Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Bilimlarga  asoslangan iqtisodiyot



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Bilimlarga 

asoslangan iqtisodiyot 

tizimi 

Ilmiy tadqiqot 

ishlari maydoni 

 

Bilimlarga asoslangan 



iqtisodiyotning 

infratuzilmasi 

 

Bilimlar  hosil 



qilish 

 

Bilimlar, 



ma’lumotlar, 

yangilklar  

 

Jamiyatning 



mahsulot ishlab 

chiqarishi 


Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

miqyosda  o’rganiladi.  Bilimlarning  biror  bir  moddiy  yoki  ma’naviy  ne’mat 



yaratadigan  tashuvchisi,  saqlovchsi  va  foydalanuvchisi  inson  bo’lgani  tufayli, 

jamiyat uchun kerakli bo’lgan amaliy bilimlar asosan ta’lim tizimida hosil qilinadi. 

Shuning uchun ham bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotda sifatli mahsulotlar 

ishlab  chiqarishning  asosi  -  ta’lim  muassasalaridagi  zamonaviy  sifatli  ta’lim 

jarayonida  hosil  bo’ladi,  deyishimiz  mumkin.  Ishlab  chiqarish  va  ta’lim  tizimi 

orasidagi  asosiy  bog’liqlik  va  munosabatlar  majmui  ham  xuddi  shu  bilan 

aniqlanadi.  Raqamli  iqtisodiyotni  bilimlardan  foydalanish  asosida  tahlil  qilib 

chiqqanda  ishlab  chiqarish  tizimi,  ishlab  chiqarish  potentsiali,  bilimlarga 

asoslangan  iqtisodiyotning  ishlab  chiqarish  jarayoni,  bu  bilan  bog’liq  iqtisodiy 

munosabatlar  sub’ektlari,  innovatsion  tizim,  innovatsion  potentsial,  innovatsion 

amaliyot  sub’ektlari  va  boshqa  tushunchalar  o’rganiladi.  Yuqorida  tavsif  etilgan 

muammolar  bo’yicha  bir  qancha  ilmiy  manba’larni  /5-8/  tanqidiy  ravishda 

o’rganish shuni  ko’rsatadiki,  ilk ilmiy  izlanishlar informatizatsiya  tushunchasi va 

uning iqtisodiyotga ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan – xuddi shu holat “raqamli 



iqtisodiyot”  paradigmasining  paydo  bo’lishiga  olib  keldi.  Ushbu  yo’nalishning 

muallifi  iqtisodiyotdagi  neoklassik  yo’nalish  namoyondasi  Dj.  Stigler  hisoblanadi 

/11/.  Ammo  informatsiya  tushunchasi  mavhumroq  bo’lgani  uchun,  “agent  uchun 

informatsiya”  tushunchasi  kiritilib,  u  informatsiya  jamlanishi  va  qayta  ishlanishi 

natijasida  paydo  bo’ladigan  bilimni  namoyish  qilishga  imkon  beradi.  Muhitnimg 

holati  haqidagi  ma’lumotlar  majmui  sifatida  tushuniladigan  ”bilim”  tushunchasi 

informatsiyaga  nisbatan  birlamchi  deb  aniqlandi.  Xuddi  shuning  uchun  ham 

raqamli  informatsion  iqtisodiyot”  dan  “bilimlarga  asoslangan  raqamli 

iqtisodiyot”  tushunchasiga  o’tildi.  Lekin  “bilimlarga  asoslangan  raqamli 

iqtisodiyot”  tushunchasi  unchalik  aniq  emas  va  shuning  uchun  turli  hil  ilmiy 

iqtisodiy  maktablarning  namoyondalari  tomonidan  bir-biridan  farq  qiladigan  bir 

qancha  ma’nolarda  talqin  etilishi  mumkin.  Misol  sifatida  F.  Xayekning  “tarqoq 

bilim” kontsetsiyasini yoki P.N. Zavlin va L.A. Jolents, Polyak olimi Ya. Muyjel, 

Venger  olimi  B.  Santo  va  boshqalarning  ishlarida  o’rganilgan  “innovatsion 



iqtisodiyot”  ni  keltirish  mumkin.  Bilimlar  iqtisodiyoti  tizimi,  uning  tuzilishi, 


Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

infratuzilmasi  va  uning  faoliyati  mahsullari  tahlili  A.I.  Tatarkin,  A.  E.  Koguta, 



N.L.  Frolova  va  V.J.  Kellening  ilmiy  ishlarida  o’z  aksini  topgan  /9/.  Yangilik 

kiritishlar  va  uning  raqamli  iqtisodiyotdagi  ahamiyatini  Y.  Shumpeter  aniqlab, 

ularning  man’bai  sifatida  raqobatning  asosiy  faktori  bo’lgan  korporatsiyalarning 

ilmiy faoliyatini ko’rsatgan. Ammo bu holda ham asosiy dominanta sifatida yangi 

g’oyalarni  samarador  iqtisodiy  yechimlarga  aylantira  oladigan  novator-tadbirkor 

insonning ijodi hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, Amerika iqtisodchisi 

R.  Solou  AQSH  iqtisodiyotidagi  quyidagi  qiziqarli  bog’liqlikni  aniqladi: 

ishlatilayotgan  kapitalning    ko’paytirilishi  mahsulot  o’sishining  12,5%  gagina 

sabab bo’ladi, qolgan 87,5 % li o’sish esa texnologik o’zgarishlarga bog’liq bo’lar 

ekan.  Shundan  so’ng,  texnika  va  texnologiyaning  rivojlanishini  o’rganadigan  bir 

qancha  soha  mutahassislari,  shu  jumladan,  iqtisodchilar  ham  ishlab  chiqarish 

o’sishining asosi - kerakli joyda, kerakli vaqtda va kerakli iqtisodiyot tarmoqlariga 

ilmiy-texnologik yangiliklar kiritish ekanligini ta’kidladilar. Iqtisodchi P.N. Zavlin 

fikricha  /10/,  iqtisodiyot  mahsuloti  sifatida  bilimlarga  asoslangan  yangiliklar 

kiritish  ishlab  chiqarish  usuli,  ilg’or  texnologiya,  hizmat  ko’rsatish  turi,  tashkiliy 

tuzilish,  moliyaviy  yoki ilmiy  izlanish  faoliyati ko’rinishida bo’lishi  mumkin.Ya. 

Muyjel  va  L.A.  Jolents  esa  bilimlar  natijasida  vujudga  kelgan  yangilikni  “ilmiy 

g’oya  yoki  texnik  ixtironi  amaliy  foydalanishgacha  olib  kelish  jarayoni”  deb 

tushuntirishadi. Rossiya olimlaridan V.J. Kelle fikriga ko’ra esa, bilimlar asosidagi 

raqamli  iqtisodiyotning  poydevori  yangi  texnologiyalar  va  yangi  mahsulotlarni 

yaratish,  loyihalash,  ishlab  chiqarish  va  tarqatishda  ilm-fanni  keng  miqyosda 

qo’llashdir.  A.I.  Tatarkinning  fikricha,  bilimlarga  asoslangan  raqamli  iqtisodiyot 

sharoitlarida  ilmiy-texnik  bilimlarning  amaliyotda  qo’llanilishi  natijasida  yangi 

mahsulot  sifatidagi  (mahsulot  turi,  hizmat  turi,  texnologiya,  tashkiliy  usul  va 

boshqalar)  “raqamli  innovatsiyalar”  hosil  bo’lib,  ulardan  foydalanish  iqtisodiy 

yoki  ijtimoiy  samaralarga  olib  keladi.  Ammo  raqamli  innovatsiyalarni  yangi 

texnologiya  va  yangi  mahsulotlar  sifatida  moddiy  ishlab  chiqarishdagina  bo’ladi 

deb  tushunish  xato  bo’lar  edi.  Ular  inson  faoliyatining  istalgan  sohasiga  mansub 

bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham raqamli innovatsiyalarni ularning tarqalishi 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

va  ishlatilishi,  ulardan  qanday  foydalanilishi,  yangililik  darajasi  va  boshqalarga 



nisbatan  ham  farqlash  mumkin.  Shunday  qilib,  raqamli  innovatsion  iqtisodiyot 

bilimlarni  yuqori  darajada  tashkillashtirish  asosida  yoki  bilimlarga  asoslangan 

iqtisodiyot  sharoitlarida  amalga  oshiradi.  Undan  so’ng  paydo  bo’ladigan  raqamli 

iqtisodiyot esa ishlab chiqarishning yangi faktori  – informatsiyani ajratib olish va 

uni  keng  miqyosda  ishlatish  bilan  bog’liq  bo’ladi.  Zamonaviy  bilimlar  va 

informatsiyadan  foydalanish  asosida  uyshtiriladigan  ijtimoiy  ishlab  chiqarishning 

mahsuloti  sifatida  yangiliklar  kiritish  yoki  raqamli  innovatsiyalar  vujudga  kelsa, 

ularning  ishlab  chiqarilishi,  taqsimlanishi,  almashinuvi  va  iste’moli  raqamli 

innovatsion  iqtisodiyot  borligidan  darak  beradi.  Ushbu  iqtisodiyot  an’anaviy 

iqtisodiyotning  barcha  sektorlarini  isloh  qilish  va  rivojlantirish  uchun  tom 

ma’nodagi imkoniyatlar yaratib beradi. Shu jumladan, bu holat depressiv, stagnant 

va rivojlanib kelayotgan holatlardagi milliy iqtisodiyotlarga ham tegishlidir. 



4.2. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot 

 

Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotni tushunish, uning tub mohiyatini 



o’rganishdan,  ya’ni  oxirgi  mahsulotda  (yoki  ko’rsatiladigan  hizmatda)  aks  etgan 

bilim  yoki  innovatsiyalarning  mohiyatini  tushunishdan  boshlanadi.  Zamonaviy 

nazariya asosida tushunilsa, innovatsiya bozorda amalga oshiriladigan, amaliyotda 

qo’llaniladigan  yangi  yoki  mukammallashtirlgan  texnologik  jarayon  natijasida 

amalga  oshadigan  innovatsion  faoliyatning  yangi  yoki  mukammallashtirilgan 

mahsuloti  sifatidagi  oxirgi  natijasi  hisoblanadi.  Turli  xil  ko’rsatgichlardan 

foydalangan  holda,  iqtisodiy  nazariya  turli  ko’rinishlardagi  ”innovatsiya”  larning 

quyidagi  tafsiflarini  taqdim  etadi.  Bunda  u  innovatsiyalarning  ishlatilishi  va 

miqyosini, qanday ko’rinishda amalga oshirilishi, yangilik darajasi va qo’llanilish 

chegaralari bo’yicha tavsiflaydi. Masalan, qamrab olish miqyosi va foydalanilishi 

bo’yicha raqamli innovatsiyalarning quyidagi asosiy turlari bo’lishi mumkin: 

  Raqamli iqtisodiy innovatsiyalar – yangi raqamli iqtisodiy mexanizmlar, 



bozor tashkilotlari, mahsulotni tarqatish va almashtirish usullari; 


Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 



  Raqamli  ishlab  chiqarish-texnologik  innovatsiyalar  –  ishlab  chiqarishda 

yangi  raqamli  texnologiyalar  yaratish  va  ulardan  foydalanishga 

yo’naltirilgan; 

  Raqamli  ekologik  innovatsiyalar  –  tashqi  muhitning  ifloslanishini 



kamaytiradigan,  xavfli  chiqindilarni  tozalaydigan,  chiqindilarni  qayta 

ishlaydigan va shunga o’xshashlar; 

  Tashkiliy-boshqaruv  turidagi  raqamli  innovatsiyalar  –  ishlab  chiqarish 



va noishlab chiqarish faoliyatida yanada samaraliroq tashkiliy-boshqaruv 

usullaridan foydalanish; 

  Siyosiy innovatsiyalar – siyosat sohasida, siyosiy faoliyat turlarida, ichki 



va  tashqi  faoliyatda,  halqaro  munosabatlarda  yangi  g’oyalarni  amalga 

oshirish; 

  Huquqiy innovatsiyalar -  yangi ijtimoiy-siyosiy huquqlar kiritish, yangi 



qonunlar ishlab chiqish, norma va normativlar yaratish va boshqalar

 



Ma’naviy  muhitdagiraqamli  innovatsiyalar  –  ma’naviy  faoliyat  bilan 

bog’liq yangi paradigmalar, gipotezalar, kontseptsiyalar yoki fanda yangi 

nazariyalar yaratish, ta’limda yangi usullardan foydalanish, yangi faoliyat 

turlarini  topish,  madaniyatda  yangi  san’at  yo’nalishlari  va  stillarini 

yaratish. 

Amalga  oshirilish  usuli  bo’yicha  quyidagi  raqamli  innovatsiyalar  turlarini 

ajratib ko’rsatishimiz mumkin: 

  Moddiy materialda aks ettirilgan raqamli innovatsiyalar (hard) – bularga 



misol  sifatida  raqamli  yangi  mahsulotlar,  mashinalar,  uskunalar  va 

jihozlarni ko’rsatish mumkin; 

  Moddiy  materialda  aks  ettirilmagan  raqamli  innovatsiyalar  (soft)  – 



bularga  misol  sifatida  yangi  samarador  ta’lim  usullarini,  kompyuter 

dasturlarini,  tashkiliy  va  boshqaruv  bo’yicha  o’zgarishlarni,  fan 

tizimidagi 

paradigmalarning 

o’zgartirilishi 

yoki 


boshqasiga 

almashinuvini ko’rsatish mumkin. 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

Yangilik  darajasi  bo’yicha  raqamli  innovatsiyalarni  nimanidir  yangilash, 



qandaydir  yangilik  kiritish  yoki  nimanidir  mukammallashtirish  kabi  turlarga 

bo’lish  mumkin.  Bunda  raqamli  innovatsion  yangilik  kiritish  deganda,  qandaydir 

yangilikning  (yangi  kontseptsiya,  g’oya,  texnik  yechim  va  boshqalar)  birinchi 

marta  (jahon  miqyosida,  mamlakat  miqyosida  yoki  viloyat  miqyosida  kabilar

ishlatilishiga  tushuniladi.  Ammo  uning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  afzalligi  ham  o’sha 

miqyosda  tan  olingan  bolishi  lozim.  Raqamli  yangilik  kiritishni  boshqacha  

sharoitlarga  moslashtirish,  yangilash  tariqasida  tushuniladi.  Demak,  yangilash 

ushbu  tashkilot  uchungina  innovatsiya,  ammo  u  tashqi  dunyo  uchun  yangilik 

bo’lmasligi  ham  mumkin.  Nihoyat,  mukammallashtirish  deganda  originalni 

joylardagi 

konkret 

shart-sharoitlarga 

biroz  o’zgarishlar  kiritgan  holda 

moslashtirishga  tushuniladi.  Demak,  bu  amal  bir  mamlakat  yoki  tashkilot 

uchungina raqamli innovatsiya hisoblanishi mumkin holos. 

 

Raqamli  iqtisodiyotdagi  yangiliklarning  tarqalish  chegaralariga  bog’liq 



ravishda raqamli innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadilar: 

  Dunyo miqyosidagi raqamli innovatsiyalar; 



  Mamlakat miqyosidagi raqamli innovatsiyalar; 

  Regional yoki viloyatlar miqyosidagi raqamli innovatsiyalar; 



  Alohida  firma,  tashkilot  yoki  shahar  doirasida  amalga  oshiriladigan 

raqamli innovatsiyalar. 

Ijtimoiy  yo’nalishdagi  raqamli  innovatsiylar  ham  quyidagi  asosiy  turlarga 

mansub bo’lishlari mumkin: 

  Iqtisodiy  –  raqamli  olamdagi  yangi  moddiy  yoki  ma’naviy  taqdirlashlar 



turlari,  ko’rsatgichlar,  mehnatga  haq  to’lashning  progressiv  tizimlari  va 

boshqalar; 

  Tashkiliy-boshqaruv  –  yangi  raqamli  tashkiliy  tuzilmalar,  mehnatni  tashkil 



qilish usullarini raqamlashtirish va boshqalar; 

  Huquqiy  –  mehnat  yoki  xo’jalik  yuritish  bilan  bog’liq  qonunlardagi 



o’zgarishlarni raqamli ko’rinishda amalga oshirish


Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 



  Pedagogik – raqamli vositalarni qollagan holdagi  yangi innovatsion-interfaol 

o’qitish, ta’lim berish yoki tarbiya qilish usullari. 

Raqamli  innovatsion  iqtisodiyotning  zamonaviy  sharoitlarida  yangiliklar, 

bilim  va  informatsiyaning  bunchalik  ko’p  turlarda  namoyon  bo’lishi 

innovatsiyalarning tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Iqtisodiyotning XX-XXI 

asrlardagi  evolyutsiyasi  ishlab  chiqarish  sohasidagi  yangi  bilim  va 

informatsiyaning ma’nosi va mohiyatini ham tubdan o’zgartirib yubordi. Ushbu 

evolyutsiya  natijalari  quyidagi  jadvalda  keltirilgan  (raqamliinnovatsion  davr 



2000-yildan so’nggi davr hisoblanadi): 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish