O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


IV bob. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

 

IV bob. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA 

MULКCHILIК MUNOSABATLARI 

 

1. Iqtisodiy tizim tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi. 



2. Iqtisodiy tizimlar turkumlanishiga turlicha yondashuvlar. 

Iqtisodiy tizim modellari.  

3.  Mulkchilik  munosabatlarining  mohiyati  va  iqtisodiy 

mazmuni. Mulkchilik shakllari. 

4.  O‘zbekistonda  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 

xususiylashtirish maqsadi, yo‘llari va usullari. 

 

1. Iqtisodiy tizim tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi 

   


Tizim  (yunoncha  systema  –  qismlardan  tarkib  topgan,  birlash-

gan)  –  bu  bir-biri  bilan  aloqa  va  munosabatda  joylashgan  hamda 

ma’lum bir yaxlitlikni tashkil qiluvchi tarkiblar yig‘indisidir. 

Jamiyat o‘zining  turli iqtisodiy va  ijtimoiy hayot  sohalari bilan 

murakkab  tizim  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Bular  moddiy,  ijtimoiy, 

siyosiy  va  ma’naviy  sohalardir.  Bu  barcha  sohalar  bir  -  biri  bilan 

funksional bog‘liq, ya’ni ularning birisiz boshqasini tasavvur qilish 

qiyin.  


Shunday  qilib,  tizim  deb  elementlar,  qismlardan  iborat  o‘zaro 

uzviy  bog‘langan,  ma’lum  tartib  asosida  tarkib  topgan  butunlik 

tushuniladi.  Iqtisodiy  aloqalar,  jarayonlar  misoli  zanjir  bo‘lsa,  har 

bir  xo‘jalik  yuritish  subyekti  ana  shu  zanjirning  halqasi  tarzida 

namoyon  bo‘ladi.  Bu  aloqalar,  munosabatlar  xo‘jalik  faoliyati 

yuritayotgan  kishilar  o‘rtasida  yuz  beradi.  Shuning  uchun  ham 

odatda ularni ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar deb yuritiladi. 

 

 



  Hozirgi  dunyo  turli-tuman  iqtisodiy  tizimlar  mavjudligi  bilan 

tavsiflanadi.  Ular  muayyan  tarixiy  davrlarda  vujudga  keladi, 

rivojlanadi,  biri  ikkinchisi  bilan  almashinadi.  Jamiyat  hayotini 

yaxshiroq  tushunish  uchun  uning  tarixiy  taraqqiyot  jarayonini  bir 

butun  holda  ko‘rib,  rivojlanish  bosqichlarini,  tahlil  qilish  katta 

ahamiyatga ega. 




65 

  Iqtisodiy tizim jamiyatdagi turli xo‘jalik yurituvchi subyektlar 

o‘rtasida  iqtisodiy  munosabatlar,  aloqalar,  jarayonlarni  bir  butun 

holda,  muayyan  tarzda  tarkib  topishi  va  tartibga  solinishini 

ifodalaydi. 

  Iqtisodiy  tizim  –  bu  zamon  va  makonda  amal  qilinadigan 

iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik 

yuritish  mexanizmi  va  iqtisodiy  muassasalarning  o‘zaro  uzviy 

bog‘liqlik asosida tarkib topgan yaxlit tuzilmasidir. 

  Iqtisodiy  tizimlarning  tarkibiy  qismlari  bu:  iqtisodiy  muno-

sabatlar,  xo‘jalik  yuritish  shakllari,  texnologiya  va  ishlab  chiqa-

rishning  tabiiy  shart-sharoitlari,  xo‘jalik  yuritish  mexanizlari, 

iqtisodiy muassasalardir. 

  Iqtisodiy  munosabatlar  bizga  oldindan  ma’lum  bo‘lganidek 

kishilar  uchun  zarur  bo‘lgan  hayotiy  ne’matlarni  va  vositalarni 

takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy aloqa 

va munosabatlarni ifodalaydi 

Iqtisodiy  munosabatlarning  ikki  turini  ajratib  ko‘rsatish 

mumkin: 

Tashkiliy  iqtisodiy  munosabatlar  –  ishlab  chiqarish  jarayonini 

tashkil qilish orqali vujudga keladi. U ijtimoiy - iqtisodiy shaklidan 

qat’iy nazar ishlab chiqarishning holatini ifodalaydi. Bunga mehnat 

taqsimoti,  uning  ixtisoslashishi  va  kooperatsiyasi,  ishlab  chiqa-

rishning  to‘planishi  va  uyg‘unlashtirilishi  natijasida  vujudga  kela-

digan munosabatlarni kiritish mumkin. 

Ijtimoiy  -  iqtisodiy  munosabatlar  –  hayotiy  ne’mat  va 

vositalarni  ishlab  chiqarish,  taqsimlash,  ayriboshlash  va  iste’mol 

qilish jarayonida vujudga keladi. 

Xo‘jalik  yuritish  shakllari  iqtisodiy  faoliyatni  har  xil  darajada 

turlicha tashkil qilinishidir.  

Texnologiya bu ishlab chiqarish omillarini uyg‘unlashtirishning 

o‘ziga xos usullaridir. 

Iqtisodiy mexanizm – bu iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi va 

bir-birini  taqozo  etuvchi  vositalar  bo‘lib,  unga  iqtisodiy  stimullar, 

iqtisodiy  faoliyatni  (ishlab  chiqarish,  ayriboshlash  va  iste’molni) 

tashkil etish hamda tartibga solish usullari kiradi. 

Iqtisodiy  munosabatlar  bir  vaqtda  ijtimoiy  -  iqtisodiy  tizim 

bazisi  ham  hisoblanadi.  Uning  ustida  mazkur  iqtisodiy  tizimga  xos 




66 

bo‘lgan  alohida  siyosiy,  huquqiy,  mafkuraviy,  milliy,  axloqiy, 

oilaviy  va  boshqa  ijtimoiy  munosabatlar  hamda  tartibotlarning 

alohida  turlari  vujudga  keladi.  Ularning  barchasi  jamiyatning 

ustqurmasini  tashkil  qiladi.  Кlassik  yondashuvga  ko‘ra  ishlab 

chiqarish  usuli  bilan  jamiyat  ustqurmasi  ijtimoiy  -  iqtisodiy 

formatsiya deyiladi. 

Iqtisodiy  muassasalar  iqtisodiyotni  tartibga  solish  va  davlat 

iqtisodiy siyosatini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi. 

Iqtisodiy  siyosat  –  bu  davlatning  iqtisodiyot,  iqtisodiy  muno-

sabatlar  va  takror  ishlab  chiqarish  jarayonlariga  ta’sir  ko‘rsatishga 

qaratilgan chora-tadbirlari yig‘indisidir. 

Iqtisodiy  tizim  –  bu  iqtisodiy  ne’mat  va  xizmatlarning  ishlab 

chiqaruvchi  va  iste’molchilar  o‘rtasidagi  aloqalarning  alohida 

tartibga  keltirilgan  tizimidir.  Shu  sababli,  barcha  iqtisodiy  tizimlar-

ning umumiy tarkibiy elementlari sifatida mulkchilik munosabatlari, 

xo‘jalik  hayotini  boshqarish  va  tartibga  solish  usullari,  resurslar  va 

iqtisodiy  ne’matlarni  taqsimlash  hamda  narx  shakllanish  tartiblari 

yuzaga chiqadi. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish