivojlanishi, uning o‘ziga hos qobiliyatlarini va psixologik yo‘nalishlarini hisobga olgan
holda shakllantiriladi.
Bunda o‘quvchini ta’lim tizimiga moslashtirmay, balki o‘quvchining individual xususiyat-
larini hisobga olgan holda rivojlanishi uchun imkon beriladi, uning o‘z-o‘zini rivojlantirish,
mustaqil o‘qish, o‘zligini namoyon etish, faollashtirish xususiyatlari asosida anglash, mu-
shohada qilish, o‘z amaliy faoliyatida sinab ko‘rish, yangi g‘oya va fikrlarni bildirish, mavjud
muammolar yechimining samarali yo‘llarini qidirish uchun erkinlik berish, o‘quvchining ijodiy,
tanqidiy tafakkurini rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi. Har qanday o‘quvchi o‘ziga xos
takrorlanmas tabiati, xarakter xususiyatini faollashtirishga, namoyish qilishga intiladi.
Ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan istiqbolli dasturlarning yaratilishi va
amalda tatbiq etilishi natijasida ta’lim jarayoni ko‘proq o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilmoq-
da. Bu esa, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, milliy g‘oyalarga sodiq va yuksak kasb mahorati-
ga ega bo‘lgan fuqaroni shakllantirish sohasidagi pedagogik intilishlarning asosini tash-
kil etadi. Buning uchun o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini takomillashtirish va kafolatlangan
natijaga erishishni ta’minlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |