O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


V bob. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

V bob. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI 

 

1. Ijtimoiy xo‘jalik shakllari va ularning rivojlanishi. 

2. Tovar va uning xususiyatlari. 

3. Qiymatning turli xil nazariyalari. 

4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari. 

 

1. Ijtimoiy xo‘jalik shakllari va ularning rivojlanishi 

 

Ijtimoiy  xo‘jalik  –  insoniyat  jamiyati  taraqqiyotining  alohida 



uzoq davrlari davomida ishlab chiqarishning maqsadini ancha to‘liq 

ifodalab  qoladigan,  barqaror  umumiy  belgilariga  ega  bo‘lgan  va 

rivojlanishida  ma’lum  bir  qonuniyatlarga  asoslangan  xo‘jalik 

yuritishning turlaridir. 

Umumiy  iqtisodiy  shakllarning  tarixan  birinchisi  natural  ishlab 

chiqarish  bo‘lgan,  bunda  mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchining  o‘z 

iste’molini  qondirish  uchun,  ichki  xo‘jalik  ehtiyojlari  uchun 

mo‘ljallangan. Natural xo‘jalikning asosiy belgilari bu: 

mehnat taqsimoti yetarlicha rivojlanmaganligi; 

ishlab  chiqarish  biqiq  xarakterga  ega  bo‘lib,  ishlab  chi-

qaruvchilarning o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘ysundirilganligi; 

ishlab  chiqarish  bilan  iste’mol  o‘zaro  mos  kelib,  bevosita 

xo‘jalik ichida bir-biri bilan bog‘langanligi; 

mehnat tor doirada ijtimoiy xarakterga ega bo‘lganligi; 

ishchi kuchining harakatchanligi cheklanganligi. 

Iste’mol ko‘pincha ishlab chiqarishga mos kelgan, ularning bir-

biri  bilan  bog‘lanishi  bevosita  ushbu  xo‘jalikning  o‘zida  ro‘y 

bergan.  Bunday  xo‘jaliklar  ibtidoiy  jamoa  tizimida  hukm  surgan. 

Patriarxal  dehqon  xo‘jaligini  va  feodal  pomestelari  ham  asosan 

natural xo‘jalik bo‘lgan.  

Hozirgi  kunda  ham  yer  yuzining  ayrim  qoloq  hududlarida 

(Urugvay,  Gvineya)  hamda  shaxsiy  yordamchi  va  tomorqa  xo‘ja-

liklarda natural xo‘jalik belgilari saqlanib qolgan. 



90 

Natural  ishlab  chiqarish  ijtimoiy  mehnat  taqsimotining 

rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan. Bunday sharoitda 

biqiq  yoki  o‘z  ehtiyojlarini  o‘zi  qondiradigan  ishlab  chiqarish 

tuzilmalari  paydo  bo‘lgan.  Mehnat  ularning  tor  doirasidagina 

ijtimoiy  xarakterga  ega  bo‘lgan.  Natural  ishlab  chiqarish  shakli 

barcha  iqtisodiy  jarayonlarni  bir  xo‘jalik  doirasida  qat’iy  cheklab 

qo‘yadi,  tashqi  aloqalar  uchun  yo‘l  ochilmaydi.  Natural  xo‘jalik 

shakllarining  xuddi  shu  xususiyatlari  qishloq  xo‘jalik  jamoalari 

ming  yillar  davomida  barqaror  yashovchan  bo‘lib  qolganligining 

«siri»ni ochib beradi. Natural xo‘jalik ishlab chiqarish maqsadlarini 

nihoyat  cheklab  qo‘yadi,  hajm  jihatidan  juda  oz  va  turi  jihatidan 

kam  xil  bo‘lgan  ehtiyojlarini  qondirishga  bo‘ysunadi.  Shuning 

uchun  ham  jamiyat  asta-sekinlik  bilan  tovar  ishlab  chiqarishga 

o‘tadi.  

Tovar  ishlab  chiqarish  natural  xo‘jalikning  rivojlanishi 

natijasida  paydo  bo‘lgan.  Tovar  xo‘jaligi  ibtidoiy  jamoa  tizimi 

ixtisoslashuvi  davrida,  bundan  taxminan  7-8  ming  yil  oldin  qaror 

topa boshlagan.  

Tovar  xo‘jaligida  kishilar  o‘rtasidagi  iqtisodiy  munosabatlar 

buyum  orqali,  ular  mahsullarini  oldi-sotdi  qilish  orqali  namoyon 

bo‘ladi. Tovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan farqi 

shundaki,  bunda  tovar  yoki  xizmat  o‘zining  iste’moli  uchun  emas, 

balki bozorga sotish uchun yaratiladi.  

Natural  xo‘jalikni  siqib  chiqarish  va  tovar  ayriboshlashning 

rivojlanish  jarayoni  mehnat  taqsimotining  chuqurlashuvi,  ishlab 

chiqarishning  ixtisoslashuvi,  xususiy  mulkning  vujudga  kelishi  va 

rivojlanishi asosida individual xo‘jaliklarning tovar ayriboshlashga, 

oldi-sotdiga  o‘tish  yo‘li  bilan  boradi.  Ayrim  turdagi  mahsulotlarni 

ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar 

o‘rtasida  ayriboshlashni  zarur  qilib  qo‘yadi.  Ixtisoslashuv  esa 

mehnat  unumdorligining  oshishiga  olib  keladi,  demak,  tovar  ayri-

boshlash  faqat  zarurgina  emas,  balki  foydali  bo‘lib  boradi.  Ayrim 

turdagi  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashuv,  ularni  turli 

xil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ayriboshlashni zarur qilib qo‘yadi. 

Tovar  ayriboshlashga  tortiladigan  ishlab  chiqaruvchilar  bir-biriga 

tobora ko‘proq bog‘liq bo‘lib qola boshlaydi.  



91 

Tovar  xo‘jaligi  vujudga  kelishi  va  amal  qilinishining  ijtimoiy-

iqtisodiy  asoslari  qanday?  Bu,  birinchidan,  ijtimoiy  mehnat 

taqsimotidir. Bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni 

ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti tarixida 

uchta bosqich ajratiladi: 

1-dehqonchilikdan  chorvachilik  ajralgan,  ular  o‘rtasida  doimiy 

mahsulot ayriboshlash uchun shart - sharoit vujudga kelgan. 

2-dehqonchilikdan  hunarmandchilik  ajralib  tovar  ishlab  chiqa-

rish vujudga kela boshlagan. 

3-ishlab  chiqarishdan  savdo-sotiq  alohidalashgan,  sudxo‘rlar 

qatlami shakllana boshlagan.  

Tovar  ishlab  chiqarish  uchun  mehnat  taqsimoti  zarur,  lekin  u 

yetarlicha to‘liq shart-sharoit hisoblanmaydi. Buning uchun ikkinchi 

shart  –  ishlab  chiqaruvchilarning  mulkdor  sifatida  iqtisodiy 

alohidalashgan bo‘lishi lozim.  

Ishlab  chiqaruvchilar  xususiy  mulk  munosabatlari  tufayli 

iqtisodiy  jihatdan  bir-biridan  muayyan  tarzda  alohidalashib  qoladi, 

bunda ular o‘z mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy 

alohidalik  nima  ishlab  chiqarish,  qanday  ishlab  chiqarish  zarurligi 

va  yaratilgan  mahsulotlarni  kimga  va  qayerga  sotishni  faqat  ishlab 

chiqaruvchining  o‘zi  hal  qilishini  bildiradi.  Xuddi  shu  ikki  holat 

tovar  ishlab  chiqarishni  zarur  qilib  qo‘yadi  va  bozor  vujudga 

kelishining  shart-sharoiti  hisoblanadi.  Mahsulot  tovarga,  ya’ni 

bozorda ayriboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, 

ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. 

Hozirgi  zamon  tovar  xo‘jaligida  ko‘lami  jihatdan  mehnat 

taqsimotining quyidagi turlari farqlangan: 

–  individual  (shaxsning  qandaydir  kasb  yoki  ixtisoslikni 

egallashi); 

–  korxonalar  darajasida  (mehnat  jamoasida  har  xil  ish  turlari, 

operatsiyalarning ajratilishi); 

–  tarmoq  va  ishlab  chiqarish  turlari  ko‘lamida  (masalan, 

elektroenergetika, neft qazib olish, avtomobilsozlik va shu kabilar); 

– mamlakat ko‘lamida (sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqalar); 

–  mamlakat  ichida  hududlar  bo‘yicha  (har  xil  iqtisodiy 

hududlarda qandaydir mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashish); 



92 

– xalqaro (alohida mamlakatlarning qandaydir tovarlarni ishlab 

chiqarishga ixtisoslashuvi). 

 Mehnat  taqsimoti  ishlab  chiqarishning  ixtisoslashuviga  asos-

lanadi. 

Ixtisoslashishning 

predmetli 

(qandaydir 

buyum 

tayyorlanadi),  qismli  (tayyor  mahsulotning  faqat  biror  qismi 



yaratiladi)  va  texnologik  (ishlov  berishning  muayyan  aniq 

operatsiyalari bajariladi) turlari mavjud bo‘ladi. 

Ixtisoslashuv, o‘z navbatida, qiyosiy ustunlik prinsipi bo‘yicha, 

ya’ni  mahsulotni  nisbatan  kam  muqobil  qiymatda  ishlab  chiqarish 

layoqati  bilan  aniqlanadi.  Tovar  xo‘jaligida  ishlab  chiqarish 

jarayonida  o‘zaro  aloqalarning  kuchayishi  natijasida  ishlab  chiqa-

ruvchilarning,  birlashishlari,  ya’ni  mehnat  kooperatsiyasi  ro‘y 

beradi.  Кooperatsiya  –  bu  kishilarning  o‘zaro  bog‘liq  bir  yoki  bir 

nechta mehnat jarayonida birlashishining tashkiliy shaklidir. 

Ishlab  chiqarishning,  rivojlanishi  sharoitida  uning  yiriklashish 

tamoyillari  kuzatiladi.  Bu  ishlab  chiqarishning  konsentratsiyasi 

bo‘lib,  u  korxonalarda  iqtisodiy  resurslarning  to‘planishi,  ya’ni 

resurs ko‘lamining mustahkamlanishini anglatadi. Tovar xo‘jaligida 

ishlab 


chiqarishning 

konsentratsiyasi 

ko‘pincha 

uning 


integratsiyasiga  olib  keladi.  Bu  bir  korxona  doirasida  mahsulotni 

tayyorlash bo‘yicha operatsiyalar barcha siklning to‘planishidir. 

Nihoyat,  tovar  xo‘jaligi  vujudga  kelishining  muhim  shart-

sharoitlaridan  biri  erkin  ayriboshlash  hisoblanadi.  Chunki  ijtimoiy 

mehnat  taqsimoti,  ixtisoslashuv  va  iqtisodiy  alohidalik  erkin 

ayriboshlash  va  xo‘jalik  subyektlari  faoliyatining  eng  samarali 

yo‘nalishini  ko‘rsatib  beradigan  erkin  narxlarning  shakllanishiga 

yordam beradi.  

Shunday qilib, tovar xo‘jaligining belgilari sifatida qo‘yidagilar 

chiqadi:  ijtimoiy  mehnat  taqsimotining  mavjud  bo‘lishi;  ishlab 

chiqaruvchilarning  mulk  egasi  sifatida  bir-biridan  alohidalashuvi; 

mahsulotlarning  bozor  uchun  erkin  ayriboshlash  maqsadida  ishlab 

chiqarilishi. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish