54. Oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton uchun 100 sutka nimani
bildiradi?
Ushbu muddat konstruksiyani tayyorlangan vaqtdan boshlab
unga loyihadagi yuklar yuklanib bo‘linishi lozim bo‘lgan davr.
Gap shundaki, kirishish va tobtashlash natijasidagi yo‘qotishlar-
ning formulalari mazkur muddatdan kelib chiqib, keltirib chiqa-
rilgan. Agar konstruksiya ertaroq yuklangan bo‘lsa yanada yax-
shiroq bo‘ladi. U holda zo‘riqishning yo‘qotilishi kamroq,
siqilish kuchi ko‘proq, bikrlik va darzbardoshlik ham yuqori
bo‘ladi. Agar konstruksiya omborda 100 sutkadan ko‘p saqlan-
gan bo‘lsa, zo‘riqishning yo‘qotilishi hisobiy qiymatlardan ortib
ketib, uni qayta hisoblashga yoki sinashga, ayrim hollarda kam-
roq yukli joylada ishlatishga to‘g‘ri keladi.
Qayta hisoblash uchun kirishish va uzoq muddatli tob-
tashlash deformatsiyasi natijasidagi yo‘qotishlarning qiymati
ϕ
l
= 4t/(100+3t) ga ko‘paytiriladi. Bu yerda: t – buyumning
amaldagi yoshi, keyin esa o‘zgargan siquvchi kuch bilan bikrlik
va darzbardoshlik tekshiriladi.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |