O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
“Jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi” fani
bo’yicha
MA’RUZA MASHG’ULOTLARI
Andijon – 2018 y
Mavzu: Jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi fanining maqsad va
vazifalari.
REJA:
1. Harakat to’g’risida asosiy tushuncha.
2. Fanning vazifasi, tarixi, metodlari
3. Jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi fanining fan sifatida
rivojlanishi.
Jismoniy mashqlar fiziologiyasi ham, o’quv ham ilmiy fan hisoblanadi. Bu
fan barcha oliy va o’rta jismoniy madaniyat ta’lim muassalarida, pedagogika
institutlarining jismoniy tarbiya fakulьtetlarida, ayrim universitet va tibbiyot
institutlarida o’rganiladi. Bu fanni o’qitishda ilmiy tadqiqot institutlari,
laboratoriyalar va kafedralarda o’tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlaridan olingan
materiallardan foydalaniladi.
Jismoniy mashqlar fiziologiyasi fani ikki bo’limdan iborat bo’lib, birinchisi
umumiy jismoniy mashqlar fiziologiyasi deb atalib, unda organizmning jismoniy
yuklamalarga adaptatsiyalanishining fiziologik asoslari, uning rezerv imkoniyatlari,
sport faoliyati vaqtida organizmda sodir bo’ladigan funktsional o’zgarishlar,
sportchining jismoniy mehnat qobiliyatchanligi, charchash va qayta tiklanish
jarayonlarining fiziologik asoslari o’rganiladi.
Ikkinchi bo’lim xususiy jismoniy mashqlar fiziologiyasi - jismoniy
mashqlarni turlash, harakat sifatlari va malakalarining shakllanishi va
rivojlanishining qonuniyatlari va mexanizmlari, sportchining jismoniy mehnat
qobiliyatchanligining muhitning alohida sharoitlarida o’zgarishi, bolalar va
ayollarning jismoniy chiniqishining fiziologik xususiyatlari o’rganiladi.
Jismoniy mashqlar fiziologiyasi odam fiziologiyasi kursining maxsus bo’limi
hisoblanib, jismoniy ish va sport faoliyati ta’sirida organizm funktsiyalarining
o’zgarishi va ular boshqaruvining mexanizmlarini samaradorligini oshirish
tadbirlarini belgilaydi.
Tabiiy fanlardan fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlar tabiatda va
jamiyatdagi materiyaning harakatlarini o’rgatadi. Eng oddiy harakatni mexanika
o’rganadi. Harakat – bu materiyaning ko’rinishidir. Fazo, yer, odam va uning
tanasini qismlari, uning xujayralarining molekulalari, atomlari va ularning elementar
qismlari doimiy xarakatda bo’ladi. Tafakkur ham harakatning bir turidir.
Engelьsning aytishicha koinotdagi hamma o’zgarishlar harakat natijasida
hosil bo’ladi, oddiy joy almashinishdan to tafakkurgacha. Ya’ni, harakat deb
filosofik nuqtai nazardan umuman hamma o’zgarishlarga aytiladi. Xar bir murakkab
harakat formasi oddiy harakatlardan tuzilgan.
Odamning harakati – bu dunyodagi eng murakkab xodisalardan bir ularning
murakkabligi faqat xarakat organlarining funktsiyasiga bog’liq emas, bu
harakatlarda yana miyaning faoliyati ham qatnashadi.
Odamning hayotida harakat muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |