Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Fundamental bilim, 

g’oyalar, ixtirolar va ilmiy 

yangiliklar 

Amaliy ilmiy izlanishlar va 

amaliy fan 

Bozorga chiqish 

Mahsulotlarni yalpi ishlab 

chiqarish 

Yangiliklarning multiplikativ 

tijoriy samara berishi uchun 

kompleks infratuzilmasini yaratish 


Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

 



 

 

 



 

 

Turli mamlakatlarda bunday raqamli innovatsion tizimning qanday ko’rinishda 



iqtisodiy  amaliyotga  tadbiq  qilinishi  mamlakat  oldiga  qo’yilgan  strategik 

maqsadlarga  monand  ravishda  amalga  oshiriladi.  Masalan,  Frantsiyada  raqamli 

innovatsion  tizimning  asosiy  maqsadi,  qo’shimcha  ish  joylarini  yaratish  bo’lsa, 

Germaniyada  bu  maqsad  progressiv  raqamli  texnologiyalarni  rivojlantirishdir. 

Bilimlarga  asoslangan  raqamli  iqtisodiyotning  asosiy  maqsadi  esa,  mamlakatni 

nafaqat information-texnologik yo’nalishda barqaror rivojlantirish, balki bu holatni 

iqtisodiy-ijtimoiy yo’nalishda ham amalga oshirishdir. Bu esa quyidagi maqsadlar 

majmuini amalga oshirishni ko’zda tutadi: 

  Raqamlashtirish  vositasida  iqtisodiyotning  turli  xil  sohalarida  qo’shimcha  ish 



joylarini yaratish; 

  Ilmiy  bilimlar  talab  qiladigan  raqamli  mahsulotlar  hajmini  va  aholining 



daromadlarini oshirib, byudjetning turli xil tushumlarini ko’paytirish; 

  Raqamli  texnologiyalar  yordamida  aholining  madaniy-ma’naviy,  ta’lim  va 



bilim darajasini oshirish; 

  Mamlakat  iqtisodiyotiga  yangi  turdagi  raqamli  mahsulotlar  ishlab  chiqarish 



korxonalari va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng miqyosda jalb qilish; 

  Raqamli  texnologiyalardan  foydalangan  holda  ijtimoiy-iqtisodiy  va  ekologik 



muammolarni hal qilish. 

Bilimlarga  asoslangan  raqamli  iqtisodiyotning  muvaffaqiyatli  faoliyat 

ko’rsatishi ko’p jihatdan davlatning iqtisodiyot ilmiy-texnik sektori rivojlanishiga 

bo’lgan  yondoshuviga  ham  bog’liq  bo’ladi  va  bu  makroiqtisodiy  siyosatda, 

normativ  va  huquqiy  ta’minotda,  raqamli  innovatsion  tizimning  bevosita  va 

bilvosita  boshqarilishida  o’z  aksini  topadi.  Shuning  uchun  ham  bunday  raqamli 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

iqtisodiyot funktsiyalari mamlakatning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish potentsiali, 



ichki  bozor  va  mehnat  bozori  holati  hamda  tarixiy  va  tabiiy  hususiyatlari  bilan 

aniqlanadi.  Bunga  mos  ravishda  raqamli  innovatsion  tizimning  bir  qancha 

darajalarini farqlash mumkin: dunyo miqyosida, milliy – bir mamlakat miqyosida, 

regional  –  viloyatlar  miqyosida  va  lokal  –  raqamli  innovatsion  iqtisodiyotni  bir 

tarmoq yoki korxona miqyosida amalga oshirish. Lokal  raqamli innovatsion tizim 

o’z  tarkibiga  bir  tomondan  yirik  korporatsiyalarni,  kichik  va  o’rta  biznes 

firmalarini  va  ikkinchi  tomondan,  ilmiy  izlanish  faoliyati  moliyaviy  hizmatining 

an’anaviy  hamda  yangi  ko’rinishlarini,  yangi  raqamli  texnologiyalar  bozorini  va 

davlatning  bevosita  va  bilvosita  ko’magini  qamrab  oladi.  U  ilm-fan  va  ishlab 

chiqarishni  samarali  ravishda  birlashtirib,  o’z  tarkibiga  raqamli  tizimning  barcha 

tashkil  etuvchilarini,  shu  jumladan,  ilmiy-texnologik  va  ijtimoiy-iqtisodiy 

yo’nalishlarni  qamrab  oladi.  Bilimlarga  asoslangan  raqamli  iqtisodiyotning 

mohiyati  -  asosan  tashqi  va  ichki  ta’asirotlarga  bardoshli  bo’lgan  raqamli 

innovatsion  tizimning  tashkiliy  ko’rinishlari  va  funktsional  tuzilmalarini  hosil 

qilish bo’lib qoladi, deyishimiz ham mumkin.  

4.3. Elektron tijoratda raqamli iqtisodiyotning roli 

 

Yangi  raqamli  mahsulot  (yoki  hizmat)larni  hayotga  tadbiq  qilish  bilan 



tugallanadigan  hamda  bundan  ko’ra  kengroq  miqyosda  amalga  oshiriladigan 

raqamli innovatsion faoliyatlar bir-biridan farqlanishi zarur.  Xozirgi davrda yangi 

bilim  va  informatsiyani  (yoki  raqamli  innovatsion  faoliyatni)  yaratish  jarayonini 

tushunishda  bir  qancha  yondoshuvlar  mavjud.  Tadbirkorlik  yondoshuviga  asosan 

raqamli  innovatsion  faoliyat  yangi  mahsulotni  uning  haqidagi  g’oya  hosil 

bo’lishidan to  uning o’zlashtirilishi, ishlab  chiqarilishi, sotilishi va tijoriy  samara 

olinishigacha  bo’lgan  jarayon  deb  tushuniladi.  Kreativ-funktsional  yondoshuvga 

asosan  esa  raqamli  innovatsion  faoliyat  samarali  ijod  faoliyati  bo’lib,  u  yangi 

vositalar  yordamida  mavjud  yoki  butunlay  yangi  maqsadlarga  erishish  deb 

tushuniladi.  Falsafiy  yondoshuvga  asosan  esa  raqamli  innovatsion  faoliyat  deb 

fanni,  texnikani,  iqtisodiyotni,  tadbirkorlikni  va  boshqaruvni  birlashtirib,  ijobiy 

sinergetik samaraga erisha  olinadigan  jarayonga tushuniladi. Raqamli  innovatsion 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

faoliyatning  iqtisodiy  mohiyatini  quyidagi  chizmada  ifodalangan  yangiliklar 



(bilimlar,  texnologiyalar,  innovatsiyalar)  yaratish  jarajonining  bir-biri  bilan 

bog’liq bo’lgan bosqichlari orqali tushunish mumkin: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Raqamli  innovatsiyalar  yaratish  ilmiy  izlanishlar,  tajriba-konstruktorlik 



ishlari  va  ularning  natijalarini  hayotga  tadbiq  qilish  kabi  yangi  raqamli  mahsulot 

yaratish  va  uni  o’zlashtirish  bilan  bog’liq  bo’lgan  barcha  ishlarni  o’ziga  qamrab 

olgan  jarayondir.  Yangiliklar  kiritishning  (raqamli  innovatsiyalarning)  hayotiy 

tsikli  amaliyotga  tadbiq  qilish  bilangina  tugamaydi,  balki  u  seriyali  va  ommaviy 

ishlab  chiqarish,  sotish,  raqamli  mahsulotni  tarqatish  va  undan  foydalanish 

jarayonlarini ham  o’z tarkibiga oladi. Ammo ba’zi holatlarda  raqamli innovatsion 

mahsulot  ommaviy  ishlab  chiqarishga,  almashinuvga  va  iste’molga 

mo’ljallanmagan  bo’lishi  ham  mumkin.  Misol  sifatida  kosmik,  aviatsion,  atom 

sanoati  mahsulotlari  yoki  meditsina,  yadro  fizikasi  va  boshqa  yuqori  texnologik 

sohalar  uchun  ishlab  chiqariladigan  exklyuziv  (yagona,  noyob,  bir  nushada

raqamli  mahsulotlarni  keltirish  mumkin.  Shuni  ham  aytish  kerakki,  har  qanday 

seriyali va ommaviy ishlab chiqarishni ham innovatsion deb bo’lmaydi, albatta.  




Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish