O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


 Jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi fanining fan sifatida



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

3. Jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi fanining fan sifatida 
rivojlanishi. 
         Xozirgi  vaqtda  jismoniy  mashqlar  fiziologiyasi    fanining  taraqiy  etishi    eng 
avvalo 
jismoniy 
tarbiya 
institutlarining 
kafedralarida, 
ilmiy 
tadqiqot 


laboratoriyalarida, ko’pchilik universitetlar, pedagogika va tibbiyot institutlarining 
fiziolgiya kafedralarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari orqali 
belgilanadi.  Ular  jismoniy  faoliyatda  ishtirok  etayotgan  organizmni  barcha 
funktsional  tizimlarining  axamiyatini  o’rganish  bilan  birga,  jismoniy  mashqlar 
fiziologiyasi  uchun  muxim  xisoblangan  organizmni  jismoniy  yuklamalarga 
adaptatsiyalanishi,  mexnat  qobiliyatchanligi,  charchashi  va  qayta  tiklanishi, 
funktsional zaxiralari va boshqa ko’rsatkichlarini chuqur  o’rganishmoqda. 
        Sportchilar miyasining funktsional zaxiralarini shakllanishi va ishga solinishi 
xususiyatlarini  ochish  markaziy  nerv  tizmimi  fiziologiyasini  o’rganishni  xozirgi 
vaqtdagi  dolzarb  masalalaridan  xisoblanadi.  Ayrim  maxsus  xarakat  malakalarini 
shakllanishida bosh miya katta yarim sharlari postlog’i va orqa miyada chaqirilgan 
potentsiallarni o’rganishga aloxida etiborni qaratish muxim xisoblanadi. 
      Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’illanish organizmda va xususan yurak-qon 
tomir tizimida ijobiy o’zgarishlarga olib keladi. SHunga qaramasdan kardiologiyasi 
masalalari  to’la  yechilgan  emas.  Sportchining  chiniqish  mashg’ulotlarini  xaddan 
ziyod  ko’pligi,  unga  imkoniyatlaridan  ortiqcha  jismoniy  yuklamalar  berilishi, 
yurakda  patologik  o’zgarishlarni  kelib  chiqishi  extimolligi  borligini  o’rganish 
muxim xisoblanadi.  
      Xar  xil  sport  turlarida  xarakatlarning  tezligi  va  nafas  xarakatlarining  soni 
o’rtasidagi  munosabatlarning  samaraliligini  ko’rsatuvchi  ma’lumotlar  xozirgi 
vaqtgacha  to’liq  o’rganilmagan.  Tashkiy  nafasni  ixtiyoriy  boshqarish  darajasi 
muammoligicha qolmoqda. 
       Oxirgi  yillarda  sport  fiziolgiyasining  yangi  yo’nalishi  sport  genetikasi 
rivojlanmoqda.  Sport  genetikasi turli  fiziologik ko’rsatkichlarni  chiniquvchaligiga 
irsiyatni  ta’sirini  aniqlash  orqali  sportga  tanlab  olishda  organizmni  tug’ma 
individual tipologik xususiyatlari axamiyatini ko’rsatib beradi. 
      Xozir  vaqtda  sportchilarni  funktsional  xolatini  chiniqish  mashg’ulotlari  va 
musobaqa davrida baxolashda ekspress-usullarni  axamiyati tobora ortib bormoqda. 
Jismoniy  mashqlar  fiziologiyasi  uchun  zarur  masalalar  biri  turli  jismoniy 
mashqlarga shakllanayotgan adaptatsiyaning funktsional tizimlarini o’rganish uchun 
ekspress-usullarni yaratish, asoslash va amaliyotga qo’llash xisoblanadi. Bu soxada 
kompyuterlardan foydalanish turli usullar orqali olingan ma’lumotlarni  tezda taxlil 
qilish  va  umumlashtirish  orqali  muxim  axboratlarni  amaliyotga  tadbiq  qilish 
imkoniyatini yaratadi. 
      Odamni  salomatligini  jismoniy  mashqlar  yordamida  mustaxkamlash  va  
organizmni  muxitning  noqulay  omillariga  chidamliligini  ortirishni  fiziologik 
asoslash  masalalari  xozirgacha  to’la  yechilmagan.  Ommaviy  jismoniy  tarbiyada 
qo’laniladigan  jismoniy  yuklamalar  organizmni nospetsifik  chidamliligini  ortirish 
stadiyasiga mos o’zgarishlarni  keltirib chiqarishi kerak. 
      Ommaviy  jismoniy  tarbiyada  jismoniy  mashqlar  bilan  shug’illanishda 
mashg’ulotlar davomida bajariladigan mashqlarning minimal xajmi va davomliligi 
masalasini  xal  qilish  nixoyatda  zarur.  SHundagina  jismoniy  mashqlar  odamlarni 
tashqiy  muxitni  salbiy  omillari  ta’siriga  chidamliligi  ortib  sog’lomlashtiruvchi 
samara  keltirib  chiqaradi,  aqliy  va  jismoniy  mexnat  qobiliyatchanligini  yuqori 
bo’lishini  ta’minlaydi.  Bunday  tadqiqotlar  murakkab  va  katta  xajmdagi  ishni 


bajarishni talab qilishiga qaramasdan ularni albatta amalga oshirish kerak. Jismoniy 
mashqlar bilan shug’illanishning davomliligi va yuklamaning kattaligini belgilashda 
odamlarning  sog’ligi,  jinsi,  yoshi  va  bajaradigan  faoliyatiga  etibor  qaratiladi. 
Takidlash  lozimki  xozirgi    vaqtgacha  tadqiqotchilarning  asosiy  etibori  asosan 
sportga va ayniqsa katta sportga qaratilgan. Ommaviy jismoniy tarbiya masalalari 
chetda qolib, unda yuzaga keladigan funktsional o’zgarishlar va adaptatsion qayta 
qurilishlar kam darajada o’rganilmoqda. 
Jismoniy  tarbiya  va  sportning  amaliyotini  jadallik  bilan  rivojlaninishi  sport 
fiziologiyasini  amaliy  masalalarini  tezlik  bilan  yechilishinitalab  qilmoqda.  SHu 
bilan  birga  shunga  etibor  qaratish  kerakki,  nazariy  muammolar    chuqur 
o’rganilmasa, fundamental tadqiqotlar o’tkazilmasa amaliyot albatta orqada qoladi. 
Biomexanika  -  biologiyaning  eng  qadimiy  qismlarini  kiradi.  Uning 
rivojlanishi  Aristotelь  va  Galen  ishlaridan  boshlanadi.  Aristotelь  birinchi    bo’lib 
“mexanika” terminini kiritgan, u ba’zi bir oddiy moslamalarni harakatini o’rgangan 
va harakatning kelib chiqish sababini o’rganishga uringan. Uning ba’zi bir harakat 
to’g’risidagi  ma’lumotlari  keyinchalik  noto’g’ri  ekanligi  isbot  qilindi  va  tajriba 
orqali inkor qilingan. 
Italiyadagi  Pergamo  shaharidagi  gladiatorlar  maktabidagi  vrach  bo’lib 
ishlagan Galen miyadan muskullar tomoniga impulьslar borishi va ularning ta’sirida 
muskullar qisqarishini isbotlagan. 
Lekin buyuk olim, rassom, injener Leonardo da Vinchi tomonidan bajarilgan 
kashfiyotlari tufayli biomexanika yana bir qadam olg’a surildi. Leonardo da Vinchi 
ayniqsa  odam  tanasini,  uni  harakatini    yurish-turishini,  sakrashlarni  o’rgangan  va 
shu  harakatlar  qanday  qismlardan  tuzilganligi  haqida  ma’lumotlarni  chizma 
ravishda qoldirgan. 
Keyinchalik biomexanika taraqqiyotiga italiyalik naturalisti Djovani Borelli 
katta  ta’sir  ko’rsatgan.  U  organizmni  mashina  sifatida  ko’rgan  va  nafas  olish, 
qonning harakatini mexanika qonunlaridan foydalanib o’rgangan. 
1) Biomexanikaning bunday yo’nalishi mexanik deb aytiladi. 
Harakatni  o’rganishda  fotografiya  yoki  fotosuratni  kashfiyoti  katta 
ahamiyatga ega. 
2) Yo’nalish – funktsional – anatomik –jismoniy mashqlar biomexanikasini 
anatomik tuzilishi, ya’ni organlarni shakl va formasi o’rtasida bog’lanish.  
3) Fiziologik – Sechenov, Pavlov, Vvereneniy, Anoxin ishlariga asoslanadi. 
Xarakatni boshqarish yo’llarini o’rgatadi.  
3. Xarakatni o’rganishda biomexanik usullari.  
Xarakatni o’rganish tabiiy yoki mahsus eksperimentlar yordamida o’tkaziladi. 
O’rganishdan  oldin  kuzatuvchi  o’z  oldiga  ma’lum  bir  maqsad  qo’yib,  kuzatish 
metodikasini  –  yoki  usulini  aniqlaydi.  Keyin  kuzatiladigan  ob’ekt  belgilanadi, 
eksperiment qanday sharoitda va qanday usul bilan o’tkazilishi aniqlanadi.  
Biomexanik 
kuzatishlar 

etapda 
olib 
boriladi. 
1- 
Xarakatni 
xarakteristikalarini registratsiya qilish yo’li bilan; 2- olingan natijani umtidan ishlash 
va 3- biomexanik analiz.  
SHu  etaplarni  har  birini  aloxida  o’rganib  chiqamiz.  1.  Hamma  harakat 
kinematik, dinamik va elektromiografik. Hamma registratsiya usullari 3 gruppaga 


bo’ligadi. 1) Xarakatni kuzatish 2) Xarakat xarakteristikasini yozishva o’lchash 3) 
xarakat yorug’lik yordamida o’lchash.  
Bundan tashqari yana boshqa usullar qo’llaniladi.  
1.  fotokinoregistratsiya 
2.  xronofotogramma  
3.  xronoregistratsiya  -    vaqtni  xorokteristikasini  o’lchash  yo’li.  Bu 
xarakteristikalarga vaqt momenti, xarakat  davomi temp, ritm kiradi. 
4.  Spidografiya – tezlik va tezlanishni o’lchash shagometr yoki pedometr.  
5.  Aktametr – xarakatning intensivligini o’lchash.  
Ko’rib 
chiqilgan 
registratsiya 
turlari 
xarakatning 
kinematik 
xarakteristikalarini registratsiyasiga kiradi.  
II.  Dinamik  xarakteristikasini  aniqlashga  xarakatning  boshlanishi,  davom 
etishi, tamom bo’lishini registratsiyasi kiradi. Bunda sportchining og’irligi, 
muskullarining inertsiya momenti va xokazolar kiradi. 
Og’irlik ( massa) tortish bilan aniqlanadi. 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish