3. Qiymatning turli xil nazariyalari
97
Iqtisodiy fanda tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi
degan savolga javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular
o‘rtasida doimiy munozaralar bo‘lib kelgan.
Qiymatning
mehnat
nazariyasi
tarafdorlari
qarashicha,
tovarlarni ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.
Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan,
ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi.
Ijtimoiy zaruriy ish vaqti ishlab chiqarishning mavjud ijtimoiy
normal sharoitida va shu jamiyatda mehnat mahorati va
jadalligining o‘rtacha darajasida naflilikka ega bo‘lgan biron tovarni
tayyorlash uchun talab qilinadigan ish vaqtidir.
Ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoiti muayyan turdagi
tovarlarning aksariyat qismi yaratiladigan sharoitdir. Bu odatda
o‘rtacha sharoit, faqat shu sharoitda o‘rtacha mahoratga ega bo‘lgan
va o‘rtacha jadallik bilan ishlaydigan ishlab chiqaruvchi bir soatlik
mehnati mobaynida bir ijtimoiy normal sharoitga mos qiymat
vujudga keltiradi. Xodimning mahorati va mehnatining jadalligi
jamiyatda qaror topgan o‘rtacha darajadan yuqori yoki pastroq
bo‘lsa, bu holda bir soatlik mehnat mobaynida yaratgan qiymat
tegishlicha ko‘p yoki kam bo‘ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra ijtimoiy zarur ish vaqti
o‘ziga xos ijtimoiy mehnat me’yori rolini o‘ynaydi. Bu me’yor
bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal
qilishlari zarur. Кeragidan ortiqcha mehnat sarflari jamiyat
tomonidan e’tirof etilmaydi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning
asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lganidan amaldagi
ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi.
Tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat
deganda,
maxsus
tayyorgarlik
talab
qilmaydigan
mehnat
tushuniladi. U shunday boshlang‘ich negizki, boshqa mehnat turlari
malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab
mehnat darajasiga ko‘tarilgan yoki ko‘paytirilgan oddiy mehnat
sifatida namoyon bo‘ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga
tenglashtirish bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga
tenglashtirish bilan birga sodir bo‘ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari – tovar xo‘jaligi
sharoitida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni tartibga
98
soluvchi, obyektiv qiymat qonunini mavjud bo‘lishini tan oladi.
Ular fikriga ko‘ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va
ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual
mehnat sarflari bilan ijtimoiy zarur mehnat sarflari o‘rtasidagi
farqqa bog‘liq holda tabaqalashtiradi, sarflarni kamaytirgan ishlab
chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi va iqtisodiy resurslar hamda ishchi
kuchining tarmoqlar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishini tartibga
solib turadi. Masalan, eng yuqori mehnat unumdorligiga erishgan
ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan
kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga
sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin.
Qiymat qonuni muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaradi.
Bular: tovar ishlab chiqaruvchilarni tartibga solish; mehnat
unumdorligi o‘sishini rag‘batlantirish; ishlab chiqaruvchilarni
ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan tabaqalashtirish.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi vazifasi raqobat
kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib,
ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar
narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari
quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif, bo‘lsa
narx = qiymat
Talab > taklif, bo‘lsa
narx > qiymat
Talab < taklif, bo‘lsa
narx < qiymat
Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi
tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo‘lmay, balki
obyektiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida ro‘y beradi.
Qiymat qonunining resurslarni taqsimlashni tartibga solib turish
vazifasi shundan ko‘rinadiki, jamiyatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy
resurslar foyda normasi past bo‘lgan tarmoqlardan uning normasi
yuqori bo‘lgan boshqa tarmoqlarga to‘xtovsiz o‘tib turadi.
Neoklassik nazariyada tovar nafliligiga ustuvorlik beriladi. Ular
fikricha xaridor tovar qiymatini uning nafliligidan izlaydi. Italyan
iqtisodchisi F. Galiani (1728 – 1787) nazariy tasavvuricha eng
yuqori naflilikka ega bo‘lgan tovarlar masalan, oziq - ovqat
99
mahsulotlari shunday yuqori qiymatga ham ega bo‘lishi zarur. Biroq
klassik iqtisodiy nazariyada A. Smit bunday o‘zaro bog‘liqlik
haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qayd qilgan. Uning qarashi “Smit
paradoksi” nomini olgan: agar buyumning qiymati uning nafliligiga
bog‘liq bo‘lsa, nima uchun normal sharoitda eng yuqori nafli
samaraga ega bo‘lgan ne’matlar (non, suv, sut) inson uchun juda
nisbiy naflilikka ega bo‘lgan qimmatliklar (brilliant)ga qaraganda
past baholanadi. XIX asr oxirlarida bir qator iqtisodchilar (U.
Djevons, A. Marshall, К. Menger, F. Vizer, E.fon Bem. Bavrek, L.
Valras) mazkur muammoning nazariy yechimini keyingi qo‘shilgan
miqdor nafliligi tushunchasini kiritish orqali topishga harakat qiladi.
Bu tushunchaga ko‘ra, moddiy boyliklar qiymati aniq olingan inson
uchun ularning foydalilik darajasi bilan aniqlanadi. Bunda gap
foydali bo‘lishning umumiy miqdori to‘g‘risida emas, balki
ne’matning qo‘shilgan miqdori nafliligi haqida ketadi.
Yuqorida qarab chiqqanimizdek, qiymatning mehnat naza-
riyasiga ko‘ra, mehnat sarflarining ijtimoiy zaruriy darajasi faqat
bozorda, ayriboshlashda yuzaga chiqadi. Qiymat faqat bozorda
almashuv qiymat ko‘rinishida o‘zining ifodalanish shaklini oladi. U
ishlab chiqarishda yaratiladi, bozorda esa namoyon bo‘ladi. Shu
yerda qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyotchilari qarashlari bilan
qarama-qarshilik paydo bo‘ladi. Uning mohiyati nimadan iborat?
Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga
ketadigan sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida
baholashi natijasida emas, balki mazkur tovar xaridor uchun foydali
samaraga ega bo‘lishi sababli ro‘y beradi.
Кishilar tomonidan juda xilma-xil iqtisodiy ne’matlar (hamda
xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat
sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega
bo‘lishi sababli qadrlanadi va u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga
mehnat sarflari faqat shu sababli amalga oshiriladiki, kishilar aniq
nafliliklarga ehtiyoj sezadi. U yoki bu mehnat sarflarining ijtimoiy
zarurligi kim tomonidan yoki nima bilan aniqlanadi? Oddiy qilib
bozor tomonidan! - deb, javob berish to‘g‘ri, lekin bu juda umumiy
javob. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari
fikrlariga ko‘ra, “faqat tovarning nafliligi,” “mehnat sarflariga”
ijtimoiy zaruriy deb nomlanadigan xarakter berishi mumkin.
100
Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning
mehnat nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol
qiymatlarini yoki nafliliklarni hisobga olish muammosi bilan
bog‘liq.
Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari,
naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish zarur deb hisoblaydi. a)
tug‘ma foydalilik, ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarni
qondirish layoqati; b) aniq foydalilik, bu ne’mat mazkur nusxasi
foydaliligining subyektiv bahosini bildiradi. Bu subyektiv baho ikki
omilga bog‘liq; mazkur ne’matning mavjud zaxirasi va unga
bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi.
Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari
subyektiv foydalilik miqdorini hisoblashda G.Gossen qonunidan
foydalanadi (nemis iqtisodchisi, 1810 – 1858 y). Bu qonunga
binoan, ehtiyoj qondirilib borilishi bilan «to‘yinganlik darajasi»
o‘sadi, aniq qo‘shilgan miqdor nafliligi esa tushadi («zaruriy
ehtiyoj» darajasi). Bu mazkur ehtiyojni qondiruvchi har bir
navbatdagi qo‘shimcha ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq
naflilikka ega bo‘lishini bildiradi, ne’matlar zaxirasi cheklangan
bo‘lganda esa uning «zaruriy ehtiyojini» qondiruvchi keyingi
nusxasi mavjud bo‘ladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki,
mazkur turdagi ne’mat qiymati, eng zarur ehtiyojni qondiruvchi
keyingi nusxaning nafliligi bilan aniqlanadi.
Tovarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning har birligi qadr - qiymati
shunchalik kam bo‘ladi. Ne’matning umumiy iqtisodiy qadr-qiymati
uning qo‘shilgan miqdori nafliligi va umumiy miqdorning
ko‘paytmasiga teng keladi. Qandaydir ne’mat birligining, qadr-
qiymati aynan shu birlikning muhimlik darajasi bilan aniqlanadi.
Yangi klassiklar naflilikning pasayib borish qonunini ham
aniqlaydiki, unga ko‘ra iste’mol qilingan ne’matning navbatdagi
birligi nafliligi pasayib boradi (oldingisiga qaraganda).
Кeyingi (qo‘shilgan miqdor) naflilik – bu talab narxi, ishlab
chiqarish xarajatlari esa taklif narxidir. Agar qaysidir tovar bozorida
uning taklifi talabdan ortiq bo‘lsa, bunda narx qonuniy ravishda
tushadi. Aksincha talabning taklifdan ortishi tovar narxini yuqoriga
ko‘taradi, taqchillik ne’matlar kamyobligini kuchayishini anglatadi,
uning keyingi birligi nafliligi esa ortadi.
101
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan
kishi, mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. U
qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlama yonda-
shuvga asoslanganligini qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishida
ko‘rdi. A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasini,
talab va taklif hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan
bog‘lashga harakat qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda
qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez
qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Yangi
klassiklarning qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini
yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan
bog‘liq. Bunday yagona manba, masalan, klassiklar nazariyasida
mehnat, marjinalistlarda qo‘shilgan miqdor nafliligi hisoblanadi.
A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan
miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari)
tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta’siri orqali aniqlanadi.
A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi
qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan
aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshaldan boshlab iqtisodiyot
nazariyasida qiymatning tub asosini qidirib topishdan chekinish ro‘y
beradi va funksional tahlilga, ya’ni bir vaqtda narx va talab –
takliflarning o‘zaro ta’sirini aniqlashga o‘tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |