“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
Insonlar hayotida ta’limning o‘rni quyidagilar bilan belgilanadi:
– o‘tmishni hozir va kelajak bilan uyg‘unlashtirish. Bu o‘tmishni o‘chirib tashlamas-
dan, balki unda haqiqatni ko‘rish, xolis tahlil qilish, undan xalqimiz tarixiy o‘tmishiga
oid bugun va ertaga foydalanish mumkin bo‘lgan ahamiyatli hamda kerakli manbalarni
yo‘qotmasdan olish, ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz tarixini asrab-avaylash demakdir;
– turli irqqa, dinga, millatga mansub va turli tillarda gaplashadigan odamlarning
bir-birini hurmat qilishi uchun sharoit yaratish. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agar
millatlar o‘z madaniyati, tili va adabiyotini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ja-
miyatda ahillik bo‘lmaydi. Faqat o‘z milliy madaniyati, tili va adabiyoti bilan cheklanib
qolgan davlat rivojlanmaydi;
– dunyoda ro‘y berayotgan globallashuv jarayoni hisobga olingan holda ijtimoiy
hamjihatlik uchun sharoit yaratish. “Sharq-G‘arb”, “Shimol-Janub” yoki shunga o‘xshash
yo‘nalishlarda odamlar o‘rtasida hal etilmaydigan ziddiyatlar bo‘lmasligi lozim. Dunyo
ziddiyatlardan charchadi.
Bir tomondan, u qator muhim muvaffaqiyatlarda o‘z ifodasini topgan:
– mamlakatda ta’limning barcha bosqichlari, barcha darajadagi ta’lim bepul edi;
– ta’limning barcha turlari jinsi, millati, e’tiqodidan qat’i nazar, respublikaning bar-
cha fuqarolari uchun ochiq edi;
– mamlakatning mehnatga layoqatli aholisini savodxonlik darajasi nisbatan yuqori edi.
Boshqa tomondan, ta’lim tizimida markazlashtirilgan iqtisodiyot uchun xos bo‘lgan
quyidagi kamchiliklar bor edi:
– qat’iy markazlashtirilgan dasturlar, darsliklar, o‘qitish uslub va uslubiyatlari. Ta’lim
muassasalari va o‘qituvchilar ta’lim vazirligi darajasida tasdiqlangan darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalar hamda dasturlardan boshqa darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar yoki dasturlar
bo‘yicha o‘qita olmasdi;
– ta’lim jarayoni bilim darajasi o‘rtacha bo‘lgan o‘quvchilarga qaratilar edi, ayniq-
sa, qobiliyatli bolalar va iste’dodli yoshlar uchun mo‘ljallangan individual ta’lim dasturlari
bo‘yicha o‘qitish mexanizmlaridan yetarlicha foydalanilmasdi;
– butun ta’lim jarayoni shu tariqa tashkil etilgan ediki, bunda maktab o‘quvchilari
va talabalar ta’limning passiv subyektlariga aylangan edi. O‘qitishning faol shakllari va
mustaqil ish turlaridan deyarli foydalanilmasdi;
– ta’limning demokratiyadan uzoqligi, “haddan ziyod mafkuralashgani” tufayli
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmas, maktab o‘quvchilari va talabalarga davlat
tomonidan belgilangan mafkuraviy aqidalar majburan singdirilar edi. Muqobil yondashuv
va mafkura haqidagi bilimga ruxsat etilmasdi.
E’tibor bering, oxirgi yillarda O‘zbekiston tadbirkorlik sohasida ancha yuksal-
di. Jahon bozoriga chiqayotgan kompaniyalarimiz bor. Lekin, ming afsuski, ta’lim va
ilm-fanda orqada qoldik. Oliy o‘quv yurtlarini tamomlayotgan aksariyat yoshlar xalqaro
maydonda raqobatlashish tugul, hatto ichki mehnat bozorida o‘z o‘rnini topolmayapti.
Chunki bilimi sayoz, mutaxassisligini yaxshi egallamagan. Muammoning yagona yechi-
mi – innovatsiyalar!
Xulosa qilib aytish mumkinki, ta’lim iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotning hal qiluv-
chi omili hamda sharti hisoblanadi. Globallashuv sharoitida mamlakatning innovatsion
rivojlanish salohiyati raqobatbardoshlikning hal qiluvchi omillaridan biriga aylangan bir
paytda aholining yuqori bilim darajasi mamlakatga o‘zini “eng sara” jamiyatga daxldor
deb hisoblash imkonini beradigan obro‘ emas, balki yashovchanlik va iqtisodiy ta’minot
omiliga aylanadi. Bu esa umumta’limni tijoratlashtirish emas yoki bu borada innovatsiya-
ni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada Sizning fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz!
7
Do'stlaringiz bilan baham: |