O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Ishlab chiqarishning natijalari. Ishlab chiqarish funksiyasi



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

4. Ishlab chiqarishning natijalari. Ishlab chiqarish funksiyasi 

 

Har  bir  ishlab  chiqarish  bo‘g‘inida  turli  omillarning  birgalikda 



ishlatilishi natijasida mahsulot, ya’ni tovar va xizmatlar yaratiladi.  

Ular  qiymat  o‘lchovida  korxonalar  darajasida  yalpi  mahsulotni 

milliy iqtisodiyot ko‘lamida milliy mahsulotni tashkil qiladi.  

Maqsadli  ishlatilishi,  ishlab  chiqarish  yoki  shaxsiy  iste’mol 

vositasi  bo‘lib  xizmat  qilishiga  muvofiq  turli  darajadagi  mahsulot 

o‘zining natural buyumlashgan shakli bo‘yicha ikki qismdan: ishlab 

chiqarish vositalari va iste’mol tovarlaridan tashkil topadi. Кeyingisi 

o‘z  navbatida  iste’mol  buyumlaridan  va  aholiga  ko‘rsatilgan  turli 

xizmatlardan iborat bo‘ladi. 

Ishlab  chiqarish  omillari  bilan  uning  natijalari  o‘rtasidagi 

bog‘liqlik  ishlab  chiqarish  funksiyasi  deb  ataladi.  Masalan,  ishlab 

chiqarish omillari Yer /E/, kapital /К/ va ishchi kuchi /V/dan olingan 

mahsulotni  /M/  dan  iborat  deb  olsak,  ishlab  chiqarish  funksiyasi 

M=f (E. К. V) ko‘rinishni oladi. 

Ishlab  chiqarish  funksiyasi  jalb  qilingan  omillarining,  ya’ni 

sarflarning har birligi evaziga olingan mahsulot hajmini bildiradi va 

e’tiborni  kam  resurs  sarflab,  ko‘proq  mahsulot  olish  imkoniyatini 

qidirishga  qaratadi.  Bundan  tashqari,  mazkur  ko‘rsatkich  mahsulot 

hajmini  ishlab  chiqarishga  qancha  resurs  sarfi  talab  qilinishini 

aniqlash imkonini beradi. 

Ishlab  chiqarishda  foydalaniladigan  turli  xil  resurslar  sarfini 

birdaniga  yoki  ularning  ayrim  turlarini  ko‘paytirish  yo‘li  bilan 

mahsulot  hajmini  oshirish  mumkin.  Lekin  boshqa  omillar  va 

sharoitlar  teng  bo‘lgani  holda  ayrim  resurslar  sarfini  oshirish  yo‘li 

bilan  mahsulotni  cheksiz  ko‘paytirib  bo‘lmaydi.  Masalan,  ishlab 

chiqarish binolari, mashina, stanok va boshqa asbob-uskunalar soni 

va  sifati  o‘zgarmagan  holda  ishchilar  sonini  va  xomashyoni 

ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulotni ma’lum miqdorda oshirib borish 

mumkin.  Bunda  bino  va  asbob-uskunalardan  foydalanish  darajasi 

oshiriladi,  ya’ni  ular  to‘xtovsiz  ishlatiladi,  ilgari  bir  smenada 




55 

ishlayotgan bo‘lsa endi ikki yoki uch smenada ishlatishga erishiladi. 

Ammo ma’lum darajaga borgandan keyin  qo‘shimcha jalb  qilingan 

ishchi  kuchi  yoki  xomashyolar  samarasi  kamayadi.  Ikkinchidan, 

ishlab turgan ishchilar soni o‘zgarmagan holda ularni yangi texnika 

va  texnologiyalar  bilan  qurollantirish,  ya’ni  har  bir  ishchiga  to‘g‘ri 

keladigan  kapital  miqdorini  oshirish  hisobiga  ham  mahsulotni 

ko‘paytirishga  erishish  mumkin.  Iqtisodiyotning  barcha  darajasida 

resurslardan  foydalanish  va  ularning  miqdorini  oshirish  evaziga 

olingan  mahsulotni  uch  xil  o‘lchamda  aniqlash  mumkin:  umumiy 

mahsulot, o‘rtacha mahsulot va qo‘shilgan mahsulot. 

Umumiy  mahsulot  jalb  qilingan  asosiy  kapital,  ishchi  kuchi, 

xomashyo  va  materiallardan  foydalanish  evaziga  olingan  mahsu-

lotning mutlaq hajmidir. 

O‘rtacha  mahsulot  (O‘M)  esa  jalb  qilingan  ishchi  kuchi  (V) 

yoki  kapitalning  (К)  bir  birligiga  to‘g‘ri  keladigan  mahsulotga 

aytiladi.  Bu  esa  umumiy  mahsulot  (M)  miqdorini  umumiy  resurs 

(ishchi kuchi yoki kapital) miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 

O‘M=M/V. (yoki O‘M=M/K) 

Qo‘shilgan  mahsulot  deb,  eng  keyingi  qo‘shilgan  (o‘sgan) 

ishchi  kuchi  yoki  kapital  miqdoriga  bo‘lish  yo‘li  bilan  qo‘shilgan 

omil,  ya’ni  qo‘shilgan  kapital  yoki  qo‘shilgan  ishchi  kuchi 

unumdorligi aniqlanadi. 

Har  bir  qo‘shilgan  resurs  evaziga  olingan  qo‘shilgan  mahsulot 

esa qo‘shilgan resurs unumdorligi deb aytiladi. 

Yuqorida  aytganimizdek,  alohida  olingan  resurs  evaziga 

qo‘shilgan  mahsulot  ma’lum  darajaga  borgandan  keyin  kamaya 

boshlaydi.  Mana  shu  qo‘shilgan  resurs  unumdorligining  pasayib 

borishini  hisobga  olib,  marjinalistlar  unumdorlikning  kamayib 

borish qonunini kashf qilishgan. 

Ularning g‘oyasi bo‘yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki 

resurs  oldingisiga  qaraganda  kamroq  samara  beradi  va  oqibatda 

uning hisobiga olingan o‘rtacha mahsulot ham pasayib boradi.  

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish