O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Ishlab chiqarishning samaradorligi va



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va 

uning ko‘rsatkichlari 

 



56 

 Ishlab  chiqarish  samaradorligi  va  uni  oshirish  masalasi  har 

doim  iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  dolzarb  muammolaridan  biri 

bo‘lib  kelgan.  Samaradorlikning  iqtisodiy  mazmuni  sifatida  har 

doim  ishlab  chiqarishning  pirovard  natijasi  bilan  unga  qilingan 

xarajatlar  o‘rtasidagi  nisbat  tushuniladi.  Boshqacha  aytganda, 

samaradorlik  “natija”  va  “xarajat”  nisbatini  aks  ettirishi  tufayli, 

natija/xarajat ko‘rinishini oladi. 

Butun milliy iqtisodiyot darajasida uning natijalarining iqtisodiy 

resurs  sarf-xarajatlariga  nisbati  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  iqtisodiy 

samaradorligining  asosiy  ko‘rsatkichidir.  Samaradorlikning  mavjud 

darajasida jamiyat ehtiyojlari ancha to‘liq qondirilganda uning, biror 

a’zosi iqtisodiy ahvolini yomonlashtirmasdan boshqasining ehtiyoj-

lari  qondirilish  darajasini  oshirish  mumkin  emas.  Bunday  holat 

Pareto  –  samarasi  deb  nomlanadi.  (Italiyan  iqtisodchisi  V.  Pareto 

nomi bilan). 

Turli  ijtimoiy-iqtisodiy  tizimlar  sharoitida  shu  jamiyatning 

maqsadidan kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati 

o‘zgaradi.  Bozor iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab  chiqarishning  asosiy 

maqsadi  foyda  olishga  qaratilganligi  sababli  har  bir  iqtisodiy 

subyekt  foydasini  oshirib  borishga  intiladi.  Shuning  uchun  ham 

ishlab chiqarishning samaradorligi (

1



) olingan foydaning (F) ishlab 



chiqarishga  sarflangan  resurs  xarajatlariga  (W)  nisbati  bilan  aniq-

lanadi, ya’ni: 

1

100%.


F

R

W



 

Bu yerda, R



1

 – foyda normasi, W – ishlab chiqarish xarajatlari. 

Ishlab  chiqarish  samaradorligi  ko‘p  qirrali  tushuncha  bo‘lib, 

qayd  qilingan  birgina  asosiy  ko‘rsatkichda,  uni  to‘liq  ravishda  har 

tomonlama  ifodalab  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  ishlab  chiqarish 

samaradorligini  to‘laroq  ifodalashda,  unda  qatnashgan  omillarning 

unumdorligini,  ulardan  samarali  foydalanish  darajasini  tavsiflovchi 

ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. 

Bulardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb, 

ishchi  kuchining  vaqt  birligi  mobaynida  mahsulot  yaratish 

qobiliyatiga  aytiladi  va  ishlab  chiqarilgan  mahsulotning  /iste’mol 

qiymatining/ sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. 




57 

Sarflangan  mehnat  miqdori  esa  ishlangan  vaqt  bilan,  kishi  kuni, 

kishi  soati  va  h.k.  bilan  belgilanadi.  Mehnat  unumdorligi 

quyidagicha aniqlanadi: MU=M/V.  

Bu yerda, MU mehnat unumdorligini, M mahsulotning hajmi, V 

sarflangan ish vaqti. 

Mehnat unumdorligi sarflangan mehnatning har birligi hisobiga 

ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. 

Samaradorlikni  aniqlashda  kapital  unumdorligi  ko‘rsatkichidan 

ham  foydalaniladi  va  u  ishlab  chiqarishda  qatnashgan  kapitalning 

birligi  evaziga  olingan  mahsulot,  daromad  yoki  foyda  bilan 

aniqlanadi. KU=M/K; 

KU=YAD/K ;   KU=F/K;  bu  yerda  KU  –  kapital  unum-

dorligini, К – ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini, M – 

mahsulot, YAD – yalpi daromad hajmi, F – foyda. 

Ishlab  chiqarishning  muhim  omillaridan  biri  yer  hisoblanishi 

sababli  undan  foydalanish  samaradorligi  ko‘rsatkichi  olingan 

mahsulot  hajmining  yer  maydoniga  (gektarga)  nisbati  bilan 

aniqlanadi. 

Samaradorlikni  aniqlashda  mahsulotning  mehnat  sig‘imi, 

material  sig‘imi,  energiya  sig‘imi  kabi  ko‘rsatkichlar  ham 

qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini 

yaratish  uchun  ketgan  mehnat,  energiya  va  moddiy  ashyolar 

miqdorini ifodalaydi. 

Bu  ko‘rsatkichlarning  har  biri  ishlab  chiqarishda  qatnashgan 

turli  omillar  samaradorligini  ifodalab,  bir-biri  bilan  chambarchas 

bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. 

Ishlab  chiqarish  samaradorligi  har  qanday  darajada  uning 

natijalari miqdoriga to‘g‘ri, iqtisodiy resurs sarf-xarajatlari hajmiga 

teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Ishlab chiqarish natijalari miqdori 

o‘zgarmay  qolganda  xarajatlarning  kamayishi  uning  samaradorligi 

oshishini bildiradi va aksincha.  

“Natija” yoki “Xarajat”ga ta’sir ko‘rsatib ishlab chiqarish sama-

radorligini  oshirishga  olib  keluvchi  bir  qancha  omillar  mavjud. 

Ularning asosiylari quyidagilar: 

Yangi  texnologiyalarni  joriy  qilish,  fan-texnika  taraqqiyotini 

tezlashtirish va uning natijalarini ishlab chiqarishda qo‘llash; 



58 

Ishlab  chiqarishni  ratsiotnal  joylashtirish,  ixtisoslashtirish  va 

kooperatsiyalash; 

Iqtisodiyotning  tarkibiy  qismlarini  va  uning  tashkiliy  bo‘g‘in-

larini o‘zgartirish; 

Ishlab chiqaruvchilarni o‘z mehnat natijalaridan rag‘batlantirish 

va ularning faolligini oshirish; 

Mavjud  tabiiy,  moddiy  va  mehnat  resurslaridan  oqilona,  tejab-

tergab  foydalanish,  yangi,  arzon,  sifatli  xomashyo  va  energiya 

turlarini,  ekinlarning  yangi  hosildor  navlarini,  chorva  mollarining 

mahsuldor zotlarini ishlab chiqarishga joriy qilish. 

2017-2021-yillar  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning 

“Harakatlar  strategiyasi”  da  ham  ..  “...iqtisodiyotning  energiya  va 

resurs  sarfini  qisqartirish,  ishlab  chiqarishga  energiya  tejaydigan 

texnologiyalarni  keng  joriy  etish,  qayta  tiklanadigan  energiya 

manbalaridan  foydalanishni  kengaytirish,  iqtisodiyot  tarmoqlarida 

mehnat  unumdorligini  oshirish”ga  ishlab  chiqarish  samaradorligini 

o‘stirishning muhim omili sifatida qaraladi.

9

 

Кishilarning  bilim  saviyasini,  malakasi  va  kasbiy  mahoratini 



oshirish, yetuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash. 

Bu  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishga  ta’sir  qiladigan 

asosiy  va  iqtisodiyotning  barcha  sohalari  uchun  umumiy  bo‘lgan 

omillardir.  

Fan-texnika  taraqqiyoti  fan  sohasidagi  ishlab  chiqarish 

qurollari, texnologiya, boshqarish va boshqa ko‘pgina o‘zgarishlarni 

o‘z  ichiga  oladi.  Hozirgi  davrda  fan-texnika  tez  sur’atlar  bilan 

taraqqiy  qilmoqda  va  u  ilgarigi  texnika  taraqqiyotiga  qaraganda 

birmuncha afzalliklarga egadir. 

Hozirgi  davrdagi  fan-texnika  taraqqiyoti  afzalligi  shundaki, 

ilg‘or mamlakatlarda fan yangiliklari tezlik bilan ishlab chiqarishga 

joriy  qilinadi,  binobarin  fan  bevosita  ishlab  chiqaruvchi  kuchga 

aylanib boradi. 

Hozirgi  davrdagi  ishlab  chiqarishning  texnik  bazasini  mustah-

kamlash  elektronika,  radioelektronika,  telemexanika,  atom  energi-

yasi,  kimyo  va  boshqa  fanlarning  erishgan  yutuqlari  bilan  bevosita 

bog‘liqdir. 

                                                           

9

 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 



Harakatlar strategiyasi.   


59 

Xullas,  fanning  erishgan  yutuqlari  ishlab  chiqarishning  taraq-

qiyoti  va  uning  iqtisodiy  samaradorligi  uchun  cheksiz  imkoniyatlar 

ochib beradi. Shuning uchun ham O‘zbekistonda fan-texnika taraq-

qiyotiga katta e’tibor berib, uni keskin jadallashtirishni, texnikaning 

eng yuqori unumdor va samaradorlikni ta’minlovchi yangi turlarni, 

prinsipial  jihatdan  yangi  texnologiyalarni  keng  joriy  etish  vazifasi 

qo‘yilmoqda. Fan taraqqiyotining natijasi va uning ishlab chiqarish 

bilan  yaqinlashishining  muhim  belgisi  takomillashgan,  chidamli  va 

unumli mehnat qurollari va predmetlarini vujudga keltirish va ishlab 

chiqarishga joriy qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarishga yangi unumli 

mehnat  qurollari  va  mehnat  predmetlari  qancha  ko‘p  kirib  kelsa, 

jonli mehnat shuncha ko‘p mehnat vositalarini harakatga keltiradi va 

ko‘proq  naflilikni  yaratadi.  Davlatning  investitsiya  siyosati  resurs-

larni  fan-texnika  taraqqiyotining  ilg‘or  sohalari  bo‘lgan  mashi-

nasozlik  sanoati,  informatika,  elektronika,  ishlab  chiqarish 

sohalarini  kompleks  mexanizatsiyalash,  avtomatlashtirish,  yangi 

materiallarni  yaratish  va  ularga  ishlov  berish  texnologiyasi  singari 

muhim  yo‘nalishlariga  jalb  qilishga  qaratilgandir.  Shuning  uchun 

ham  fan-texnika  taraqqiyotining  evolutsion  va  revolutsion 

shakllarini farqlamoq lozim. Fan-texnika taraqqiyotining evolutsion 

shaklda  rivojlanishi  deganda,  uning  mavjud  texnologiyalar  asosida 

rivojlanishi tushuniladi. 

Revolutsion  shaklda  rivojlanishda  esa  texnikaning  eng  so‘nggi 

avlodlarini  qo‘llash,  prinsipial  yangi  texnologik  tizimga  o‘tish 

tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining keyingi shaklda rivojlanish 

samaradorlik nuqtayi nazaridan yuksak natija beradi.  

Ishlab  chiqarish  samaradorligi  natijaviy  ko‘rsatkich  foyda 

miqdoriga  to‘g‘ri  mutanosiblikda  iqtisodiy  resurs  sarf-xarajatlariga 

teskari  mutanosiblikda  o‘zgaradi.  Shu  sababli,  samaradorlikni 

oshirishga  boshqa  sharoitlar  o‘zgarmay  qolganda  ishlab  chiqa-

rilayotgan  mahsulot  hajmini  ko‘paytirish  va  unga  sarflanadigan 

xarajatlarni kamaytirish, ya’ni tejamkorlik tamoyillariga amal qilish 

orqali  erishiladi.  Ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishning 

shunday  omillari  ham  mavjudki,  ular  bir  vaqtda  ham  natijaviy 

ko‘rsatkichlar miqdoran ortishiga va ham iqtisodiy resurs xarajatlari 

kamayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  



60 

Bunday  omillarga  fan-texnika  taraqqiyoti  yutuqlarini  hisobga 

olgan  holda  ishlab  chiqarishni  uzluksiz  modernizatsiyalash  va 

diversifikatsiyalashni  kiritish  mumkin.  Modernizatsiyalash  keng 

ma’noda yaxlit tizimni takomillashtirishga yo‘naltirilgan texnologik, 

ijtimoiy,  iqtisodiy,  madaniy  va  siyosiy  o‘zgarishlar  birligini  ifo-

dalaydi.  U  inglizcha  “modern”  so‘zidan  olingan  bo‘lib  “yangi”, 

“zamonaviy” kabi ma’nolarni anglatadi.  

Ishlab  chiqarishga  qiyosan  modernizatsiyalash  mahsulotlarning 

raqobatbardoshligini  oshirish  maqsadida  ularni  “yangilash”,  ma-

shina,  uskuna  va  texnologik  jarayonlarni  “zamonaviylashtirish”ni 

bildiradi.  Iqtisodiy  modernizatsiyalash  mehnat,  moddiy  va  tabiiy 

resurslardan  foydalanish  darajasiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatish  orqali 

ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga ham olib keladi.  

Diversifikatsiyalash (lotincha “diversys” – har xil, “facese” qil-

moq,  bajarmoq)  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish, 

maqsadida  korxonalar  faoliyat  sohalarini  kengaytirish,  chiqa-

riladigan mahsulotlar turlarini ko‘paytirishga qaratilgan jarayondir.  

Diversifikatsiyalash vertikal, gorizontal va konglomerat bo‘lishi 

mumkin.  

Vertikal diversifikatsiyalash –  bir xil yo‘nalishda ixtisoslashgan 

korxonalarning  tarmoq  darajasida  ishlab  chiqaradigan  mahsulotlari 

turini  ko‘paytirish  va  faoliyatlarini  tarmoq  ichida  kengaytirishni 

bildiradi.  

Gorizontal  diversifikatsiyalash  –  turli  tarmoq  korxonalari 

(sanoat,  qishloq  xo‘jaligi,  transport,  qurilish  va  h.k.)  ning  yagona 

texnologik  jarayonga  qo‘shilib  borishi  orqali  mahsulot  turlarining 

ko‘payishi va faoliyatlarining tarmoqlararo kengayishini anglatadi.  

Кonglomerat  diversifikatsiya 

  korxonada  ishlab  chiqari-



layotgan mahsulot turlarini texnologik jarayon, tovar turlari va turli 

bozorlar talabini hisobga olib ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.  

Istiqbolda  mahsulot  turlarini  ko‘paytirish,  tijorat  faoliyatini 

rivojlantirish  va bozorni kengaytirishga qaratilgan harakat diversifi-

katsiya strategiyasi mazmunini anglatadi. Bu korxonalarda mahsulot 

turlarini  ishlab  chiqarishni  o‘zlashtirish,  milliy  va  chet  el  kapitali 

ishtirokidagi  qo‘shma  korxonalar  tuzish,  boshqa  korxonalarni  sotib 

olish kabi usullarda amalga oshiriladi. 




61 

Xarajatlarni  kamaytirish  va  mahsulot  tannarxini  pasaytirish 

orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda mahalliylashtirish 

darajasini o‘stirib borish muhim ahamiyatga ega.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoyev  qayd  qilib 

o‘tganlaridek  samaradorlikni  oshirishning  muhim  omili...  “..asosiy 

va yordamchi tarmoqlarni barqaror rivojlantirish, ortiqcha xarajatlar 

va  tannarxni  kamaytirish,  mahalliylashtirish  darajasini  oshirish  va 

importning qisqarishi”

10

 dan iborat. 



Mahalliylashtirish 

mahsulot 

ishlab 

chiqarish 

jarayonida 

mahalliy  xomashyo  va  materiallardan  foydalanishga  ustuvorlik 

berishni anglatib, bu pirovardida nafaqat tannarxni pasaytirish, balki 

import  qilinadigan  tovarlar  hajmini  qisqartirish  imkonini  ham 

beradi. Importning qisqarishi sof eksportni ko‘paytirish orqali milliy 

iqtisodiyot samaradorligini o‘sib borishiga olib keladi. 

Respublikamizda  faqat  2017-yilning  o‘zida  mahalliylashtirish 

dasturlari  to‘liq  amalga  oshirilmaganligi  natijasida  unda  ko‘zda 

tutilgan  “qariyb  400  million  dollarlik  mahsulot  chetdan  import 

qilingan”

11

.

 



Shu  sababli,  2017-2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini 

rivojlantirishning  “Harakatlar  strategiyasi”*da  ishlab  chiqarishni 

mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda 

eng  avvalo,  iste’mol  tovarlari  va  butlovchi  buyumlar  importining 

o‘rnini  bosish,  tarmoqlararo  sanoat  kooperatsiyasini  kengaytirishga 

tarkibiy  o‘zgartirishlarni  chuqurlashtirish,  milliy  iqtisodiyotning 

yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hiso-

biga  uning  raqobatbardoshligini  oshirishning  ustuvor  yo‘nalishi 

sifatida qaraladi.  

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish