Техник конструкциялаш ва моделлаш


Mahsulot ishlab chiqarishni  nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

3.Mahsulot ishlab chiqarishni  nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi. Har bir 
buyumda  uning  sifatini  kо‘rsatadigan  о‘ziga  xos  xususiyatlari  bо‘ladi.  Masalan,  avtomobil  uchun 
tezlik,  yonilg‘i  sarflash,  yuk  kо‘tarish  va  boshqalar,  gazlama  uchun  pishiqlik,  g‘ijimlanmaslik  va 
hokazolar  ana  shunday  xususiyatlardir.  Chidamlilik,  mustahkamlik,  qulaylik  va  chiroylilik  hamma 
buyumlar uchun umumiy sifat belgilaridir.  
Mahsulot  sifatini  nazorat  qilish  ishlab  chikarishning  har  qanday  tarmog‘idagi  texnologik 
jarayonning eng muhim  va majburiy qismidir.  
Ishlab  chiqarish  mahsulot  sifatini  nazorat  qilishning  majmuaviy  tizimi  joriy  etilgan.  Bu  tizim 
dastlabki  materiallarni  tekshirishda,  kirish  nazoratidan  boshlanadi.  Ana  shu  bosqichda  materiallar  va 
yarim fabrikatlarning texnologik hujjatlarda ifodalangan texnik talablarga muvofiqligi aniqlanadi.  
Mahsulot  sifatini  nazorat  qilishning  majmuaviy  tizimi  asbob  –  uskunalar,  moslamalar, 
uskunalarning texnologik mustahkamligini tekshirishni ham  о‘z ichiga oladi. Texnologik va nazorat–
sinov  asbob–anjomlari,  uskunalar  vaqti–vaqti  bilan,  belgilangan  grafik  asosida  tekshiriladi, 
ta’mirlanadi va eskirganlari almashtiriladi.  
Agar  texnologik  jarayonlar,  buyumlar  sifatini  nazorat  qilish  amalga  oshirilmasa,  sifatli 
materiallar ham, ishonchli texnika ham mahsulotning sifatli bо‘lishini ta’minlay olmaydi.  
Nazorat  qilishning  asosiy  tarkibiy  qismi  buyumning  turli  parametrlarini  о‘lchashdir.  Hozirgi 
zamon  ishlab  chiqarishni  о‘lchashlarsiz  tasavvur  qilish  mumkin  emas.  Masalan,  aviatsiya  dvigatelini 
tayyorlashda 100000 dan ortiq texnologik operatsiyalar bajariladi va ularni deyarli  yarmi   о‘lchashlar 
bilan bog‘liqdir.   
Odatda,  buyum  parametrlarini  о‘lchash  texnologik  jarayonining  tarkibiy  qismi  hisoblanadi. 
Korxonada  yangi  mahsulotni  chiqarishda  texnologlar  uni  qanday  usul  va  asbob  –  uskunalar  bilan 
tayyorlash  haqidagina  emas,  balki  tayyorlanayotgan  buyumning  asosiy  parametrlarini  nazorat  qilish 
haqida  ham  jiddiy  о‘ylaydilar.  О‘lchash  detallarni  tayyorlash  va  buyumlarni  yig‘ish  jarayonini 
muntazam  nazorat  qilishni  ta’minlaydi.  Bunday  nazorat  alohida  detallar  va  umuman  buyumning 
texnologik  hujjatlarda  ifodalangan  barcha  о‘lchamlarini,  talab  qilingan  xarakteristikalarini,  fizik  va 
mexanik xossalarini saqlash uchun nihoyatda zarurdir.  
Detallarni  tayyorlash  jarayonida  kо‘proq  geometrik  о‘lchamlar,  yuzalarning  notekisligi, 
qattiqligi,  shaklining  buzilishi,  о‘zaro  joylashuvi,  materialning  sifati,  xossalari  va  boshqa 


19 
 
parametrlarini  nazorat  qilinadi.  Tayyor  buyumlarning  davlat  standartlarida,  chizmalarda  va  texnik 
sharoitlarda ifodalangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.   
Texnologik  jihatdan  brak  mahsulotga  yо‘l  qо‘ymaydigan  nazorat  sistemasiga  faqatgina 
о‘lchashlar  emas,  balki  taqqoslash,  defektoskopiya  va  sinash  metodlari  ham  kiradi.  Taqqoslashda 
tekshirilayotgan buyum bilan namuna etalonining parametrlari kо‘rish yoki optik vositalar yordamida 
qiyoslanadi.  Defektoskopiya  kо‘z  ilg‘amas  yoriqlarni,  buyum  detallari  ichidagi  g‘ovaklarni, 
ekspluatatsiya  vaqtida  avariyalarga  sabab  bо‘ladigan  nuqsonlarni  aniqlash  imkonini  beradi.  Buning 
uchun nazoratning ultratovushli, rentgenli va boshqa moslamalari qо‘llanadi.   
О‘lchash,  taqqoslash  va  defektoskopiya  metodlari  detallarni  buzmaydi,  shuning  uchun  ularni 
zararsiz  metodlar  deyiladi.  Lekin,  ba’zan  buyum  detallarining  mexanik  va  fizik  parametrlarini 
aniqlash,  ularning  ekspluatatsion  xossalarini  baholash  uchun  sinalayotgan  namunani  buzishga  tо‘g‘ri 
keladi. Nazoratning bunday metodi zararli hisoblanadi. Namunaga mexanik ta’sir kо‘rsatiladi yoki uni 
ekspluatatsiya sharoitida tekshiriladi. Mahsulotning tajriba namunalari albatta sinaladi.  
Buyumlar  va  detallarning  parametrlarini  nazorat  qilishda  turli  nazorat  о‘lchash  vositalari: 
о‘lchash  asboblari  va  priborlardan  foydalaniladi.  Sizlar  ayrim  о‘lchash  instrumentlari  (lineyka, 
shtangensirkul,  mikrometr  va  hokazolar)  bilan  maktab  ustaxonalaridayoq  tanishgansiz.  Kо‘plab 
mahsulot tayyorlanadigan ishlab chiqarishda maxsus nazorat - о‘lchov instrumentlari ham qо‘llaniladi.  
Hozirgi  ishlab  chiqarishdagi  buyumlar  sifatini  nazorat  qilish  sistemasida  elektron  –  hisoblash 
texnikasi  keng  qо‘llanmoqda.  Shuning  uchun  о‘lchashlarda  tegishli  natijalarga  erishish  tezlashdi  va 
о‘lchashlardagi xatolar kamaydi. Avtomatik hamda yarimavtomatik nazorat sistemalari vujudga kelib, 
ular  о‘lchash  uchun  sarflanadigan  vaqtni  qisqartirmoqda  va  nazoratchining  subyektiv  baholashini 
bartaraf qilmoqda.  
Yuqorida kо‘rib chiqilgan nazorat-о‘lchashning majmuaviy tizimi mahsulotning sifatli bо‘lishini 
ta’minlashga qaratilgan. Fan – texnika taraqqiyotini jadallashtirish sharoitida mahsulot sifatini oshirish 
muammosi  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Sifatning  pastligi,  brak  –  kishilar  mehnatiga  hurmatsizlik 
bilan munosabatda bо‘lish va moddiy resurslarni isrof qilishdir.  
Zamonaviy  korxonalarda  (birlashmalarda)  davlat  qabulining  joriy  etilgani  buyumlar  sifatiga 
qо‘yiladigan  talablarning  oshirilishini  taqozo  qildi.  Davlat  qabuli  organlari  faqat  tayyor  buyumlar 
sifatini tekshirish bilan cheklanmay, butun ishlab chiqarish jarayonini  – xom ashyolar, materiallar va 
zagotovkalarni  tashishdan  boshlab  tayyor  mahsulotni  iste’molchilarga  yetkazib  berishgacha  nazorat 
qilmoqda.  Davlat  qabuli  vakillari  har  qanday  texnologik  operatsiyaning  tо‘g‘ri  bajarilishini,  barcha 
texnologik  asbob  –  usukunalar,  jihozlar  va  nazorat  -  о‘lchov  vositalarining  sozligi  hamda 
ishonchililigini  tekshirishlari,  qandaydir  texnik  sharoitlarga  yoki  davlat  standarti  talablariga  rioya 
qilinmayotgan bо‘lsa, mahsulotning chiqarilishini tо‘xtatishlari mumkin. Mahsulotning davlat qabulini 
amalga oshiruvchi xodimlar korxonadagi texnika nazorati bо‘limi vakili bilan birga brakning sababini 
tahlil qiladilar, uni bartaraf etishga yordamlashadilar, hamkorlikda ishlab sifatli buyum va materiallar 
olinishiga erishadilar.  

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish