“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
lidir.
Zamonaviy tilshunoslikning rivojiga antropotsentrik paradigmaning ta’siri nihoyat-
da katta bo‘lib, bu ta’sirning natijasi o‘laroq “Kognitiv tilshunoslik”, “Lingvokulturologi-
ya”, “Lingvopragmatika”, “Kommunikativ tilshunoslik” singari lingvistikaning bir qan cha
yangi bo‘limlari paydo bo‘ldi.
Ular orasidan jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan soha – kognitiv tilshunoslik
bo‘lib, lingvistikaning bu bo‘limi til birliklari va inson ongida ular ifodalaydigan jarayon-
lar, shuningdek, inson tajribasi va uning mahsuli bo‘lmish bilim o‘rtasidagi bog‘liqlikni
o‘rganadi. Kognitiv tilshunoslikda tilni bilish qobiliyati umumiy bilish jarayonlari bilan
chambarchas bog‘liq deb tushuniladi va shu sababdan til hodisasiga metafora, metoni-
miya va qorishtirma kabi umumiy bilish usullari nuqtayi nazaridan baho beriladi. Tilning
grammatik va leksik yaruslariga umumiy bitta kontinuumning qismlari sifatida qaraladi
va shu boisdan ham ular aynan bir turdagi bilish usullari sirasiga kiritiladi.
Kognitiv tilshunoslik 1980-yillar o‘rtalarida ilmiy harakat sifatida yuzaga keldi.
Fanning bu yo‘nalishi “lingvistik harakat” yoki “lingvistik tashabbus” sifatida ta’riflana-
di, sababi uni muayyan ilmiy nazariya deb bo‘lmaydi. Darhaqiqat, kognitiv tilshunos-
lik shunday ilmiy yondashuvki, uning negizida asosiy prinsiplar, farazlar va istiqbolli
yo‘nalishlarning umumiy majmui aks etgan bo‘lib, bu prinsip va taxminlar turlicha ko‘ri-
nishdagi qo‘shimcha, ustma-ust (va ba’zida o‘zaro raqobatdagi) nazariyalarning paydo
bo‘lishiga olib keldi.
Kognitiv tilshunoslik – lingvistikaning nisbatan yangi paydo bo‘lgan maktabidir.
U – til to‘g‘risidagi ilmga olib kirilgan eng qiziqarli va yangicha yondashuvlardan biri
bo‘lib, kognitiv ilm deya nomlanuvchi yangi fanlararo sohaning bir bo‘lagi sifatida vu-
judga keldi. Fanning ushbu yangi tarmog‘i yaratilishiga Faukonner, Goldberg, Lakoff,
Langekker, L.Talmi, Teylor kabi amerikalik olimlar bilan bir qatorda E.S. Kubryakova,
N.N. Boldirev, D.U. Ashurova, N.M. Yusupov, Sh.S. Safarov singari rus va o‘zbek olim-
larining tadqiqotlari ham katta turtki berdi. Ta’kidlash joizki, kognitiv tilshunoslik – til va
inson ongi o‘rtasidagi bog‘liqlik muammosiga qiziqish bildirgan va til qoliplarini struktu-
raviy xususiyatlari bilangina izohlovchi keng miqyosdagi tendensiyaga ergashmagan
bir qator tadqiqotchilarning izlanishlari mahsulidir. Bu tadqiqotchilar sintaksisni tilning
qolgan qismidan ajratib qo‘yishga urinishdan ko‘ra, bilish tamoyillarini, insonlarni irqiy
toifalash prinsiplari, pragmatik va interaktiv prinsiplar va umuman til iqtisodi kabi funk-
sional prinsiplar kabi tilga xos bo‘lmagan mexanizmlar bilan taqqoslashga harakat qil-
dilar. Ayni shu mavzuda tadqiqot ishlari olib borib, asosan, bilish tamoyillari va tizimiga
e’tiborini qaratgan eng atoqli tilshunos olimlar sirasiga Uolles Chafe, Charlz Fillmor,
Jordj Lakoff, Ronald Langekker va Leonard Talmi kabilarni kiritish mumkin. Ushbu til-
shunoslarning har biri til ta’rifi va uning nazariyasiga doir o‘zlarining yangicha yonda-
shuvlarini rivojlantira boshladilar. Ular tomonidan ilgari surilgan asosiy farazlardan biri
bunday edi: ma’no tilda juda muhim rol o‘ynaydi va o‘z-o‘zidan anglashiladiki, aynan u
– ya’ni ma’no – o‘rganish obyekti bo‘lishi lozim. Lingvistik strukturalar ma’no ifodalash
vazifasini bajarish uchun xizmat qiladi, shunday ekan, shakl va ma’no o‘rtasidagi oraliq
masofa lingvistik tahlilning asosiy subyekti bo‘lishi kerak.
Kognitiv tilshunoslikning D.U. Ashurova tomonidan ishlab chiqilgan asosiy prinsip-
lari quyidagilardan iborat:
● kommunikativ va kognitiv funksiyalarni tilning asosiy vazifalari sifatida tan olish;
● antropotsentrizm tamoyili, ya’ni tilni tadqiq qilish jarayonida inson, uning aql-id-
roki va bilimini asosiy o‘ringa qo‘yish;
13
● fanlararo bog‘liqlik tamoyili, ya’ni kognitiv tilshunoslikni boshqa fanlar (psixo-
logiya, sotsiologiya, gnoseologiya, falsafa, madaniyatshunoslik) bilan yaqin aloqada
o‘rganish;
● tilga konseptuallashtirish va kategoriyalash jarayonlariga asoslangan holda in-
terpretativ yondashish;
● “ichki” va “tashqi” tilshunoslik, semantika va grammatika, sinxron va diaxron
yo‘nalishlar o‘rtasidagi chegara-cheklovlarni olib tashlash (Ashurova, 2013).
Kognitiv lingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari tilshunoslikning boshqa an’anaviy
sohalarining yetakchi faraz va nazariyalaridan kelib chiqqandir. Misol uchun, kognitiv
lingvistika tilning o‘zak birliklarini “Til fikr namunalarini aks ettiradi” degan qarash aso-
sida o‘rganadi. Shunday ekan, tilni bu nuqtayi nazardan o‘rganish konseptuallashtirish
qoliplarini o‘rganish, demakdir. Bu esa, N.N. Boldirevning fikricha
1
, inson miyasida tu-
shunchalarni shakllantirish jarayonini anglatadi. Boshqa bir talqinga ko‘ra
2
, “bu – bilim-
ning ba’zi turlari va bilim reprezentatsiyasining turli strukturalarda minimal konseptual
birliklar shaklida paydo bo‘lishi orqali bilimni struktaralash jarayoni” deya ta’riflangan.
Kognitiv tilshunoslikning tilni tadqiq etishga yo‘naltirilgan boshqa yondashuvlar-
dan eng muhim farqi shundaki, kognitiv lingvistikada til inson tafakkurining ma’lum fun-
damental xossalari va tuzilish xususiyatlarini aks ettiradi, deb hisoblanadi. Biz o‘zimiz
tushib qolishimiz mumkin bo‘lgan deyarli barcha vaziyatlarda shuurimizdagi til tezkor
va samarali ifoda yo‘sinini topadi hamda eng murakkab va o‘ta nozik mulohazalarni-da
so‘zga aylantirib, uni o‘zgaga yetkazishning yaxshi rivojlangan vositalari bilan ongi-
mizni ta’minlaydi. Demak, tushunchalarni shifrlash (so‘zga aylantirish) va uni uzatish
muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular bevosita tilga aloqador ikki asosiy – ramziy va
interfaol funksiyalarga bog‘liqdir.
Konseptuallashtirish boshqa bir bilimni qayta ishlash jarayoni – inson bilish qobi-
liyatining markazi deya tan olingan kategoriyalash bilan uzviy bog‘langan. Konseptu-
allashtirish insonning obyektlarni ma’lum guruhlarga mansubligini aniqlay olish qobi-
liyatiga asoslanadi. Kategoriyalashga esa “muhim va aniq xususiyatlariga ko‘ra klas-
sifikatsiyalangan turli voqeliklarni tartibga soluvchi taksonomik faoliyatdan iborat aqliy
jarayon” deya ta’rif berilgan (Ashurova, 2012). Boshqacha aytganda, kategoriyalash
– borliqdagi predmet va voqea-hodisalarni muayyan guruh va sinflarga bo‘lish jarayo-
nidir. Kategoriyalash insonning predmetni o‘xshash va farqli jihatlari asosida ma’lum
guruhlarga mansubligini aniqlay olish qobiliyatiga asoslanadi.
Zamonaviy tilshunoslikning muhim antropotsentrik bo‘limlaridan yana biri lin-
gvokulturologiyadir. Lingvokulturologiya – tilshunoslik, madaniyatshunoslik, et-
nolingvistika va sotsiolingvistika fanlari o‘zaro tutashgan nuqtada paydo bo‘lgan
tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida e’tirof etiladi. V.V. Vorobev talqiniga ko‘ra,
lingvokulturologiya – til va madaniyatning o‘zaro aloqasi va bir-biriga ta’sirini o‘r-
ganishning murakkab ilmiy tartibi bo‘lib, uning vazifasi bu jarayonni lingvistik va
ekstra lingvistik (madaniy) kontentda tizim metodlari hamda zamonaviy qadriyatlar
va madaniy qoliplar (ijtimoiy normalar, umumiy qadriyatlar) nuqtayi nazaridan umu-
miy struktura sifatida tatqiq etishdan iboratdir (Vorobev, 1999). V.V. Krasnix bu fan
sohasining obyekti, subyekti va maqsadlarini aniqlashtirib, lingvokulturologiyaga
¹
Н.Н. Болдырев. Концептуальное пространсво когнитивной лингвистики // Вопросы
когнитивной лингвиситики. – Тамбов: 2004.№1. – C. 18-36.
²
Е.С. Кубрякова. Краткий словарь когнитивных терминов. – М.: Филологический фа-
культет МГУ им. М.В. Ломоносова, 1996. C. 93
14
Do'stlaringiz bilan baham: |