11
Biologik usullar mehnat predmeti jonli organizmlarda rо‘y beradigan bioximiyaviy jarayonlar
ta’sirida о‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Biologik usullar sanoatning bir qancha tarmoqlarida, masalan,
oziq-ovqat, ximiya, yengil sanoatda keng tarqalgan, shuningdek, ular metallurgiyada ham о‘rin olgan
bо‘lib, maxsus bakteriyalar yordamida rudadan ayrim metallarni (mis, marganets, xrom va
boshqalarni) ajratib olish yо‘llari topilmoqda.
Energetik usullar energiyaning elektr, yadro va boshqa turlaridan bevosita foydalanish orqali
amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni о‘z ichiga oladi. Masalan, mis va alyuminiy elektroliz
yо‘li bilan olinadi (buni fizika va ximiya darslarida bilib olasiz), kо‘p detallar yuqori chastotali toklar
bilan mustahkamlanadi va hokazo.
Qator materiallarni qayta ishlash texnologiyasi yuqorida kо‘rib chiqilgan asosiy usullar
kombinatsiyasiga tayanadi. Kombinatsiyalashgan usulning misoli sifatida metallga ximoyalovchi va
dekorativ qoplamalarni elektroximiyaviy metod bilan surtishni kо‘rsatish mumkin. Detallarga
elektrofizik usulda ishlov berish ham kombinatsiyalashgan usulga kiradi. Buning namunasi
materiallarni elektronlar tutami bilan ishlash (payvandlash, kesish) dir.
Texnologik jarayon (4-rasm) texnologik operatsiyalardan tashkil topadi.
Texnologik operatsiya
— texnologik jarayonning tugallangan qismi bо‘lib, uni ishchi (yoki ishchilar gruppasi) uzluksiz bitta
ish о‘rnida bitta buyumni tayyorlash (zagotovka, detal, yig‘ish birligi va xokazolar) bо‘yicha bajaradi.
Sizlar mehnat talimi jarayonida yog‘ochga, metallga, gazlamaga ishlov berish bо‘yicha ayrim
texnologik operatsiyalarni: zagotovkani oldindan rejalash, ishchi chizmalarga qarab turli detallar
tayyorlash, detallardan tayyor buyumlarni yig‘ish kabi ishlarni bajargansiz.
Ishlab chiqarishning qator tarmoqlarida texnologik operatsiyalar о‘tishlarga ajraladi.
О‘tish operatsiyaning qismlarga bо‘linmaydigan va instrumentni (moslamani almashtirmay)
bitta yoki bir nechta ishchi tomonidan ish rejimini о‘zgartirmay bajariladigan tugal qismidir. Masalan,
mashinasozlik korxonasining yig‘uv sexidagi ishchi buyumni yig‘ish jarayonida gaykovert, toretsli
klyuch, о‘lchov instrumentlaridan foydalanadi. Uning barcha ishlari birgalikda slesarlik yig‘uv
texnologik operatsiyasining mazmunini tashkil etadi, ammo gaykovert bilan ishlash - bir о‘tish,
toretsli klyuch bilan ishlash boshqa bir о‘tish, shtangensirkul bilan nazorat о‘lchashlar uchinchi о‘tish
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: