“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
“madaniyatning til va nutqda mujassamligi, aks etishi va mustahkamlanishini o‘r-
ganuvchi, shu bilan birga, bashariyatning umummilliy manzarasi, tilni idrok qilish,
inson ruhiy ongining sifat va xususiyatlarini o‘rganish bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq
bo‘lgan fan” deya ta’rif beradi. U haqli ravishda e’tirof etganidek, lingvokulturologi-
yaning subyekti – til va nutq birliklari bo‘lib, bu birliklar o‘ta muhim madaniy xususi-
yatlarni o‘zida aks ettiradi va shu boisdan ham ular inson ruhiy va nutqiy idrokining
madaniy va tarixiy ildizlariga olib boruvchi o‘ziga xos “ko‘prik” sifatida qabul qilinadi
(Krasnix, 2002: 12-17).
Hozirgi davrda lingvokulturologiya fani gullab-yashnash davrini boshdan kechir-
moqda. V.I. Karasik fikricha, bunga bir qator omillar sabab bo‘lmoqda:
Birinchidan, dunyoni o‘ylantirayotgan muammolarning tezkor globallashuv jarayo-
ni – turli millat vakillarining xilma-xil mavzulardagi muloqoti va xulq-atvorining universal
va muayyan xususiyatlarini hisobga olish zarurati, madaniyatlararo anglashilmovchilik
kelib chiqishi ehtimoli bo‘lgan vaziyatlarni oldindan bilish ehtiyoji, kommunikativ fa-
oliyat negizida yotgan madaniy qadriyatlarning aniq belgilarini ajratib ko‘rsatishning
muhimligi kabi masalalarni kun tartibiga qo‘ymoqda.
Ikkinchidan, gumanitar fanlarning integratsiyalashuv tendensiyasi tobora o‘sib
bormoqda va buning natijasida lingvistik xulosa va natijalarni boshqa yondosh fan so-
halari (psixologiya, sotsiologiya, etnografiya, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik va
h.k.) bilan uyg‘unlashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. V. Humboldning ta’kidlashi-
cha, biz til haqida gapira turib, uni “odamzodning ruhi” sifatida talqin etishimiz va unga
bog‘liq eng asosiy masalalarni nisbiy tafakkur, muloqot xulqi, ijtimoiy qadriyatlar va til
nuqtayi nazaridan sharhlashga harakat qilishimiz kerak.
Uchinchidan, tilni “so‘z, frazeologik birlik, umumiste’moldagi matn va etiketga doir
vaziyatlar ko‘rinishida xotirada jamlangan tajribaning umumlashmasi” sifatida tushu-
nish keng tarqalmoqda (Karasik, 2004).
Shunday qilib, lingvokulturologiya til va madaniyatni o‘rganishda o‘zining muhim
nuqtayi nazariga ega. Bu fan semantikaning eng yuqori bosqichi bilan shug‘ullanadi, ya’ni
lingvistik ma’nolar hamda milliy va umumbashariy tushunchalarning o‘zaro munosabatini
tadqiq etadi. Lingvokulturologiyaning maqsadi – o‘zida madaniyatni mujassamlashtiradi-
gan, uni saqlab turadigan va tashiydigan lingvistik vositalarni tadqiq etishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |