O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


CHarchashni rivojlanishini fiziologik mexanizmi va aniqlash



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

CHarchashni rivojlanishini fiziologik mexanizmi va aniqlash 
 
CHarchash jismoniy mashqlar fiziologiyasi fanining muhim muammolaridan 
biri  bo’lib,  sportchilarni  chiniqish  va  musobaqa    faoliyatini  tibbiy-biologik 
baholashda dolzarb masalasi hisoblanadi. CHarchashning mexanizmlarini va uning 
rivojlanishi  stadiyalarini  bilish  sportchilarning  funktsional  holatlari  va  mehnat 
qobiliyatchanligini to’g’ri baholash va sportda yuqori natijalarga erishish hamda ular 
sog’lig’ini saqlash tadbirlarini  ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga ega.  
Hozirgi vaqtda charchash va uning kelib chiqishini tushuntiruvchi juda ko’p 
nazariyalar  mavjud.  Bu  holat  charchash  mexanizmini  to’la  o’rganilmaganidan 
dalolat  beradi.  Fiziologik  nuqtai  nazardan  charchash  organizmning  funktsional 
holati  hisoblanib,  aqliy  va  jismoniy  ish  natijasida  yuzaga  keladi  va  vaqtinchalik 
mehnat  qobiliyatchanligining  pasayishi,  organizm  funktsiyalarini  o’zgarishi  va 
charchaganlikning  sub’ektiv  xissi  paydo  bo’lishi  bilan  namoyon  bo’ladi. 
Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  charchashning  ikki  turi-aqliy  va  jismoniy 
charchashlar farqlanadi. 
SHunday  qilib  charchashning  asosiy  va  ob’ektiv  belgisi  odamning  mehnat 
qobiliyatchanligi  pasayishi  hisoblanadi.  Biroq  mehnat  qobiliyatchanligining 


pasayishi har doim ham charchashni belgisi hisoblanmaydi. Mehnat qobiliyatchanlik 
boshqa  omillar  ta’sirida  ham  pasayishi  mumkin.  Masalan,  havoning  yuqori 
temperatursi  va  namligi,  kislorod  partsial  bosimining  pastligi  va  boshqalar. 
Boshqacha  aytganda,  o’rtacha    og’irlikdagi  ishni  uzoq  vaqt  davomida  bajarganda 
charchash  jarayoni  sezilarli  darajada  rivojlangan  bo’lishiga  qaramasdan  ish 
samaradorligi  pasayishi  kuzatilmaydi.  SHu  sababli,  mehnat  qobiliyatchanligini 
pasayishi  aniq  jismoniy  va  aqliy  mehnatni  bajarish hisobiga  yuzaga kelgandagina 
charchash  belgisi  hisoblanadi.  CHarchaganda  mehnat  qobiliyatchanlik  vaqtincha 
pasayadi va kundalik tartibga ko’ra  dam olish hisobiga tezda asli holatiga qaytadi. 
CHarchash holati o’zining dinamikasiga ega bo’lib, ish vaqtida kuchayadi va dam 
olish vaqtida kamayadi. CHarchash organizmni tabiiy sog’lom  funktsional  holati 
hisoblanib, mehnat faoliyati davomida yuzaga keladi.  
Ish  davrida  organizm  funktsiyalarini  o’zgarishi  charchashni  baholashning 
yana  bir  muhim  ko’rsatkichi  hisoblanadi.  CHarchashning  rivojlanish  darajasiga 
ko’ra  funktsiyalar  turlicha  o’zgaradi.  CHarchashni  boshlang’ich  stadiyasida 
fiziologik va psixofiziologik ko’rsatkichlarning turg’un emasligi va turli yo’nalishda 
o’zgarishi kuzatiladi, biroq ularning to’lqinlanishi  fiziologik chegaradan chiqmaydi. 
Surunkali  charchash  va  o’ta  charchash  vaqtida  funktsional  o’zgarishlarni  bir 
yo’nalishda ekanligi, funktsiyalarni va bir vaqtning o’zida  odamning ish  faoliyati 
pasayishi ham kuzatiladi.  
CHarchash jarayonining yana bitta ko’rsatkichi uni sub’ektiv xis qilish orqali 
ham  baholanadi.  CHarchaganda  bosh,  qo’l  va  oyoqlarni  og’irlashishi,  umumiy 
kuchsizlanish,  ezilganlik,  o’zini  yomon  xis  qilish,  ishni  bajarishni  qiyinligi  va 
boshqa  belgilar  seziladi.  A.A.Uxtomskiy  fikricha,  charchoqni  sub’ektiv  xis  qilish 
charchashni rivojlanayotganligining belgisi hisoblanib, muhim  amaliy ahamiyatga 
ega.  CHarchoq  bir  vaqtning  o’zida  charchashni  tabiiy  ogoxlatiruvchisi 
hisoblanadi.CHarchoqni xis qilgan odam ishni jadalligini pastlatadi yoki to’xtatadi. 
Bu bilan po’stloq xujayralarining funktsional yemirilishini oldi olinadi va odamni 
mehnat qobiliyatchanligini tez qayta tiklanishiga imkoniyat yaratiladi. 
 
Biroq toliqqanlik xissiyoti har doim ham charchash darajasini belgilamaydi. 
Ijtimoiy ahamiyatga ega qiziqarli ish bilan shug’ullanganda toliqish uzoq  vaqtgacha 
yuzaga kelmaydi.  Aksincha, maqsadsiz, qiziqarsiz ishda toliqish xissi tezda yuzaga 
keladi,  vaxolanki  charchash  jarayoni  umuman  yuzaga  kelmagan  yoki  charchoq 
darajasiga mos kelmaydi. 
 
SHunday  qilib,  charchashning  bitta  belgisi  organizmni  alohida  holati  va 
konkret sharoitdagi faoliyatining axboroti bo’lib xizmat qiladi. SHu sababli har bir 
ish turida charchashni ta’riflashda turli xil ko’rsatkichlardan foydalangan ma’qul. 
 
CHarchashni fiziologik mexanizmlari ochishga yo’naltirilgan ishlar juda ko’p 
ular  asosida    turli  nazariya  va  gipotezalar  yaratilgan.  Ularga  SHiffni  muskullarda 
energiya  resurslari  tugashi,  Pflyugerni  muskularni  almashinuv  mahsulotlari  bilan 
ifloslanishi, Veyhardni muskullarni metabolizm mahsulotlari bilan  zaharlanishi va 
Fervornni  muskullarga  kislorod  yetishmasligi  nazariyalarini  misol  qilib  keltirishi 
mumkin.  Ularning  barchasini  lokal-gumoral  nazariyalar  deb  umumlashtiriladi. 
Ularning har biri, charchash jarayonining bir tomonini ochib beradi xolos. 


 
I.M.Sechenov  tomonidan  taklif  qilingan  va  A.A.Uxtomskiy  tomonidan 
rivojlantirilgan  va  to’ldirilgan    charchashni  markaziy-nerv  nazariyasi  charchash 
kelib chiqishining nerv tizimi xususan bosh miya  yarim sharlari po’stlog’i faoliyati 
bilan  bog’laydi.  Bu  nazariya  bo’yicha  charchash  mexanizmini  bosh  miya  yarim 
sharlari po’stlog’ida asosiy nerv jarayonlari susayishi, ular muvozanatining buzilishi 
va ximoyalanuvchi tormozlanishning rivojlanishi bilan tushuntiriladi.        
 
Hozirgi  vaqtda  o’tkazilgan  elektrofiziologik  va  biokimyoviy  tadqiqotlar 
natijalariga  ko’ra  charchashni  keltirib  chiqaradigan    omil  bitta  a’zo  yoki  tizim  va 
xattoki nerv  tizimi bilan bog’liq emasligi aniqlandi. 
          Muskul  ishi  oragnizmda  ko’p  a’zolarni  faoliyatini  kuchayishi  bilan  bog’liq 
bo’lib, unda adaptatsiyani maxsus funktsional tizimi shakllanishiga olib keladi va 
odamni aniq bir faoliyatini ta’minlaydi. SHu sababli, mehnat qobiliyatchanligining 
pasayishi  nerv  tizimidagi  o’zgarishlargagina  bog’liq  bo’lmasdan,  balki  boshqa 
ishchi  bo’g’imlar  –  skelet  muskullari,  nafas  va  qon  aylanish  a’zolari,  qon  tizimi, 
ichki  sekretsiya  bezlari  va  boshqa  funktsiyalardagi  o’zgarishlarga    ham  bog’liq 
bo’ladi.   
 
SHunday  qilib  hozirgi  zamon  tushunchasiga  ko’ra,  jismoniy  charchash 
birinchidan  ko’pchilik  a’zo  va  tizimlarda  funktsional  o’zgarishlarni  rivojlanishi, 
ikkinchidan  jismoniy  mashqlar  vaqtida    a’zo  va  tizimlar  funktsiyalarini 
yomonlashuvi ular faoliyatini  har xil ketishi bilan tushintiriladi. 
         CHarchash organizm ishlashi natijasida yuzaga keladigan sog’lom fiziologik 
reaktsiya  hisoblanib,  ishlayotgan  odam  bu  reaktsiya  orqali  organizmini  kuchli 
yemirilishi  oldini  oladi,  kasallanishdan  saqlanadi,  ishni  to’xtatish  va  dam  olish 
zarurligini sezadi. 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish