O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


CHarchashni  rivojlantiruvchi  omillar  va  organizm  funktsiyalarining



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

CHarchashni  rivojlantiruvchi  omillar  va  organizm  funktsiyalarining 
holati 
CHarchashning  kelib  chiqishiga  ta’sir  qiluvchi  asosiy  omil  ish  vaqtida 
afferent  tizimga  tushadigan  jismoniy  va  aqliy  yuklama  hisoblanadi.  CHarchash 
darajasi va yuklamaning kattaligi o’rtasida to’g’ri chiziqli bog’liqlik mavjud, ya’ni 
yuklama  qancha  katta  bo’lsa,  charchash  shuncha  erta  va  kuchli  seziladi. 
CHarchashni  rivojlanishiga  yuklamani  absolyut kattaligidan tashqari uning   statik 
va dinamik ko’rinishdaligi, doimiy yoki davriyligi va jadalligi ham ta’sir ko’rsatadi. 
 
CHarchashni yuzaga kelishida asosiy omildan tashqari qo’shimcha omillarni 
ham hisobga olishi lozim. Ular o’zlari charchashni keltirib chiqarmaydi, asosiy omil 
bilan qo’shilib, charchashni ertaroq va chuqurroq yuzaga kelishiga ta’sir ko’rsatadi. 
           Qo’shimcha omillarga quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 
           - tashqi muhit omillari (harorat, namlik, gazlar tarkibi, atmosfera bosimi va 
boshq.); 
           -mehnat va dam olish tartibining buzilishi bilan bog’liq omillar; 
           -sutkalik moslashgan bioritmlarni o’zgarishi va sensor ta’sirlarni o’chirilishi 
bilan bog’liq omillar; 
           -ijtimoiy  omillar,  yo’naltiruvchi  kuch  jamoadagi  o’zaro  munosabatlar  va 
boshqalar. 


 
CHarchashni sub’ektiv va ob’ektiv belgilari har xil bo’lib, ularning ko’rinishi 
bajarilayotgan  ishning    tavsifiga  va  odamning  psixofiziologik    xususiyatlariga 
bog’liq  bo’ladi.  CHarchashni  sub’ektiv  belgilari  toliqqanlikni  umumiy  va  lokal  
xissiyoti hisoblanadi. Bunda oyoq-qo’llar, bel, bo’yin va orqa muskullarida uyushish 
va  og’riq    yuzaga  kelib  ishni  to’xtatish  yoki  uni    jadalligini  o’zgartirish  xoxishi 
paydo bo’ladi. 
         CHarchashning  ob’ektiv  belgilari  yana  ham  turli-tuman  bo’ladi.  Uning 
xoxlagan  turini  mukammal  o’rganish  natijasida  organizmning  har  qanday 
funktsional  tizimida  nerv,  harakat,  yurak-qon  tomir  tizimlaridan  boshlab,  ish 
faolyaitiga aloqasi yo’qday hisoblangan hazm va ayrish tizimlarida ham o’zgarishlar 
kuzatiladi.  O’zgarishlarni  bunchalik  ko’pligi  organizmni  har  qanday  ta’sirga  bir 
butun javob berishi qonuniyatlarini aks ettiradi. 
           CHarchaganda  markaziy  nerv  tizimining  bosh  miya  yarim  sharlari 
po’stlog’ida markazlaroro o’zoro aloqalarni buzilishi, shartli refleks reaktsiyalarini 
susayishi, pay reflekslarini bir xil emasligi kuzatiladi, o’ta charchashda esa nevroz 
holatlarining rivojlanishini  ko’rish mumkin. 
            Yurak-qon tomir va nafas tizimlarida taxikardiya, arterial bosimi labiligining 
o’zgarishi, 
aniq 
jismoniy 
yuklamaga 
noadekvat 
reaktsiyalar, 
ayrim 
elektrokardiografik  siljishlar  kuzatiladi.  Bundan  tashqari  qonni  kislorod  bilan 
to’yinishi  pastlaydi,  nafas  harakatlari    ko’payadi  va  o’pka  vetilyatsiyasi 
yomonlashib, o’ta charchashda sezilarli kamayadi. 
            CHarchash  vaqtida  qonda  eritrotsitlarni  va  gemoglobin  miqdori  pastlaydi, 
leykotsitlar  miqdori  ortadi,  leykotsitlarni  fagotsitozli  faolligi  biroz  susayadi  va 
trombotsitlarni  miqdori  ozayadi.  O’ta  charchash  vaqtida  ayrim  xollarda  jigarda 
og’riq seziladi va kattalashish yuz beradi. 
           Biroq  bu  o’zgarishlar  bir  vaqtda  va    bir  yo’nalishda  yuzaga  kelmaydi. 
Ularning yuzaga kelishi bir qator qonuniyatlarga bog’liq bo’ladi. Bu qonuniyatlarni 
aniqlash  orqali  charchash  jarayoni  rivojlanishini  aniqlash  va  odamning    holatiga 
to’g’ri  baho  berib,  charchashni  taraqqiy  etishiga  faol  qarshi  kurashish  choralari 
ko’rish mumkin. 
 
Organizmdagi  o’zgarishlar  avvalo  sport  faoliyatini  bevosita  amalga 
oshirayotgan  a’zo  va    tizimlarda  yuzaga  keladi.  Jismoniy  ish  vaqtida  bunday 
tizimlarga muskul tizimi va harakat analizatori kiradi. Bir vaqtning o’zida jismoniy 
ishni  ta’minlovchi  tizimlarda  (nafas,  yurak-qon  tomir,  qon  va  boshq.)  ham 
o’zgarishlar  kuzatiladi.  Ikkinchi  tomondan  shunday  holat  bo’lishi  mumkinki, 
organizmni  asosiy  va  ta’minlovchi  funktsiyalari  ishida  susayish  yuzaga  kelgan 
bo’lishiga qaramasdan sport mehnat qobiliyatchanligi yuqori darajada saqlanadi. Bu 
sportchining axloqiy-irodaviy sifatlar va ishga berilishiga bog’liq bo’ladi. Maxsus 
mashqlarni  bajarishga  bevosita  aloqasi  yo’q  ayrim  tizimlarda  yuzaga  keladigan 
o’zgarishlar charchash jarayoni bilan bog’liq bo’lmasdan, boshqa sabablarga ko’ra 
sodir  bo’lgan  bo’lib,  boshqaruv  yoki  to’ldiruvchi  ahamiyatga  ega  bo’ladi. 
Aytilganlardan  shu  narsa  ayon  bo’lib  turibdiki,  charchashning  taraqqiy  etishida 
markaziy  nerv  tizimi  yetakchi  ahamiyatga  ega  bo’lib,  organizmdagi  barcha  
boshqaruv va moslashuv jarayonlari ish vaqtida markaziy nerv tizimi orqali  o’zaro 
moslashtiriladi.  CHarchash  jarayoni  davomida  yuzaga  kelgan  markaziy  nerv 


tizimining  funktsional  holatidagi  o’zgarishlar,  ikkita  jarayonni:  boshqarilayotgan 
funktsiyalarni  qayta  qurilishi    va  nerv    tuzilmalarning  o’zida  yuzaga  kelgan 
charchash jarayonlarini aks ettiradi.   
 
CHarchashning  rivojlanish  dinamikasida  bir  necha  ketma-ket  yuzaga 
keladigan belgilarni kuzatish mumkin. Birinchisi, jismoniy ish vaqtida charchashni 
yuzaga kelayotganligi ish harakatlarini avtomatik tarzda bajarilishining buzilishida 
ko’rinadi.  Ikkinchisi,  aniqroq  ko’rinadigani  bo’lib  harakatlar  koordinatsiyasining 
buzilishi hisoblanadi. Uchinchi belgilarga vegetativ funktsiyalarni  sezilarli darajada 
zo’riqishiga  qaramasdan,  ish    samaradorligini  pastlashi  va  undan  so’ng  vegetativ 
komponentlarning  ham  buzilishini ko’rsatish mumkin. 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish