Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTDAELEKTRON TIJORATNING



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

4-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTDAELEKTRON TIJORATNING 

RIVOJLANISHI 

4.1. Elektron tijoratdagi raqamli innovatsiyalar 

Bilimlarga  asoslangan  raqamli  iqtisodiyotga  o’tish  kontseptsiyasi  industrial 

davrdan  information-texnologik  davrning  ishlab  chiqarish  usuliga  o’tish  bilan 

bog’liqdir.  Ushbu  kontseptsiyaning  paydo  bo’lishiga  asosiy  sabab  -  industrial 

iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlari  va  jabhalarini  qamrab  olgan  hamda  uning 

miqyosi,  dinamikasi  va  ichki  mohiyatini  batamom  o’zgartirib  yuborgan  yangi 

raqamli  information  texnologiyalar  paradigmasidir.  Ilmiy  izlanishlarning 

ko’rsatishicha, industrial iqtisodiyotning information iqtisodiyot bilan almashinishi 

agrardan  industrial  iqtisodiyotga  o’tishga  aynan  ekvivalant  emas,  chunki  yangi 

paradigma  doirasida  iqtisodiyotning  asosiy  tarmoqlari  ilm-fan  sohalaridagi  puxta 

bilimlar  talab  qiladigan  komp’yuter  texnologiyalari,  raqobatbardosh  va 

o’zgaruvchan  sharoitlarga  tezda  moslasha  oladigan  information  tarmoqlarga 

aniqlanadilar.  Zamonaviy  raqamli  iqtisodiyot  tuzilmasining  bunday  sifat 

o’zgarishlari  xozirgi  kunda  global  o’zgarish  tariqasida  ko’rilib,  bunda  “moddiy” 

iqtisodiyotdan “intellectual” iqtisodiyotga yoki “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot 

–  knowledge-bazed  economy”ga  o’tish  sifatida  tushuniladi.  Postindustrial 

iqtisodiyotga  kirib  kelayotgan  bunday  yangiliklarning  mohiyatini  tushunish 

information  texnologiyalarning  ma’lumotlarni  qayta  ishlash  natijasida  butunlay 

yangi  bilimlar  hosil  qilib,  yangi  ko’rinishdagi  faoliyat  turlarini  yaratishini  talab 

qiladi.  Keyingi  yillarda  jahon  iqtisodiy  adabiyotida  keng  tarqalgan  “Bilimlarga 



asoslangan  raqamli  iqtisodiyot”  yoki  “Intellectual  iqtisodiyot”  tushunchasi  ilmiy 

bilimlar  majmuasi  va  ular    (bilimlar,  texnologiyalar,  chizmalar,  usullar  va 



boshqalar) yozilgan moddiy ma’lumot tashuvchilar (disketlar, fleshkalar, internet 


Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

resurslari va boshqalar) moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi va 

iqtisodiy  o’sishning  asosiy  manba’i  bo’lib  qolishini  anglatadi.  Xuddi  shu  tufayli 

ilmiy-amaliy,  ishbilarmon  va  professional  davralarda  raqamli  iqtisodiyot 

rivojlanishi nuqtai-nazaridan bilimlar, ma’lumotlar, yangiliklar va ilmiy-texnologik 

innovatsiyalar  har  tomonlama  chuqur  o’rganila  boshlandi.  Yangi  ixtirolar,  ilmiy-

texnik  ma’lumotlar  va  raqamli  innovatsiyalar  esa  O’zbekiston  iqtisodiyoti  asosiy 

sektorlarining  raqamli  iqtisodiyot  nuqtai-nazardan qayta  tuzilishi va  rivojlanishini 

aniqlab  bera  boshladi.  Ammo  xozirgi  davrda  iqtisodiyotning  juda  ko’p  sohalari 

ilm, fan va texnikaning yutuqlaridan keng miqyosda foydalanmaganliklari tufayli, 

ma’lum ma’noda depressiv holatga tushib qolganlar. Bu xolat quyidagi bir qancha 

ob’ektiv  va  sub’ektiv  sabablar  bilan  bog’liqdir.  Avvalo,  bilimlarga  asoslangan 

raqamli  iqtisodiyotning  huquqiy  ta’minoti  mamlakatimizda  yaratilgan  emas. 

Xozirga  qadar  innovatsion  ilmiy-texnik  izlanish  jarajonlarini  normal  amalga 

oshirish  va  ularning  natijalarini  amaliyotga  tadbiq  qilish  uchun  zaruriy  bo’lgan 

to’liq normativ-huquqiy baza mavjud emas. Masalan, mamlakat miqyosida raqamli 

iqtisodiyot  bilan  bog’liq  bo’lgan 

texnologik  innovatsiyalar  va  ularni 

rivojlantirishning  barcha  nozik  jihatlarini  hisobga  olgan  holdagi  asosiy  qonun 

xujjatlari to’liq ishlab chiqilmagan. Raqamli iqtisodiyotga ilmiy-amaliy bilimlarni 

investitsiya qilish uchun “respublikada eng yaxshi imkoniyatlar yaratish” masalasi 

huquqiy  jihatdan  hozircha  to’liq  ishlab  chiqilmagan.  Bu  ishlar  davlat    boshqaruv 

bo’g’ini  mutasaddilarining  innovatsiyalar  va  ilm-fan-texnikani  rivojlantirmasdan 

turib, keskin rivojlanish mumkin emasligini ko’rib, bilib va tushunib turgan holida 

ham  amalga  oshirilmayotganlari ta’assufga  loyiqdir. Shuning uchun ham,  keyingi 

yillarda  halq  farovonligi  va  mamlakatning  dunyo  bozoridagi  o’rnini  aniqlab 

beradigan ilg’or texnologiyalar, innovatsiyalar, ta’lim tizimi va boshqa an’anaviy 

tarmoqlarda  raqamli  innovatsion  yumushlarni  amalga  oshira  oladigan  yuqori 

malakali  kadrlarning  yetishmasli  holati  kuzatilayapti.  Ammo  shunga  qaramasdan, 

iqtisodiy  fanga  va  bilimlarga  asoslangan  raqamli  iqtisodiyotning  jarayonlari  va 

qoidalari 

haqida  tushuncha  beradigan  “raqamliinformation  iqtisodiyot”, 

bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot”, “raqamli innovatsion iqtisodiyot” va 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

raqamli  intellectual  iqtisodiyot”  tushunchalariga  ozmi-ko’pmi  ta’rif  berilib,  ular 



bo’yicha bir qancha ilmiy ishlar bajarilgan /6-9/. Lekin bu ilmiy-amaliy izlanishlar 

chalaroq,  sayozroq,  fragmentar,  tizimlashtirilmagan  va  bir  tomonlamalilik  bilan 

tafsiflanadi.  Shuning  uchun  ham  o’quv  qo’llanmaning  ushbu  bo’bida  bilimlarga 

asoslangan  raqamli  iqtisodiyotning  ilmiy-metodologik  asoslari,  uslubiyati,  uning 

infratuzilmasi  va  funktsiyalari  imkon  doirasida  ko’rib  chiqiladi.  Undan  tashqari, 

raqamli innovatsion iqtisodiyotning asosi bo’lgan bilimlar iqtisodiyotining raqamli 

information  iqtisodiyotga  aylanish  jarayonlari  bilan  bog’liq  bo’lgan  asosiy 

tushunchalar,  amaliyot  uchun  zarur  bo’lgan  bilimlarni  yaratish  faoliyati  bilan 

bog’liq  masalalar  ham  bir  qadar  ko’rib  chiqiladi.  Eng  avvalo,  bilim  va 

ma’lumotlarning zamonaviy  raqamli iqtisodiyot rivojlanishidagi o’rni o’rganiladi, 

so’ngra bilim va ma’lumot yaratadigan tizim va uning tuzilishi hamda funktsiyalari 

ko’rib chiqiladi. Raqamli iqtisodiyot uchun hizmat qiladigan bilimlarga asoslangan 

tizimning  kuchli  va  kuchsiz  tomonlari  o’rganilib,  uning  infratuzilmasi  tadqiq 

qilinadi. Umuman aytganda, bilimlarga asoslangan raqamli innovatsion iqtisodiyot 

jarayonlarining asosiy tushunchalarini o’rganish sxematik tarzda quyidagi ketma-

ketlikda amalga oshirilishi mumkin: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Jamiyatning  mahsulot  ishlab  chiqarish  infratuzilmasini  o’rganilganda  unda 

ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki hizmatlarda qanday bilimlar aks etishi va bu 

bilimlarning  pirovard  natijalari  qanday  bo’lishiga  ahamiyat  beriladi.  Bu  yerda 

asosiy diqqat-e’tibor bevosita bilimlar hosil bo’ladigan va uning shart-sharoitlariga 

bog’liq bo’lgan raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi tushunchasiga qaratiladi. Undan 

so’ng,  uning  zamonaviy  sharoitlarga  bog’liq  alohida  hususiyatlari  viloyatlararo 




Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish