O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


-chizma. Ijtimoy-iqtisodiy formatsiya



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

4.1-chizma. Ijtimoy-iqtisodiy formatsiya. 

 

O‘tgan  asrning  60-yillarida  klassik  ta’limotdan  tubdan  farq 



qiladigan,  sivilizatsion  yondashuv  nazariyasi  paydo  bo‘ldi.  Bu 

nazariyaga    amerikalik  iqtisodchi  Uolter  Rostou  asos  soldi.  (1960- 

yilda  nashr  qilingan  «Iqtisodiy  o‘sish  bosqichlari»  kitobida)  U 

jamiyat taraqqiyotini 5 bosqichga bo‘ladi. Ular quyidagilar: 



An’anaviy (traditsion) jamiyat. Bu jamiyat qishloq xo‘jaligi us-

tuvorligi, yirik yer egalari hukmronligi, mehnat qurollarining oddiy, 

primitivligi,  mehnat  unumdorligining  pastligi  bilan  tavsiflanadi. 

Shuning uchun unda jamg‘arish ham bo‘lmaydi. 



O‘tkinchi  jamiyat.  Bu  bosqich  markazlashgan  davlatning  vu-

judga  kelishi,  ijtimoiy  mehnat  taqsimotining  chuqurlashuvi,  hunar-

mandchilik  hamda  tadbirkorlikning  vujudga  kelishi  bilan  tavsif-

lanadi. Jamg‘arish boshlanadi, u o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. 

Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya 

Ishlab chiqarish usuli (bazis) 

Ustqurma (dаvlat) 

Ishlab chiqarish kuchlari 

ij

ti

m



o

iy

-si



y

o

si



y

 

g‘о



y

alar


 (

siy


o

si

y



h

u



q

u

q



iy

d



in

iy



il

m

iy



 v

а 

h.



k

.)

 



m

u

n



o

sa

b



atl

 

M



оs

 r

аv



is

h

d



а 

tash


k

ilo


t, 

id

o



ra

 

v



а 

m

u



ass

asalar


 

 

T



aq

sim


o

t m


u

n

o



sab

atlar


Ay

ir



b

o

sh



lash

 m

u



n

o

sab



atlar

Is



te’

m

ol m



un

os

ab



atlar

Ishchi kuchi 



(malaka, 

ish tajribasigа 

egа kishilar) 

Ishlab chiqarish vositalari 

Mehnat 

vositalari 

vоситалари 

 

Mehnat ashyolari 



T

ib

b



iy

 ash


y

o

 



Xo

m

ash



y

o

 



Me

h

n



atn

in

g



 u

m

u



m

iy

 



v

o

sitalar



Me

h



n

at 


q

u

ro



llar

Is



h

lab


 ch

iq

ar



is

h

 v



o

sitalar


ig

m



u

lk

ch



ilik

 

m



u

n

o



sab

atlar


 

Ishlab chiqarish munosabatlari 



Is

h

lab



 ch

iq

ar



is

h

 jar



ay

o

n



id

y



u

za

g



k

elad



ig

an

 



m

u

n



o

sab


atlar

 

 




68 

Industrial  jamiyatga  o‘tish.  Bu  davrda  mehnat  qurollarining 

takomillashuvi,  sanoatda  inqilob  (to‘ntarish)  yuz  beradi.  Uning 

natijasida 

mehnat 

unumdorligi 

o‘sadi. 

Ishlab 


chiqarish 

infratuzilmasi shakllanadi, rivojlana boshlaydi. Qo‘l mehnati o‘rniga 

mashinalar  keladi.  Jamg‘arish  kam  bo‘lsa  ham  avvalgiga  nisbatan 

o‘sib boradi.  



 Industrial  jamiyat.  Bu  bosqichda  yirik  mashinalashgan 

industriya  vujudga  keladi.  Fan-texnika  taraqqiyoti  jadal  boradi. 

Yirik  sanoat,  ayniqsa  og‘ir  industriya  rivojlanadi.  Sanoat 

iqtisodiyotning  yetakchi  sohasiga  aylanadi.  Urbanizatsiya  (shahar 

aholisining ko‘payishi) ro‘y beradi. Jamg‘arish jadal boradi, keyingi 

bosqich uchun asos yaratiladi. 



Ommaviy  iste’mol  jamiyati.  Bu  bosqichda  ommaviy  iste’mol 

tovarlari  ishlab  chiqarish  ustuvor  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Aholiga 

xizmat 

ko‘rsatish 

sohalari 

rivojlanadi. 

Uzoq 

muddat 


foydalaniladigan  iste’mol  tovarlarini  ishlab  chiqarish  yetakchi 

o‘ringa  chiqadi.  Mamlakatning  ishlab  chiqarish  salohiyati  iste’mol 

uchun ishlaydi. Bu konsepsiyada rivojlanish asosini ishlab chiqarish 

kuchlarining rivojlanishi tashkil etadi. 

Ijtimoiy-iqtisodiy 

tizimlarni 

tasniflashga 

hozirgi 


zamon 

yondashuvda ikkita belgi asos qilib olinadi: 

Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning hukmron shakli. 

Iqtisodiyotni  boshqarish va uyg‘unlashtirish mexanizmi. 

Shu  asosda  bozor,  buyruqli,  aralash  va  an’anaviy  iqtisodiy 

tizimlar ajratiladi. 

Mulkning  tarkibi  jihatidan  ijtimoiy-iqtisodiy  tizimlar  ikkita: 

monostrukturali  hamda  polistrukturali  tizimlarga  ajratiladi.  Bunday 

yondashuvda  ijtimoiy-iqtisodiy  tizimlarga  bir  mulk  shaklining 

hukmron  bo‘lishi  yoki  mulk  shakllarining  xilma-xilligi  nuqtayi 

nazaridan qaraladi. 

Monostrukturali,  ya’ni  bir  mulk  shakli  hukmron  bo‘lgan  tizim 

mulkiy monopoliyaga asoslanadi. Bu hukmronlik xususiy mulk yoki 

davlat  mulkining  hukmronligi  bilan  ajralib  turadi.  Yakka  mulk 

monopoliyasiga  tayangan  iqtisod  monotizim  yoki  monoiqtisod 

hisoblanadi.  Qadimiy  Sharqda  u  davlat  mulkiga  asoslangan 

«osiyocha  ishlab  chiqarish  usuli»  bo‘lib,  ishlab  chiqarish  omillari 



69 

davlat  qo‘lida  to‘plangan.  Yer,  suv,  har  xil  inshootlar,  hatto  ish 

kuchi ham davlatniki bo‘lgan.  

G‘arbda  esa  monoiqtisodiyot  asosan  xususiy  mulk  mono-

poliyasiga tayangan. U qadimgi dunyo va o‘rta asrlarda quldorlar va 

feodallarning  mulkiy  hukmronligi  va  ishlab  chiqaruvchilarning  

tobeligi tarzida namoyon bo‘lgan.  

Кlassik  kapitalizmda  ulardan  farqli  ravishda,  ishlab  chiqarish 

vositalariga  xususiy  mulkchilik  sharoitida  ishlab  chiqaruvchilar 

shaxsan  qaram  bo‘lmagan.  Lekin  ular  mulkdan  mahrum  etilgan 

holda  tirikchilik  qilish  uchun  mulk  egalari  qo‘ygan  shartga  rozi 

bo‘lib ishlashga majbur bo‘lgan. 

Кlassik kapitalizmning o‘ziga xos belgisi bu mulkning xususiy 

kapitalistik  mulk  shakliga  kirishidir.  Кlassik  kapitalizm  XVIII 

asrning  oxiridan  XX  asr  ikkinchi  yarmigacha  davom  etib,  o‘zidan 

avvalgi  quldorlik  va  feodalizmdan  muhim  afzalligi  –  mehnat 

unumdorligini  oshirish  layoqati  bilan  ajralib  turadi.  Uning  tarixiy 

o‘rni shundaki, bu tizim industrial ishlab chiqarishga asos yaratadi. 

Monoiqtisodiyotning  o‘ziga  xos  shakli  davlat  mulk  mono-

poliyasiga  asoslangan  tarixda  “sotsialistik”  jamiyat  deb  nom  olgan 

iqtisodiy  tizimdir.  U  davlatning  iqtisodiyot  ustidan  qattiq  nazorat 

o‘rnatishga  asoslangan.  Ishlab  chiqarish  vositalari,  barcha  jamiyat 

a’zolariniki  deb,  e’lon  qilingan  bo‘lsa-da,  mulkni  tasarruf  qilish 

davlat  qo‘lida  bo‘lgan.  Iqtisodiy  faoliyat  davlat  tomonidan 

markazdan turib  rejalashtirilgan va boshqarilgan. Davlat belgilagan 

reja quyi bo‘g‘inlar, korxonalar uchun majburiy bo‘lib, uni bajarish 

shart  bo‘lgan.  Davlat  narx-navo  ustidan  qattiq  nazorat  o‘rnatgan. 

Narx  davlat  tomonidan  belgilangan.  Yaratilgan  mahsulot,  olingan 

daromadlar  ham  davlat  belgilagan  qattiq  tartib  asosida  taqsim-

langan. Mazkur tizimda davlat mulkidan tashqari jamoa mulki ham 

mavjud bo‘lsa-da, u ham amalda davlatlashtirilgan.  

Aholi 


daromadlari 

past 


bo‘lsa-da, 

shaxsiy 


mol-mulk 

cheklangan,  uni  daromad  olish  yo‘lida  ishlatish  man  qilingan. 

Bunday  iqtisodiy  tizim  “totalitar”,  “rejali  iqtisodiy  tizim”  deb  ham 

yuritilgan.  

Bu  monotizimning  o‘ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki, 

hamma  resurslarni  davlat  qo‘lida  to‘plash,  ularning  katta  qismini 

jamg‘arish  imkonini  bergan.  Ma’muriy  yo‘l  bilan  yaratilgan  milliy 



70 

daromadning  asosiy  qismi  davlat  tasarrufiga  olinib,  jamg‘arish 

jadallashtirilgan. Bunda kapitalistik monotizmi hal qilib ulgurmagan 

jamg‘arish muammosini totalitar sotsialistik tizim bajargan. Shuning 

uchun  bu  tizim  nisbatan  iqtisodiyotda  agrar  ishlab  chiqarish  ustun, 

industrlashtirishda  orqada  qolgan  mamlakatlarda  o‘rnatilganligi 

bejiz emas. 

Кeyingi  rivojlanish  bosqichida  monoiqtisod  o‘rniga  poliiqtisod 

keladi.  Polistrukturali  tizim  asosini  turli  -  tuman  mulkchilik  va 

ayrim  mulk  shaklining  ustuvorligini  inkor  qilish  tashkil  etadi. 

Bunday  tizimda  mulkiy  muvozanat  hosil  bo‘ladi  hamda  hamma 

mulk  shakllarining  rivojlanishi  uchun  bir  xil  sharoit  yaratiladi. 

Albatta,  monoiqtisodiyotning  poliiqtisodiyotga  o‘tishi  darhol  yuz 

bermaydi.  Rivojlangan  mamlakatlarda  bu  jarayon  XX  asrning  20-

yillardan  boshlangan  bo‘lsa,  sobiq  sotsialistik  mamlakatlarda  80-

yillarda ro‘y bergan.  

Poliiqtisodiyot  mazmunan  aralash  iqtisodiyotdir.  U  har  qanday 

monopoliyani rad etadi. U turli xil iqtisodiy, bozor va nobozor aloqa 

munosabatlarning qorishmasidan iborat. 

Siklli  rivojlanish  darajasiga  ko‘ra  jamiyat  taraqqiyoti  quyidagi 

bosqichlarga ajratiladi: 

Neolitik (30-35 asr) 

Quldorlik- bronza asri (20-23 asr) 

Antik-temir asri (11-13 asri) 

Dastlabki feodal (7 asr) 

Toindustrial sivilizatsiya (4,5 asr) 

Industrial (2,5 asr) 

Postindustrial (1,3 asr). 

Qamrov darajasiga ko‘ra:  

Mikroiqtisodiyot,  Makroiqtisodiyot,  Mezoiqtisodiyot,  Super-

makroiqtisodiyot  (megoiqtisodiyot) ga farqlanadi. 

Iqtisodiy  tizimlar  rivojlanishiga  texnologik  yondashuvda  ishlab 

chiqarishning  texnologik  usuli  asos  qilib  olinib,  uning  quyidagi 

turlari ajratiladi: 

Oddiy kooperatsiyaga asoslangan iqtisodiy tizim; 

Manufakturaga asoslangan iqtisodiy tizim; 

Yirik  mashinalashgan  ishlab  chiqarishga  asoslangan  iqtisodiy 

tizim. 



71 

Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar 

va  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  birgalikda  ishlab  chiqarishning 

texnologik usuli deyiladi. 

Oddiy kooperatsiya – bu bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi 

yoki  bir  xil  ishni  bajaruvchilar  mehnatining  oddiy  shaklda  (bir 

joyda) uyushtirilishidir. 

Manufaktura  –  oddiy  kooperatsiyaga  uyushgan  ishlab  chiqa-

ruvchilar  o‘rtasida  mehnat  taqsimotining  joriy  qilinishidir. 

Manufaktura  qo‘l  mehnatiga  va  oddiy  mehnat  qurollariga 

asoslanadi. 

Mashinalashgan  ishlab  chiqarish  –  manufakturaga  uyushgan 

xodimlar  mehnatiga  mashinalarning  joriy  qilinishi  natijasida 

vujudga keladi. 

Iqtisodiy  tizimlar  iqtisodiy  faoliyatni  boshqarish  uslubi  asosida 

ham uch guruhga bo‘linadi: 

Ierarxik tartib asosida boshqariladigan tizim; 

O‘z-o‘zini boshqarishga asoslangan tizim; 

Aralash tartibda boshqariladigan tizim. 

Ierarxik  tartib  asosida  boshqarishda  davlat  asosiy  rol  o‘ynaydi. 

Ishlab chiqarish, taqsimot, ayriboshlash va iste’mol bo‘yicha barcha 

qarorlar  davlat  tomonidan  qabul  qilinadi,  muammo  va  masalalar 

ham davlat tomonidan yechiladi. 

Buyruq va topshiriqlar asosida yuqoridan pastga qarab, ierarxik 

tartib  asosida  olib  boriladi.  Ierarxiya  odatda  boshliq  hokimligiga 

tayanadi.  Ierarxik  boshqarishning  o‘ziga  xos  shakli  ma’muriy-

buyruqbozlikka  asoslangan,  markazdan  rejalashtirish  asosida 

boshqariladigan  iqtisod  bo‘lib,  korxonalar  asosan  davlat  mulki 

bo‘lib,  xo‘jalikni  boshqarish  ierarxik  tarzda  olib  borilgan.  Nima, 

qancha,  qanday  ishlab  chiqarish  zarurligi  davlat  tomonidan  hal 

qilingan. 

Iqtisodiyotni  tartibga  solishni  o‘z-o‘zini  boshqarish  orqali 

amalga  oshirilishi  erkin  raqobat  kurashi  hukmron  davriga  xos. 

Bunda resurslarni taqsimlash va boshqa masalalar bozor tomonidan 

tartibga solingan.  

Aralash  tartibda  boshqarishda  xususiy  sektor  bilan  bir  qatorda 

davlat  ham  resurslar  va  iqtisodiy  ne’matlarni  ishlab  chiqarish, 

taqsimlash,  ayriboshlash  va  iste’mol  qilishda  muhim  rol  o‘ynaydi. 




72 

Davlat  bozor  iqtisodiyotiga  aralashadi,  lekin  bozorning  o‘zini-o‘zi 

tartibga solish rolini yo‘qqa chiqarmaydi. 

Real  hayotda  stixiyali  tartibga  solish  bilan  ierarxiya  birgalikda 

amal  qiladi.  Hozirgi  paytda  AQSH,  Angliya,  Fransiya,  Germaniya 

va  boshqa  rivojlangan  mamlakatlar  iqtisodiyoti  ana  shunday  tarzda 

boshqariladi. 

Iqtisodiy  jarayonlarni  boshqarish  va  uyg‘unlashtirish  mexa-

nizmi  hamda  mulkchilikning  ustuvor  shakllariga  ko‘ra  buyruqli, 

bozor, aralash va an’anaviy iqtisodiy tizim modellari farqlanadi. 

Buyruqli iqtisodiyot modelida: 

Davlat mulki ustuvorlikka ega bo‘ladi. 

Iqtisodiy  jarayonlar  bir  markazdan  turib  boshqariladi  va 

uyg‘unlashtiriladi. 

Bu tizimda iqtisodiy resurslar va ishlab chiqarilgan mahsulotlar 

bir  markazdan  muddatli  ustuvorliklarni  hisobga  olish  asosida 

taqsimlanadi.  Iqtisodiy  tartib  qattiq  ma’muriy  va  huquqiy  tadbirlar 

bilan ta’minlanadi.      

Bozor iqtisodiyoti modelida: 

Xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘ladi. 

Iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi orqali tartibga solinadi. 

Unga  XIX  asr  erkin  raqobat  davridagi  “sof  kapitalizm”  misol 

bo‘la 

oladi. 


Bozor 

iqtisodiyoti 

iste’molchilar 

erkinligini 

kafolatlaydi.  Iqtisodiy  resurs  va  mahsulot  bozor  mexanizmi 

(raqobat, narx, talab va taklif) yordamida taqsimlanadi. 

Iqtisodiy  xatti-harakatning  asosiy  harakatlantiruvchi  kuchi  – 

shaxsiy  manfaat  hisoblanadi.  Davlatning  roli  xususiy  mulkni 

himoya qilish va huquqiy asosni o‘rnatish, erkin bozorning faoliyat 

qilishini yumshatish bilan cheklanadi.  

Aralash  iqtisodiyot  (buyruq  va  bozor  iqtisodiyotning  qo‘shilish 

nuqtasida hosil bo‘ladi) modelida: 

Mulkchilikning turli-tuman shakllari mavjud bo‘ladi. 

Iqtisodiy  jarayonlar  bozor  mexanizmi  bilan  birga  davlat 

tomonidan ham tartibga solinadi. 

Hozirgi  zamon  aralash  tizimlari  –  bu  bozor  mexanizmi  bilan 

tartibga  solinadigan  xususiy  ishlab  chiqarish,  davlat  tomonidan 

tartibga solish bilan to‘ldiriladi.  

An’anaviy iqtisodiyot modelida. 



73 

Mulkchilik  munosabatlarida  merosxo‘rlik  va  sulolalarning 

mavqei hukmronlik qiladi. 

Iqtisodiy jarayonlar urf-odatlar, udumlar, an’analar, ijtimoiy va 

diniy tartiblar yordamida tartibga solinadi. 

Natural  mayda  tovar  xo‘jaligi  xo‘jalik  yuritishning  ustuvor 

shakli hisoblanadi. 

Bozor  iqtisodiyoti  erkin  raqobatga  asoslangan  klassik  bozor 

iqtisodiyoti yoki sof kapitalizm va hozirgi zamon rivojlangan bozor 

iqtisodiyotiga ajratiladi. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish