# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
Tarixiy faktlarga asoslanadigan bo‘lsak, ta’limni texnologiyalashtirish g‘oyasi yan-
gilik emas. Bundan 400 yil avval chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta’limni texno-
logiyalashtirish g‘oyasini ilgari surgan. U ta’limni “texnikaviy” qilishga undagan, ya’ni 
hamma narsa nimaga o‘qitilsa, muvaffaqiyatga ega bo‘lsin degan ma’noda. Shuning-
dek, u natijaga olib keluvchi o‘quv jarayonini, “didaktik mashina” deb atagan. Bunday 
didaktik mashina uchun aniq qo‘yilgan maqsadlar; bu maqsadlarga erishish uchun, 
aniq moslashtirilgan vositalar; bu vositalardan qanday foydalanish uchun, aniq qoida-
larni topish muhimligini yozgan. 
Bu borada yana boshqa qarashlarni keltirib o‘tadigan bo‘lsam, insoniyat sivilizat-
siyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta’lim berishga yo‘naltirilgan 
faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan. Bugungi kunga kelib esa 
ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o‘ta qat’iy hamda murakkab talablar qo‘yil-
moqda. Chunonchi, murakkab texnika bilan ishlay oladigan, favqulodda ro‘y beruvchi 
vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta oluvchi malakali mutaxassisni 
tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani 
tatbiq etishni taqozo etmoqda. Umuman olganda, ta’lim tizimini texnologiyalashtirish 
g‘oyasi o‘tgan asrning boshlarida G‘arbiy Yevropa hamda AQShda ta’lim tizimini is-
loh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun 
muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk 
bora o‘rtaga tashlangan. Mazkur g‘oya 30-yillarda ta’lim jarayoniga “pedagogik texni-
ka” (ta’lim texnikasi) tushunchasining olib kirilishi bilan asoslanadi. Ushbu davrda ya-
ratilgan maxsus adabiyotlar “pedagogik (ta’lim) texnika(si)” tushunchasi “o‘quv mash-
g‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko‘maklashuvchi usul va vositalar yig‘indisi” 
tarzida talqin etildi hamda o‘quv jarayoniga o‘quv laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, 
ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko‘rgazmali qurollar yor-
damida tushuntirish kabi holatlar ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi 
yetakchi omillardir deya baholandi. XX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vo-
sitalarni qo‘llash “ta’lim texnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil deya e’tirof 
etildi hamda asosiy e’tibor o‘quvchilar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan 
foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada ta-
komillashtirish, ularning axborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini 
sifatli tashkil etish, ta’lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu bo-
rada olib borilgan tadqiqotlarning obyekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar im-
koniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o‘quv jarayonini 
“texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o‘rganishga alohida urg‘u berildi. 
Hozirgi vaqtda “pedagogik texnologiya o‘qitishning texnik vositalari yoki kompyu-
terlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmaydi, balki bu ta’lim samarador-
ligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo‘llash, 
shuningdek, qo‘llanilayotgan usullarni baholash yo‘li orqali ta’lim jarayonining asoslari 
va uni maqbullashtirish yo‘llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir”. 
Yaxshi ma’lumki, so‘ngi yillarda nutqimizda “pedagogik texnologiya”, “zamonaviy 
pedagogik texnologiya”, “o‘qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar keng qo‘llanilmoq-
da. Aksariyat pedagoglar “ta’lim texnologiyasi” hamda “pedagogik texnologiya” tu-
shunchalari mazmunan bir ma’noni anglatishini ta’kidlamoqdalar. Bizning nazarimizda 
bunday yondashuv u qadar to‘g‘ri emas hamda bu borada yagona to‘xtamga kelish 
muhim. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish g‘oya-
si G‘arbiy Yevropa hamda AQShda yaratilgan edi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va 


17
AQShda “Pedagogika” fani mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik 
tizim” shuningdek, ularga bog‘liq ravishda yuzaga keluvchi “pedagogik texnologiya” 
tushunchasi ham iste’molda yo‘q. Nomlari qayd etilgan mamlakatlarda shaxsga ilmiy 
bilimlarni berish jarayoni “ta’lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, 
uning ma’lumotini oshirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar 
majmui “Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarini o‘qitishda asosiy e’tibor ta’lim si-
fatini yaxshilash, uning samaradorligini ta’minlashga qaratiladi. O‘zbekiston Respub-
likasi (shu jumladan, MDH mamlakatlari) ta’lim tizimi amaliyotida o‘qitilib kelinayotgan 
“Pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta’minlashga 
yo‘naltirilgan ta’limiy hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan 
iboratdir. Ya’ni shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim faoliyat – ta’limiy va tarbiyaviy fa-
oliyat jarayonining samarasi, natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni damda “pedagogik 
texnologiya” hamda “metodika” tushunchalarining tavsifi, o‘ziga xos jihatlarini yoritish 
maqsadga muvofiqdir. Shunday ekan, bu o‘rinda “pedagogik texnologiya” tushuncha-
sining qo‘llanilishi, shuningdek, asosiy e’tiborni faqat ta’lim jarayonini samarali tash-
kil etishgagina qaratmay, balki ham ta’lim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini 
ta’minlashga birdek qaratish lozim. “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodi-
kasi” tushunchasiga nisbatan kengdir. Ta’lim metodi – o‘quv jarayonining majmuaviy 
vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati 
usuli bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asos-
langan metod, qoida va usullar tizimini ifodalaydi. Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsa-
diga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim 
jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bos qich amalga oshirish, aniq maqsadga 
erishish yo‘lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan sama-
rali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalay-
di. O‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishga undovchi darsning metodik ishlanma-
sidan farqli o‘laroq, ta’lim texnologiyasi o‘quv chilar faoliyatiga nisabatan yo‘naltirilgan 
bo‘lib, u o‘quvchilarning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini ino-
batga olgan holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sha-
roitlarni yaratishga xizmat qiladi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi – 
o‘quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. 
Binobarin, nazariya va amaliyot birligining ta’minlanishi pedogogik texnologiyalarning 
asl mohiyatini aniqlashga yo‘l ochadi. Fikrimizcha, yangi pedogogik texnologiya peda-
gogika fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirish-
ga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Pedogogik texnologiya bu sohadagi 
nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Yuqori-
dagi fikrlardan kelib chiqqan holda pedagogik texnologiya haqidagi umumiy ko‘rinish 
quyidagicha:
Pedagogik texnologiyalar – pedagogning yutuqlariga kafolat beradigan, aniq ish-
lab chiqilgan va qat’iy ilmiy loyihalashtirilgan, takrorlana oluvchi pedagogik harakatlar 
tizimidir.
Pedagogik texnologiya – hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyoti-
ning mahsuli. Uni pedagogikaning hozirgacha mavjud bo‘lgan hamda takomillashib 
kelayotgan barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy vazifalarni yanada yuqoriroq 
darajada amalga oshirish yo‘lidagi yangi bosqich deb hisoblash mumkin.
Mohiyatan o‘qituvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi hamkorlikni dasturlashdan 
iborat bo‘lgan pedagogik texnologiya shunday ijtimoiy fenomenki, unda zamonaviy 


18

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish