O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

4. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va 

xususiylashtirish maqsadi, yo‘llari va usullari 

 

Bozor  munosabatlariga  o‘tishning  asosiy  sharti  ko‘p  ukladli 



iqtisodiyotni  va  raqobatlashuvchi  muhitni  shakllantirish  uchun 

shart-sharoitini 

vujudga 

keltirishdan 

iborat. 

Shu 


sababli, 

respublikamiz  Birinchi  Prezidenti  I.A.  Кarimov  mulkchilik 

masalasini  hal  qilishni  «Bozorni  vujudga  keltirishga  qaratilgan 

butun  tadbirlar  tizimining  tamal  toshi  bo‘lib  xizmat  qiladi»

16

  deb 


alohida ta’kidlab ko‘rsatgan edi.  

Bozor  iqtisodiyotini  vujudga  keltirish  vazifasi  o‘tish  davrida 

mulkchilikda  davlat  sektorining  salmog‘i  ancha  yuqori  bo‘lgan 

                                                           

15

  Ўзбекистон  Республикаси  Биринчи  Президентининг  1994-йил    21-январдаги  Фармонининг  3-



банди.  

16

 И.А.Каримов Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т-3. -Т: «Ўзбекистон», 1996. 202 бет. 




81 

mamlakatlarda  bu  mulkning  ma’lum  qismini  davlat  tasarrufidan 

chiqarish  va  xususiylashtirishni  taqozo  qiladi.  Mulkni  davlat 

tasarrufidan  chiqarish  xususiylashtirishga  qaraganda  ancha  keng 

tushuncha.  Xususiylashtirish  davlat  mulkiga  egalik  huquqining 

davlatdan  xususiy  shaxslarga  o‘tishidir.  Mulkni  davlat  tasarrufidan 

chiqarish  xususiylashtirishdan  tashqari,  bu  mulk  hisobidan  boshqa 

nodavlat  mulk  shakllarining  vujudga  keltirishni  ham  ko‘zda  tutadi. 

U  bir  qator  yo‘llar  bilan  amalga  oshiriladi:  davlat  korxonalarini 

hissadorlik  jamiyatiga  aylantirish,  davlat  korxonasini  sotib,  uni 

jamoa  mulkiga  aylantirish;  mulkni  qiymatiga  qarab  chiqarilgan 

cheklar  (vaucher)  bo‘yicha  fuqarolarga  bepul  berish;  mulkni  ayrim 

tadbirkor 

va 


ish 

boshqaruvchilarga 

sotish; 

ayrim 


davlat 

korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga 

berish;  davlat  mol-mulkini  auksionlarda  kim  oshdi  savdosi  orqali 

sotish va h.k. 

Bu  yo‘llardan  qaysi  birini 

tanlash  undan  kutilgan  maq-

sadga  bog‘liq.  Masalan,  Ros-

siyada Davlat mulkini vaucher 

orqali  bepul  taqsimlash  usuli 

qo‘llanildi.  Bundan  ommaviy 

xususiylashtirishdan  ko‘zlan-

gan  maqsad  qisqa  muddat 

ichida  cheklar  bozorini  joriy 

etish  hisobiga  mulkdorlarning 

g‘oyat  keng  qatlamini  vujudga  keltirishdan  iborat  edi.  Agar 

tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab 

olingan  ozchilik  o‘rtasida  o‘tkaziladi.  Agar  xususiylashtirish 

chetdan kapitalning kirib kelishiga yo‘l ochishi zarur bo‘lsa, davlat 

mulkini  xorijiy  tadbirkorlarga  berish  shaklida  amalga  oshiriladi. 

Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarishda  ayrim  usullardan  foydala-

nishni  rad  etmaydi,  aksincha,  ularni  ham  qo‘llash  zarurligini 

bildiradi.  Masalan,  korxona  jamoasiga  ustunlik  berilib,  davlat 

mulkini  aksiyalashtirish,  bu  aksiyalarni  sotib  olishda  shu  jamoadan 

tashqari  kishilar  va  chet  el  kapitalining  ishtirok  etishi  ham  o‘z 

o‘rniga  ega  bo‘lishi  mumkin.  Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish 

sharoitga  qarab  pulli,  pulsiz  yoki  imtiyozli  tarzda  o‘tkaziladi.  O‘z 




82 

shakli  va  usulidan  qat’i  nazar  bu  tadbir  xilma-xil  mulkchilik 

shakllarini  vujudga  keltirishni  ta’minlaydi,  chunki  davlat  mulki 

hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi. 

Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 

mulkchilikning  rivojlanishiga  to‘sqinlik  qilayotgan  davlatning  mo-

nopol  hukmronligiga  chek  qo‘yib,  jamiyatda  faollik  ko‘rsatayotgan 

erkin  tadbirkorlik  tashabbusiga  keng  yo‘l  va  imkoniyatlar  ochib 

berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotni davlat mulk-

chiligidan  qaytish  yo‘llaridandir.  Xususiylashtirish  davlat  mulkini 

ma’lum darajada haqiqiy egalari – fuqarolarga berish demakdir.  

Xususiylashtirish  natijasida  aholi  orasida  ijtimoiy  jihatdan 

tabaqalanish  yuz  beradi  va  kishilarning  bajargan  ishiga  qarab 

oladigan haqi turlicha bo‘lib, aholining daromadlari darajasida ham 

farqlanish  ortib  boradi.  Кishilar  turli  sohalarda,  masalan  biznesda 

har xil shakllardagi mulkka ega bo‘lib, aksiya sotib olish va korxona 

mulkida o‘z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar. 

Xususiylashtirish  orqali  korxonalar  davlat  tasarrufidan  chi-

qarilib, ma’lum jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini 

bozorning raqobat qonunlari asosida tashkil etadi.  

Xususiylashtirishning  rivojlanishini  ta’minlaydigan  muhim 

omillardan  biri  –  bu  ishlab  chiqaruvchilar  hamda  tadbirkorlarning 

tashabbusi,  ularning  ishlab  chiqarishdagi  faolligi  hamda  ishbilar-

monligidir. 

Davlat  mulkini  xususiylashtirish  siyosati  mamlakatning  o‘ziga 

xos  xususiyatlarini,  mahalliy  va  milliy  sharoitlarni,  urf-odatlarni 

hisobga olgan holda olib borilishini ko‘zda tutadi. 

Davlat mulkchiligidan qaytishning muhim yo‘nalishlari bu ijara 

va  aksionerlik  munosabatlarini  rivojlantirish  hisoblanadi.  Bu 

jarayon  ma’lum  talablarga  rioya  qilingan  holda  olib  borilishi  u 

mehnat  jamoalarining  iqtisodiy  manfaatiga,  davlat  manfaatlariga 

putur  yetkazmasligi,  shu  bilan  birga  iste’molchilar  manfaatlariga 

ham zid bo‘lmasligi zarur. 

O‘zbekistonda  iqtisodiy  islohotlarning  birinchi  bosqichidayoq 

mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion 

tarzda  e’tirof  etildi  va  davlat  mulki  monopolizmini  tugatish  hamda 

bu  mulkni  xususiylashtirish  hisobiga  ko‘p ukladli  iqtisodiyotni  real 

shakllantirish  vazifasi  qo‘yildi.  Avvalo  mulkchilikning  turli  xil 




83 

shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy me’yorlar va amal qilish 

mexanizmlari yaratildi

17



O‘zbekistonda  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 

xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar 

asosida  bosqichma-bosqich  amalga  oshirishdan  iborat.  1992–1993-

yillar  xususiylashtirishning  birinchi  bosqichini  o‘z  ichiga  olib,  bu 

bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, 

mahalliy  sanoat,  xizmat  ko‘rsatish  korxonalarini  hamda  qishloq 

xo‘jalik  mahsulotlarini  qayta  ishlash  tizimini  qamrab  oldi.  Yengil, 

mahalliy  sanoatga,  transport  va  qurilishga,  boshqa  tarmoqlarga 

qarashli  ayrim  o‘rta  va  yirik  korxonalar  keyinchalik  sotib  olinish 

huquqi  bilan  ko‘proq  ijara  korxonalariga,  jamoa  korxonalariga, 

yopiq  turdagi  aksionerlik  jamiyatlariga  aylantirildi.  Aksiyalarning 

nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. 

Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiyotning 

samarasiz 

bo‘lgan, 

biroq 


butun 

mamlakatning 

iqtisodiy 

taraqqiyotida 

muhim 

rol 


o‘ynaydigan  ayrim  sektorlarini, 

korxonalarni saqlab turishni va mablag‘ bilan ta’minlash vazifalarini 

o‘z zimmasiga oldi. 

Iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishning  birinchi  bosqichi 

natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini 

boshqarish  va  uni  mulkchilikning  boshqa  shakllariga  aylantirish 

uchun kerak bo‘lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. 

Savdo,  aholiga  maishiy  xizmat  ko‘rsatish,  mahalliy  sanoat 

korxonalari  xususiy  va  jamoa  mulki  qilib  berildi.  Uy  joylarni 

xususiylashtirish  jarayonida  ilgari  davlat  ixtiyorida  bo‘lgan  bir 

milliondan  ortiq  kvartira  yoki  davlat  uy-joy  fondining  95  foizdan 

ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi. 

Davlat  ijtimoiy  dasturida  belgilab  berilgan  ikkinchi  bosqich 

1994–1995-yillarga  to‘g‘ri  keldi.  Bu  bosqichda  ko‘plab  o‘rta  va 

yirik  korxonalar  aksiyadorlik  jamiyatlariga  aylantirildi  hamda 

ularning aksiyalari respublika qimmatli qog‘ozlar bozorining asosini 

tashkil  etdi.  Davlat  mulkining  hissadorlikka  aylantirilishi  bilan  bir 

qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg‘in tashkil qilindi. 

                                                           

17

  Iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  chora-tadbirlari  (1994  y.  21-yanvar)  va  mulkni  davlat 



tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  jarayonini  yanada  rivojlantirishning  ustuvor  yo‘nalishlari 

to‘g‘risidagi (1994 yil 16-mart) farmonlar.  

 



84 

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu 

bosqichida ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, 

davlat  mulkini  tanlov  asosida  hamda  kim  oshdi  savdosida  sotish 

amaliyotga  joriy  qilindi.  Кo‘chmas  mulk  va  qimmatli  qog‘ozlar 

bozorining yangi muassasalari barpo etildi. 

Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishdan 

keladigan  samara  ikki  yoqlama  xarakterga  ega.  Bir  tomondan,  u 

aholining  bo‘sh  turgan  mablag‘larini  o‘ziga  jalb  qilib,  ularning 

bozorga 


tazyiqini 

pasaytiradi. 

Ikkinchi 

tomondan, 

yangi 

mablag‘larni  ishlab  chiqarishga  jalb  etish  va  tovar  ishlab 



chiqaruvchilar  o‘rtasida  raqobatni  yuzaga  keltirish  uchun  sharoit 

yaratadi.  Bu  yerda  shuni  ta’kidlash  lozimki,  xususiylashtirish 

iqtisodiyotning 

davlatga 

qarashli 

bo‘lmagan 

sektorini 

shakllantirishning  yagona  yo‘li  emas.  Tashabbuskorlik  asosida 

yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli 

xil  kooperativlar,  shirkatlar,  mas’uliyati  cheklangan  jamiyatlar 

ko‘rinishidagi  kichik  va  o‘rta  korxonalarni  tashkil  qilish  –  ikkinchi 

qudratli jarayon hisoblanadi. 

Respublika  iqtisodiyoti  1996-yildan  boshlab  mulkni  davlat 

tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishning  uchinchi  bosqichiga 

kirdi.  Bu  bosqich  yakunlovchi  xarakterga  ega  bo‘lib,  bu  davrda 

xususiylashtirilmaydigan  obyektlar  ro‘yxatiga  kirmagan  barcha 

obyekt va korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. 

Respublikada  xususiylashtirishning  manzilli  yo‘naltirilganligi 

uning  navbatdagi  xususiyatidir.  Bu  aholining  barcha  qatlamlariga 

mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashish imkonini beradi. 

Xususiylashtirishning  manzilli  yo‘naltirilganligi  uy-joylarning  o‘z 

egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko‘proq muhtoj 

va zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning turli xil dasturlari budjet 

mablag‘lari  hisobiga  qoplanishida,  qishloq  aholisi  o‘z  yordamchi 

xo‘jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi. 

O‘zbekistonda  xususiylashtirishning  to‘lovliligi  uning  navbat-

dagi  muhim  xususiyatidir.  Pulni  to‘lash  orqali  davlat  tasarrufidagi 

korxona va obyektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash 

bilan  bog‘liq  salbiy  holatlar  bartaraf  etilishi  bilan  birga  qator 

muammolarni  hal  qilish  imkoniyati  yaratiladi.  Bulardan  asosiysi 

avvalo,  tadbirkorlikni,  xususiylashtirilgan  korxonalarni  davlat 



85 

tomonidan  qo‘llab-quvvatlashning  moliyaviy  manbalari  paydo 

bo‘ladi, bozor infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga 

keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro‘yobga chiqarish 

uchun mablag‘lar jamlanadi. 

Davlat  mol-mulkini  yangi  mulkdorlarga  sotish  yo‘li  orqali 

ularning mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga 

xususiylashtirishdan  olinadigan  mablag‘lar  shu  korxonaning  o‘zini 

qo‘llab-quvvatlashga,  yangi  raqobatlashuvchi  korxonalar  barpo 

etishga ham sarflanadi. 

Navbatdagi  muhim  xususiyat  –  respublikada  mulkni  davlat 

tasarrufidan  chiqarish  chog‘ida  aholi  uchun  kuchli  ijtimoiy 

kafolatlar  yaratildi  va  ta’minlandi

18

.  Ijtimoiy  kafolatlar  bir  butun 



imtiyozlar  tizimi  orqali  yaratildi.  Bular  xususiylashtirilayotgan 

korxona  mehnat  jamoasiga  aksiyalarni  imtiyozli  shartlar  bilan 

sotish,  yangi  mulkdorga  eskirgan  asosiy  fondlar  hamda  ijtimoiy 

infrastruktura  obyektlarini  bepul  topshirish,  davlat  korxonalarining 

mol-mulki,  fermalar,  bog‘lar  va  shu  kabilarni  imtiyozli  shartlar 

asosida  xususiylashtirish  hamda  soliq  to‘lashda  ayrim  imtiyozlar 

berish kabilardir. 

  Respublikada  davlat  mulkini  xususiylashtirishning  o‘ziga  xos 

boshqa  jihatlari  Respublika  Birinchi  Prezidenti  I.A.  Кarimov 

tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning 

asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar: 

a)  davlat  mulkini  xususiylashtirish  respublikada  amalga 

oshirilayotgan  islohotlarning  ichki  mantiqiga  bo‘ysundiriladi  va 

ularning asosini tashkil qiladi; 

b) mulkni  xususiylashtirish  jarayoni  davlat  tomonidan  bosh-

qariladi; 

d)  xususiylashtirishni  huquqiy-me’yoriy  jihatdan  ta’minlashda 

qonunlarga rioya etiladi. 

Respublikamizda 

xususiylashtirish 

jarayonining 

hozirgi 


bosqichdagi  yo‘nalishlari  islohotlarni  chuqurlashtirish  talablaridan 

kelib chiqib belgilanadi. Bu avvalo, kichik va o‘rta biznesni, xususiy 

tadbirkorlikni  rag‘batlantirishga  qaratilishi  zarur.  Кichik  va  o‘rta 

biznes,  xususiy  tadbirkorlik  mamlakatning  nafaqat  yalpi  ichki 

                                                           

18

  И.А.Каримов  Ўзбекистон,  иқтисодий  ислоҳотларни  чуқурлаштириш  йўлида.-Т.:  «Ўзбекистон», 



1995. 51 бет.  


86 

mahsulotini  shakllantirishda  asosiy  bo‘g‘in,  balki  aholi  bandligi  va 

daromadlari  manbaining,  milliy  farovonlikka  erishishining  muhim 

omili ham bo‘lishi darkor

19



Hozirgi davrda xususiylashtirishdagi an’anaviy yo‘nalish davlat 



ro‘yxatiga kirmagan korxona va obyektlarni bu jarayonga jalb qilish 

ham  o‘z  o‘rniga  ega  bo‘lib  qolaveradi.  Yopiq  turdagi  aksionerlik 

jamiyatlarini  keng  aholi  qatlami,  shu  jumladan  chet  el  kapitali 

ishtirokini  ta’minlaydigan  ochiq  turdagi  jamiyatlarga  aylantirish 

xususiylashtirishdagi navbatdagi yo‘nalishdir. 

Respublikamizda  xususiylashtirish  bo‘yicha  qo‘yilgan  vazifa, 

davlat  sektori  bozor  sharoitida  ham  sezilarli  rol  o‘ynashini  inkor 

qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi 

kerak  bo‘lgan  sohalar  ham  mavjud.  Bunday  korxonalar  uchun 

ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan 

xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish