Tayanch tushunchalar
Yalpi talab ‒ bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar
va davlat narxlarining o‘rtacha darajasida sotib olishi mumkin
bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmini yoki milliy
iqtisodiyotdagi yalpi sarflar miqdorini bildiradi.
Yalpi taklif ‒ narxlarning mavjud darajasida sotishga chiqa-
riladigan pirovard tovarlar va xizmatlar miqdori yoki milliy ishlab
chiqarishning real hajmidir.
Xrapovik samarasi ‒ yalpi talab oshganda narxning o‘rtacha
darajasi ko‘tarilishi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narx
pasayish tamoyiliga ega bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
Unumdorlik ‒ bu milliy ishlab chiqarish real hajmining foyda-
lanilgan resurslar miqdoriga yoki xarajat birligiga to‘g‘ri keladigan
nisbiy miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |