Техник конструкциялаш ва моделлаш



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

4 - rasm  .  Texnologik   jarayon   
Ишлаб чиқариш жараёни
 
 
Ёрдамчи жараёнлар (ташиш, 
 
ремонт 
 
ускуналарни 
 
асбоб 
 
қилиш ва хоказолар)
 
 
Технологик жараён
 
 
1
 
-
 
технологик 
 
операция
 
 
n
 
-
 
технологик 
 
операция
 
 
2
 
-
 
технологик 
 
операция
 
 
1  
2  
3  
n  
1  
2  
n  


12 
 
1.  Maktabingiz atrofidagi korxonalarda materiallarga ishlov berishning qanday texnologik usullari 
qо‘llanadi?  
2.  Texnologik jarayon nima? Uning strukturasi qanday?  
3.  Texnologik operatsiya bilan texnologik о‘tishning umumiyligi nima va ular bir biridan qanday 
farqlanadi?  
Yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi. Hozirgi zamon texnikasining asosini 
mashinalar  tashkil  etadi.  Ular  qanday  ishni  bajarishiga  kо‘ra  bir–biridan  farqlanadi  va  energetika 
mashinalari  (turbina,  ichki  yonish  dvigateli,  elektrodvigatel,  elektrogenerator  va  boshqalar),  ishchi 
mashinalar (stanok, urug‘ sepish mashinasi va boshqalar): transport mashinalari (samolyot, avtomobil, 
vertolyot, velosiped va boshqalar): axborot mashinalari (turli kompyuterlar) kabi turlarga bo`linadi.   
Mashina  о‘z  vazifasini  bajara  olishi  uchun  unda  ishchi  (ijrochi)  organ  bо‘ladi.  Uning  tuzilishi 
mashinaning  vazifasiga  va  ishlash  sharoitiga  bog‘liqdir.  Masalan,  ventilyatorning  ishchi  organi  – 
parragi, ekskavatorning ishchi organi – kovsh, avtomobilning ishchi organi – g‘ildiraklari hisoblanadi. 
Mashinalar ishchi organlari yordamida kо‘zlangan foydali ishlarni bajaradi.   
Mashinaning  ishchi  organi  dvigatel  harakatga  keltiradi.  Harakat  dvigateldan  ishchi  organga  
uzatmali qurilmalar (mexanizmlar) orqali  о‘tadi.  Buning uchun texnologik va transport mashinalarda 
kо‘proq mexanik tasmali, zanjirli, tishli, chervyakli, friksion uzatmalardan foydalaniladi. Siz ular bilan 
maktab  ustaxonalarida  tanishgansiz.  Agar  harakatning  о‘zgarishi  suyuqlik  yoki  gazlar  ishtirokida 
amalga oshsa, bunday uzatma mexanizmlarni gidravlik yoki pnevmatik uzatmalar deyiladi.   
Odatda  uzatma  mexanizm  dvigatel  harakatlantiradigan  kirish  zvenosi  va  mashinaning  ichki 
organi  yoki  asbob  kо‘rsatkichiga  birikkan  chiqish  zvenosidan  tashkil  topadi.  Agar  texnologik 
mashinaning  ishchi  organi,  stanok  supporti  ilgarilama  qaytma,  val  aylanma  harakat  qilsa,  mexanizm 
konstruksiyasi  harakatning  uzatilishi  va  tezlikning  о‘zgarishini  ta’minlashdan  tashqari  dvigatel 
valining aylanma harakatini supportning ilgarilama qaytma harakatiga aylantirilishi ham kerak.  
Mashinaning    ishini  boshqarish  lozim.  Ilgari  mashinalarni  faqat  inson  boshqarar  edi.  Hozir  esa 
ishlab  chiqarishda  boshqarish  vazifasini  bajaradigan  avtomat  moslamalar  tobora  keng  qо‘llanmoqda. 
Ular oldindan berilgan dastur bо‘yicha ishlaydi, ishchi esa faqat ishlab chiqarishning borishini nazorat 
qiladi.   
Vazifasi konstruksiyasi va о‘lchamlari har hil barcha mashinalar bitta umumiy xususiyatga ega – 
ular foydali ishni bajaradi. Ishchi asboblar  kabi texnika vositalari о‘zicha ishni bajara olmasligi bilan 
mashinalardan farqlanadi. Asbob insonning mehnat quroli (masalan, nina, belkurak, va boshqalar) yoki 
mashinalarni  ijrochi  organlari  (parma,  freza  va  boshqalar)  sifatida  xizmat  qiladi.  Ishchi  asboblardan 
tashqari о‘lchash asboblari ham mavjud bо‘lib, siz ular bilan mahsulot sifatini nazorat qilish masalasini 
о‘rganishda tanishdingiz.  
Kо‘pchiligingiz  parmalash  stanoklarida  ishlashda  konduktor  deb  ataladigan  texnik  moslamani 
uchratgansiz. Bu moslama oldin rejalamasdan detalning kerakli joyiga teshik ochish imkonini beradi. 
Detalning  har  bir  turi  uchun  maxsus  ishlab  chiqilgan  va  tayyorlangan  konduktor  bо‘lishi  kerak.  Ana 
shu  moslamalar,  maxsus  instrumentlar  va  boshqa  asboblar  parmalash  stanogining  uskunalari 
hisoblanadi. Uskuna deganda, texnologik jihozlarni tо‘ldiradigan va texnologik jarayonning muayyan 
qismini mustahkamlash, zagotovka hamda detallarni uzatish va nazorat qilishni bajarish uchun kerakli 
texnik moslamalarning hammasi tushuniladi.   
Ishlab  chiqarishning  har  qanday  tarmog‘ida  qо‘llaniladigan  texnika    vositalarining    katta  
guruhini  nazorat  –  о‘lchov  asboblari  tashkil  qiladi.  Ular  qator  belgilari:  vazifasi,  ishlash  prinsipi  va 
hokazolar bо‘yicha klassifikatsiyalanadi.   
Moddaning  massasini,  temperaturani  bosim  va  boshqalarni  о‘lchash  asboblari  о‘lchanadigan 
kattalikning turiga kо‘ra bir – biridan farqlanadi.   


13 
 
Ishlash  prinsipiga  kо‘ra  mexanik  elektrik,  gidravlik,  optik,  va  boshqalar,  shuningdek 
kombinatsiyalashgan (elektromexanik) asboblari bо‘lishi mumkin.  
Ishlab  chiqarish  sharoitida  kо‘pincha  kuzatuvchining  kо‘zi  ilg‘amaydigan  jarayonlarning  ayrim 
parametrlarini,  masalan,  pechlardagi  issiqlikni,  atom  reaktorining  holati  va  boshqalarni  о‘lchash 
zarurati  tug‘iladi.  Bunday  paytlarda  asboblarning  datchiklari  (parametrlarni  о‘lchagichlar)  bevosita 
obyektda, asbobning indikatori (о‘lchanayotgan kattalikning kо‘rsatkichi) operatorning maxsus pultida 
bо‘ladi. Bu xildagi asboblarni masofaviy asboblar deyiladi.   
Kо‘p  asboblar  о‘lchanayotgan  kattalikning  ana  shu  о‘lchash  paytidagi  qiymatni  kо‘rsatadi. 
Bularni  kо‘rsatuvchi  asboblar  deb  ataladi.  Ular,  masalan,  ampermetr,  voltmetr,  manometr,  tarozi  va 
boshqa kabi strelkali yoki indikatsiyali (elektron soatlar tipida) bо‘lishi mumkin.  
Kundalik  turmushda  kо‘rsatuvchi  asboblar  juda  qulay  bо‘lsa,  ishlab  chiqarishda  kо‘pincha 
о‘lchanayotgan  parametrning  absolyut  qiymatidan  tashqari,  muayyan  vaqt  ichida  uning  о‘zgarishi 
xarakterini ham bilish zarur bо‘lib qoladi. Ana shunday holatda registratsiya qiladigan: о‘zi yozadigan 
yoki mashinkali asboblardan foydalaniladi.  
Yuqorida  aytilgan  barcha  texnik  qurilmalar  mashinalar,  asboblar,  uskunalar  va  asboblar  ishlab 
chiqarishni  texnikaviy  jixozlash  vositalari  bо‘lib,  ular  texnologik  jarayonni  amalga  oshirish  uchun 
zarur.  Yangi  texnologiyalar  mukammal  yangi  texnikani  taqozo  etadi  va  bunday  texnikasiz  texnolog 
olimlarning g‘oyalari rо‘yobga chiqmaydi.   
Texnologik  jarayonlarni  (masalan,  bolg‘alar  hamda  bosqonlarda  mexanik  yassilash  va 
hokazolarni)  kompleks  mexanizatsiyalashtirishda  mashina  va  mexanizmlarning  ishi  bilan  materiallar, 
zagotovkalar,  buyumlarni  kо‘tarma-transport  mashina  va  mexanizmlar  (konveyerlar,  avtokaralar, 
kо‘tarma  kran  va  xokazolar)  yordamida  tashish  uyg‘unlashadi.  Ishchi  mexanizatsiya  vositalari  ishini 
boshqaradi va nazorat qiladi xolos.  
Ishlab  chiqarishni  mexanizatsiyalashtirish  uchun  texnologik  hamda  transport  mashinalari  va 
mexanizmlardan keng foydalaniladi.   
Texnologik  mashinalar  о‘zlari  qо‘llanadigan  aniq  texnologik  jarayonlarning  turiga  qarab  bir-
biridan farqlanadi. Masalan, mashinasozlik (va boshqa tarmoqlarda) metall zagotovkalar va detallarni 
qirqib ishlash uchun metall qirqish stanoklari kabi texnologik mashinalarning keng tarqalgan turlaridan 
foydalaniladi.  Bularga  tokarlik,  parmalash,  randalash,  frezalash,  pardozlash  stanoklari  kiradi. 
Stanoklarning har qaysi  guruxini turli tip hamda  о‘lchamdagi buyumlar ishlanadigan universal va bir 
tip hamda о‘lchamdagi buyumlar ishlanadigan maxsus stanoklarga ajratish mumkin.  
Sо‘nggi paytda bir necha turli texnologik operatsiyalarni bajarishga mо‘ljallangan metall qirqish 
stanoklari keng tarqaldi. Bunda stanoklarda bir qancha almashinuvchi tokarlik, parmalash, frezerlash, 
pardozlash  agregatlari  bor.  Agregatlarning  almashtirilishi  stanokni  tez  qayta  sozlash,  yangi  detallar 
yasashga tayyorlash vaqtini qisqartirish imkonini beradi va bu iqtisodiy jihatdan g‘oyat foydalidir.  
Mashinasozlik  ishlab  chiqarishini  mexanizatsiyalashtirishda  yuqorida  aytilgan  va  boshqa  juda 
kо‘p mashinalar qо‘llanadi.  
Tog‘  –  kon  sanoatida  burg‘ilash,  о‘yish,  otboyka  mashinalari  va  tog‘  jinslarini  qazib  olishga 
mо‘ljallangan  boshqa  texnologik  mashinalardan  foydalaniladi.  Bu  tarmoqda  deyarli  hamma  turdagi 
ishlar mexanizatsiyalashtirilgan.  
Tо‘qimachilik  ishlab  chiqarishi  gazlama  tayyorlash  jarayonini  mexanizatsiyalashtirish  imkonini 
beradigan tо‘qish, yigirish stanoklari va xokazolar bilan jihozlanadi.  
Qishloq  xо‘jaligini  mexanizatsiyalashtirishda  ham  mashinalardan  keng  foydalaniladi.  Masalan, 
g‘allani  yig‘ib–terib  olishda  о‘roq  mashinalar,  kombaynlar,  podborshchiklar,  donni  saralaydigan 
hamda quritadigan moslamalar va hokazolardan  iborat  texnologik  mashinalar kompleksi  qо‘llaniladi. 
Chorvachilik va yem–xashak ishlab chiqarishida barcha texnologik jarayonlarni, ozuqalarni tayyorlash 


14 
 
va  tarqatishni,  chorva  mollarini  boqish  va  parvarishlashni  mexanizatsiyalashtirish  imkonini 
yaratadigan mashinalar kompleksi joriy etilgan.  
Mexanizatsiyaning kо‘tarma–transport vositalari texnologik mashinalardan farqli ravishda ishlab 
chiqarishning  turli  tarmoqlarida  bir  xil  vazifani  bajaradi.  Ular  faqat  konstruksiyasi  jihatidan  bir  - 
biridan farq qilishi mumkin.  
Barcha  kо‘tarma  –  transport  mashinalarini  ishlash  rejimi  bо‘yicha  vaqti  –  vaqtida  va  doimiy 
ishlaydigan vositalarga ajratish mumkin.  
Tezligi  ishlab chiqarish jarayonining ritmi bilan  belgilanadigan konveyerlar doimiy  ishlaydigan 
mashinalar  hisoblanadi.  Lentali  konveyerlar  eng  kо‘p  tarqalgan  bо‘lib,  ularda  roliklar  ustida 
harakatlanadigan  rezina  yoki  pо‘lat  lenta  yordamida  yuklar  uncha  uzoq  bо‘lmagan  masofaga 
kо‘chiriladi.  Konveyerlarning  bunday  tipi  sanoatning  soatsozlik,  asbobsozlik,  radioelektronika,  oziq–
ovqat,  poyabzaldо‘zlik,  tikuvchilik  va  boshqa  qator  tarmoqlarida  qо‘llanilanadi.  Osma  konveyerlar 
harakatlanuvchi  zanjirga  mustahkam  biriktirilgan  karetka  (aravacha)  lardan  ham  keng  foydalaniladi. 
Masalan, Asakadagi Damas, Neksiya, Tiko avtomobil zavodidagi avtomobillarni yig‘ish liniyasida bir 
yо‘la uchta anna shunday konveyer ishlaydi va bosh konveyerning uzunligi 300 metrga yetadi.  
 

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish