O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Qayta tiklanish jaroyonlariga umumiy tavsifnoma



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Qayta tiklanish jaroyonlariga umumiy tavsifnoma 
Jismoniy ish vaqtida sportchilarning organizmida bir biri bilan bog’liq xolda 
anabolik  va  katabolik  jarayonlar  ketadi,  bunda  dissimilyatsiya    assimilyatsiyadan 
ustunlik  qiladi.  Olimlarninig  fikricha,  organizmda  sodir  bo’lgan  har  qanday 
parchalanish reaktsiyasi organizmda resintez reaktsiyasilarini keltirib chiqaradi va 
tezlatadi,  mehnat  faoliyati  to’xtagandan  keyin  esa  assimilyatsiya    jarayonlari 
kuchayib ketadi. SHu vaqtdan boshlab chiniqish va musobaqa davomida sarflanib 
ketgan  energiya  manbalari  qayta  tiklanadi,  kislorod  qarzi  tugatiladi,  parchalanish 
mahsulotlari chiqarib tashlanadi, neyroendokrin va vegetativ tizimlar normallashadi 
va  gomeostaz  stabillanadi.  SHu  davrda  organizmda  sodir  bo’ladigan  fiziologik, 
biokimyoviy va tuzilmali o’zgarishlar  uni ish holatidan  ishgacha dastlabki holatiga 
qaytishini  ta’minlaydi  va  ularning  barchasi  umumiy  atama  “qayta  tiklanish”  deb 
nomlanadi.  
Qayta  tiklanish  jarayonlarini  I.P.Pavlov  ta’limotidan  kelib  chiqib 
ta’riflaganda,  organizmdagi  sarflanish  va  qayta  tiklanish  jarayonlari  o’zaro  bir 
birlari  bilan  va  markaziy  nerv  sistemasidagi  qo’zg’alish  hamda  tormozlanish 
jarayonlari  bilan  mustahkam  bog’langan  bo’ladi.  Yuqoridagi  fikrlar  tajribada 
to’laligicha  tasdiqlangan,  ishlayotgan  a’zoda  funktsional  imkoniyatlarning 
sarflanishi  va  qayta  tiklanish  jarayonlari  o’rtasida    mustahkam  aloqa  mavjudligi 
aniqlandi.    Ish  vaqtida  energiya  sarflari  qancha  katta    bo’lsa,  qayta  tiklanish 
jarayonlari  ham  shuncha  jadal  ketadi.    Agarda  ish  davomida  funktsional 
imkoniyatlar  sarflanishi  o’zining  optimal  darajasidan  ortib  ketsa,  organizm  to’la 
qayta  tiklanmaydi.  Bu  holatda  jismoniy  yuklama  xujayradagi  assimilyatsiya 
jarayonlarini  yanada  susaytiradi.  Oqibatda  xujayralardagi  yangilanish  va 
parchalanish jarayonlarini o’zaro mos kelmasligi yuzaga kelib, organizmda tuzilmali 
o’zgarishlarni  keltirib  chiqaradi,  funktsiyalar  buzilishiga  va  xattoki  xujayralarni 
shikastlanishiga olib keladi. 
Jismoniy ish tugagandan keyin odam organizmidagi funktsional o’zgarishlar 
ma’lum  vaqtgacha  sport  faoliyati  davridagi  darajada  turadi,  shundan  keyingina 
asosiy  qayta  tiklanish  jarayonlari  boshlanadi  va  bu  jarayonlar  bir  ko’rinishda 
bo’lmaydi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, qayta tiklanish jarayonlarida amalga 
oshadigan  funktsional  va  tuzilmali  qayta  qurishlar  natijasida  organizmning 
funktsional  zahiralari  kengayadi  va  superkompensatsiya  yoki  o’taqayta  tiklanish 
hosil bo’ladi. 
 Organizmdagi  turli  funktsiyalarning  qayta    tiklanishi  jarayonlarini  uchta 
alohida  davrga bo’lish mumkin: 
Birinchi  davrga  bevosita  jismoniy  ish  vaqtida  amalga  oshayotgan  qayta 
tiklanish  reaktsiyalariga    ATF  va  KF  ning  qayta  tiklanishi,  glikogendan 
glyukozaning ajralishi va glyukoza parchalanishidan hosil bo’lgan mahsulotlardan 
uning  qayta  sintezlanishi  kiradi.  Ish  vaqtidagi  qayta  tiklanish  jarayonlari 
organizmning normal funktsional holatini va asosiy gomeostatik konstantalarni talab 
chegarasida ushlab turadi.  
Ish vaqtidagi qayta tiklanish muskul ishining  og’irligiga ko’ra har xil tabiatga 
ega. O’rtacha og’irlikdagi jismoniy ish bajarganda organizmni kislorodga bo’lgan 
extiyoji to’la qondirilganligi sababli ATF ni resintezi aerob yo’l bilan amalga oshadi. 


Bunday  sharoitda  qayta  tiklanish  oksidlanish-qaytarilish  jarayonlarini  optimal 
darajasida ketadi. Bunday holat jadalligi kamroq chiniqish mashg’ulotlarida  va uzoq 
masofaga  yugurishning  ayrim  joylarida,  organizm  haqiqiy  turg’unlik  holatida 
bo’lgandagina  kuzatiladi.  Biroq  harakatlanish  tezlikning  ortishi  va  “o’lik  nuqta” 
holatida aerob resintezga anaerob almashinuv qo’shiladi. 
 ATF  ni  va  KF  ni  ish  vaqtidagi  aralash  resintezi  katta  quvvatli  jismoniy 
mashqlarni  bajarish  vaqtida  kuzatiladi.  Maksimal  va  submaksimal  quvvatli  ishni 
bajarish  davomida  ish  vaqtida  fosfogen  moddalar  resintezining  tezligi bilan qayta 
tiklanish jarayonlarining imkoniyatlari o’rtasida keskin farq vujudga keladi. Bunday 
mos kelmaslik shu turdagi yuklamalarni bajarishda charchashni tez rivojlanishining 
sabablaridan biri hisoblanadi. 
 Ikkinchi  davr  yengil  va  o’rta  og’irlikdagi  jismoniy  ish  tugashi  bilan 
boshlanadi  va  bir  necha  o’n  minut  davomida  qayta  tiklanish  jarayonlari  yuqorida 
keltirilgan  ko’rsatkichlarni  tiklashga  yo’naltiriladi.  Bundan  tashqari  kislorod 
qarzdorligi,  glikogen  miqdori  va  fiziologik,  biokimyoviy  va  psixofiziologik 
konstantalar normal holatga qaytadi. Bu  davrdagi qayta tiklanish asosan kislorod 
qarzini yo’qotishga qaratiladi. Kislorod qarzining alaktat-tez qismi nisbatan tez bir 
necha minut davomida ATF va KF ni resintezi uchun sarflanadi. Kislorod qarzining 
laktat-sekin  davri  sut  kislotasi  oksidlashining  tezligiga  bog’liq  bo’ladi.  Sut 
kislotasining miqdori uzoq davom etadigan og’ir ish vaqtida tinch holatga nisbatan 
20-25 marta ortib ketadi va uni  yo’qotish 1,5-2,0 soat davom etadi. 
Uchinchi  davrdagi  qayta  tiklanish  jarayonlari  uzoq  davom  etadigan  kuchli 
ishdan  keyin  kuzatiladi.  Bunday  ishlarga  marafoncha  yugurish,  uzoq  masofaga 
chang’ida    yurish  va  katta  yo’lda  veloseped  poygalari  kiradi.  Qayta  tiklanish 
jarayonlari  bir  necha  soat    va  hattoki  kungacha  davom  etadi.  SHu  vaqt  ichida 
organizmning  ko’pchilik fiziologik va biokimyoviy ko’rsatkichlari normallashadi, 
moddalar  almashinuvining  keraksiz  mahsulotlari  chiqarib  tashlanadi,  suv-tuz 
balansi,  gormonlar  va  fermentlar  qayta  tiklanadi.  Bu    jarayonlar  chiniqish 
mashg’ulotlari  va  dam  olishni  to’g’ri  tashkil  qilish,  ratsional  ovqatlanish  va 
kompleks tibbiy-biologik, pedagogik va psixologik tadbirlaridan to’g’ri foydalanish 
natijasida tezlashadi. 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish