Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Raqamli innovatsion tizimning tavsifi va  tuzilishi



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

 Raqamli innovatsion tizimning tavsifi va  tuzilishi 

 

Raqamli  innovatsiyalar  yaratiladigan  sharoitlar  mavjud  bo’lgan  tizimlarni 



o’rganishda ularni bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sifatida o’rganib chiqish ham 

muhim  nazariy  yondoshuvlardan  biri  hisoblanadi.  Bu  haqdagi  qimmatli 

ma’lumotlarni 1980-yillarda bir qancha mamlakatlarda milliy innovatsion tizimlar 

ishlab chiqqan olimlarning asarlaridan olish mumkin. Bu yo’nalishning eng asosiy 

namoyondalari  sifatida  Shvetsiyalik  professor  B.  Lundvallni,  Britaniya  ilmiy 

siyosatni  o’rganish  markazi  professori  K.  Frimanni  va  AQSH  Kolumbiya 

Universiteti  professori  R.  Nelsonni  ko’rsatib  o’tish  mumkin.  Ular,  umumiy 

metodologik tamoyillardan foydalangan holda, bu sohaning yirik namoyondasi Y. 

Shumpeter  kabi,  yangiliklar  kiritish  va  zamonaviy  amaliy-ilmiy  innovatsion 

ishlanmalar  rivojlanishning  va  raqobatda  g’olib  chiqishning  asosiy  faktori 

ekanligini tan olganlar. Bu olimlarning barchasi iqtisodiy rivojlanishda zamonaviy 

bilimlardan foydalanishga alohida diqqat qaratganlar. Milliy innovatsion tizimlarni 

rivojlantirish  kontseptsiyasi  professor  D. Nortning  ilmiy  ishlarida  eng  mukammal 

holda  tadqiq  qilingan.  Uning  ilmiy  ishlaridagi  asosiy  g’oya  -  institutsionalizm 

bo’lib,  uningcha,  jamiyatdagi  ilg’or  ilmiy-texnologik  institutlar  (tashkilotlar

undagi bilimlar  va  texnologiyaga bevosita  yoki bilvosita  ta’sir qiladilar. Nortning 

ko’rsatishicha,  rivojlangan  mamlakatlarda  ilmiy-texnologik  institutlarning 

rivojlanishi,  ular  orasidagi  aloqalarning  kengayishi,  ilm-fanning  amaliyotga 

tadbiqiga alohida ahamiyat berilishi orqali ular tarixiy qisqa muddatlarda “uchinchi 

dunyo”ga  qaraganda  iqtisodiy  rivojlanishda  kattaroq  imkoniyatlarga  ega 

bo’lganlar.  Bu  fundamental  ilmiy  kontseptsiyalar  va  tushunchalarga  asoslanib, 

bilimlarga  asoslangan  raqamli  iqtisodiyot  yoki  raqamli  innovatsion  tizimga 

quyidagi  ta’rifni  berishimiz  mumkin:  Raqamli  innovatsion  tizim  –  jamiyatdagi 

institutsional  tuzilmalarning  majmui  bo’lib,  ularnimng  faoliyati  bilimlar,  ilmiy 

informatsiya  va  yangiliklar  yaratishga  (yoki  rivojlangan  mamlakatlardagi  ilg’or 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

innovatsion  yangiliklarni  ijobiy  ravishda  o’zlashtirishga)  qaratilgan  bo’lib,  u 

davlat  tuzilmalari,  biznes,  ilm-fan  va  ta’limning  birgalikdagi  o’zaro  foydali 

sinergetik (bir-birini kuchaytiruvchi) faoliyati tufayli muvaffaqiyat qozonadi va bu 

tadbirlar majmui mamlakatning iqtisodiy faoliyatini kuchatirishga hamda uning tez 

sur’atlar  bilan  rivojlanishiga  olib  keladi.  Raqamli  innovatsion  tizimning  pirovard 

maqsadi  -  akademik  yoki  amaliy  fan  sohalaridan  (yoki  rivojlangan 

mamlakatlardan)  ilmiy-amaliy  natijalarni  olishga,  yangiliklarni  tijoriylashtirishga 

(ya’ni  ulardan  tijoriy  maqsadlarda  foydalanishga),  g’oyalarni  ommaviy  ishlab 

chiqarishga tadbiq etishga, bozorlarni yangi  raqamli mahsulotlarga to’ldirishga va 

buning natijasida mamlakatning tezkor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishishdir.  

Yuqorida  keltirilgan  funktsiyalarning  ketma-ket  (va  doimiy)  ravishda  bajarilishi 

bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot va unga mos bo’lgan raqamli innovatsion 

tizimning hal qilishi kerak bo’lgan asosiy muammolarining yechimiga olib keladi, 

ya’ni,  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishning  yuksak  darajasiga  erishish  uchun  zarur 

bo’lgan  tegishli  shart-sharoitlarni  yaratish  masalasini  hal  qiladi.  Buni  raqamli 

innovatsion  tizimning  nimalarni  amalga  oshirishi  kerakligini  oddiy  ko’rinishda 

ifodalaydigan quyidagi chizma orqali aks ettirishimiz mumkin: 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish