93
Tovar deb, biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan
ayriboshlash uchun yaratilgan mahsulotga aytiladi. Boshqacha
aytganda, tovar naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan bozor uchun
ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.
Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishining
qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u boshqa buyumga
ayriboshlana oladigan buyumdir.
Tovarning birinchi xususiyati shundan iboratki, u kishilar uchun
foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi sifatida bevosita yoxud
ishlab chiqarish vositalari sifatida bilvosita kishilarning biron-bir
ehtiyojini qondiradi.
Xo‘sh, tovarning mahsulotdan farqi nimada? Tovar, eng avvalo,
o‘z iste’moli uchun emas, balki boshqalarning iste’moli uchun
bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir.
Har bir tovar ma’lum bir naflilikka ega, lekin u yaratuvchining
o‘z ehtiyojlari emas, balki ayriboshlash orqali boshqa kishilar
ehtiyojini qondiradi. Ayni vaqtda tovarlar boshqa tovarlarga ayri-
boshlanish qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchungina, u o‘zining
yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning shu xususiyati, ayribosh-
lanuvchanligi uning “almashuv qiymati” nomini oladi. Tovarlarni
sotishda ularning narx ko‘rsatkichi almashuv qiymatini yaqqol
ko‘rsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan ko‘plab buyumlar
masalan, buloqdagi suvlar, yovvoyi daraxt mevalari naflilikka ega
bo‘ladi. Lekin ular har doim ham tovar bo‘lavermaydi. Buyumlar
tovar bo‘lishi uchun, u ayriboshlashga mo‘ljallangan, ma’lum
miqdorda iqtisodiy resurs sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan
bo‘lishi zarur.
Tovar narxi va nafliligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni birinchi bo‘lib
ingliz iqtisodchi – olimi U. Jevons (1835-1882) ko‘rsatib bergan.
Uning fikricha, keyingi qo‘shilgan naflilik aynan bozor narxida o‘z
o‘rniga ega bo‘ladi. Naflilik subyektiv tushuncha bo‘lganligi sababli
uni miqdoriy baholash ancha qiyin. Iqtisodiyot nazariyasida
naflilikni aniqlashga ikkita yondashuv qaror topgan:
Кordinalistik yondashuv, naflilikni hisoblashning shartli birligi
“yutil” dan foydalanib, uning miqdorini mutlaq aniq belgilashni
ko‘zda tutadi.
94
Ordinalistik yondashuv, afzal ko‘rish tartibi bo‘yicha bir qator
tovarlarni muayyan ranjirlashga yo‘l qo‘yadi. Iste’molchi tovarlar-
ning tartib bo‘yicha miqdor o‘lchami haqida aniq xulosa chiqara
olmaydi, biroq ularning, bir-biriga nisbatan muhimlik darajasini
aytib bera oladi. Masalan, birinchi tovar ikkinchisidan, ikkinchisi
esa uchinchisidan afzal ko‘riladi va h.k.
Iste’molchi uchun tovar nafliligining ikki turi – umumiy va
keyingi (qo‘shilgan) naflilikdan qaysi biri muhim degan savol
tug‘iladi.
Umumiy naflilik ma’lum vaqt oralig‘ida tovar va xizmatlar yoki
ularning to‘plamini iste’mol qilishdan olingan umumiy qoniqishdir.
Qisqacha aytganda – bu ne’matlarning barcha birligini iste’mol
qilishning umumiy nafliligidir. Umumiy naflilik “TU” bilan
belgilanadi.
Tovarning keyingi (qo‘shilgan) nafliligi iqtisodiy ne’matning
har bir navbatdagi birligi iste’molidan olingan qo‘shimcha naflilik.
Boshqacha aytganda, bu boshqa tovarlar iste’moli o‘zgarmay
qolganda mazkur tovar birligini iste’mol qilish keltirib chiqaradigan
umumiy naflilikning o‘sishidir. Кeyingi naflilikni MU bilan
belgilasak, biror (X) tovarning qo‘shimcha birligi nafliligi
quyidagicha ifodalanadi.
,
x
x
x
TU
MU
Q
bu yerda
ΔTUx – umumiy naflilikning o‘sishi;
ΔQ – iste’mol qilinadigan ne’mat miqdorining ortishi.
Umumiy va keyingi naflilikning bir-biri orqali ifodalash
mumkin. Umumiy naflilik iste’mol qilingan iqtisodiy ne’mat
qo‘shimcha birliklari nafliligi yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.
TUn=MU1+MU2+MU3+…+MUn.
Кeyingi naflilik umumiy naflilikning o‘sishi yoki qo‘shimcha
olingan naflilik.
MUn=TUn – TUn-1.
Biror tovar birligi (porsiya, qismi, kg, dona, va h.k.) ketma -
ketlikda iste’mol qilinganda uning har bir navbatdagisidan kamroq
qoniqish olinadi, chunki mazkur tovarga ehtiyoj sekin - asta
qondiriladi va oxir oqibatda bu qoniqish o‘z chegarasiga yetadi. Shu
95
tariqa, mazkur tovar keyingi nafliligi uning iste’moli ortib borishi
bilan kamayib boradi. Bu keyingi naflilikning pasayib borish qonuni
amal qilishini ko‘rsatadi.
Iste’mol qilinadigan na’mat qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning har bir
yangi birligini iste’mol qilish natijasida olinadigan keyingi naf
shunchalik kam bo‘ladi. Bu qonunni grafik tarzda quyidagicha
ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: