O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


-chizma. “Milliy daromad-yalpi sarflar”



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

18.4-chizma. “Milliy daromad-yalpi sarflar” 

(Dj. Кeyns muvozanatli) modeli. 

 

Dj.M.  Кeyns  kishilar  tasarrufidagi  pul  daromadi  o‘sib  borishi 



bilan  iste’molga  keyingi  moyillik  tushib  borish  qoidasini  ochib 

berdi.  Bu  daromadlar  ortib  borishi  bilan  jamg‘arma  ulushi  o‘sib 

borishini  anglatadi.  Agar  olingan  barcha  daromad  to‘liq  sarflansa 

talab va taklif chiziqlari o‘zaro mos tushgan bo‘lardi. 

AS  va  AD  chiziqlari  kesishgan  nuqta  (A)  tik  o‘qda  yalpi  talab 

va  yalpi  taklif  tengligini  (OS  kesma),  yotiq  o‘qda  MDning  mavjud 

miqdori  (ON  kesma)  bu  muvozanatlikni,  ya’ni  iqtisodiyot  muvo-

zanatli holatini ta’minlashini ko‘rsatadi. 

Agar MD muvozanatli hajm (ON)dan ko‘p (ON2) bo‘lsa, yalpi 

talab  (OS  2)  va  yalpi  taklif  hajmi  (ON2)  ham  ortadi.  Bunda  yalpi 

taklif  hajmi  o‘zining  o‘sishida  yalpi  talab  hajmidan  ortib  ketadi, 

chunki  MD  o‘sib  borishi  bilan  uning  ko‘proq  qismi  jamg‘armaga 

“chiqib ketadi” 

Shunday  qilib,  yalpi  talab  va  yalpi  taklif  hajmi  o‘rtasidagi 

muvozanatlik talabning orqada qolishi tufayli buziladi. 

Кeyns  fikricha,  rivojlangan  bozor  iqtisodiyotida  monopoliyalar 

mavjudligi,  ishlab  chiqaruvchilar  o‘rtasida  uzoq  muddatli  shartno-

malar amal qilishi, kasaba uyushmalarining ish haqi stavkasi barqaror 

bo‘lishiga harakatlari tufayli narx mexanizmi ishlamaydi. Shu sababli, 

narx emas sotish hajmi kamayadi va bu ishlab chiqarish hajmi qisqa-

rishiga  olib  keladi.  Mazkur  qisqarish  yuqori  narxlar  va  ishsizlikning 

o‘sishi  saqlanib  qolganda  ro‘y  beradi.  Demak,  tadbirkorlar  yalpi 

talabning  narx  va  ish  haqi  pasayishi  hisobiga  emas,  ishlab  chiqarish 

hajmi  qisqarishi  va  band  bo‘lganlar  bir  qismining  bo‘shatilishi 

hisobiga  kamayishiga  e’tibor  qaratadi.  Shu  tariqa,  makroiqtisodiy 

muvozanatlik tiklanadi, biroq bunda ishsizlar saqlanib qoladi. 

MD  muvozanatli  miqdordan  (N1)  kam  bo‘lganda  yalpi  talab 

(OS1)  yalpi  taklifdan  (ON1)  ortib  ketadi.  Bunday  sharoitda,  sotish 

hajmi  ko‘payadi,  ishlab  chiqarishning  o‘sishi  “talab”  orqali  rag‘bat 

oladi. Biroq bu nafaqat ishsizlikning kamayishiga, balki narx o‘sishi 

(inflatsiya)ga olib keladi. 

Yalpi  talabning  tarkibiy  qismlaridan  biri  investitsiyalar  hisob-

lanadi.  Кeyns  fikricha,  investitsion  sarflar  yoki  yalpi  talabning 



360 

boshqa  qandaydir  tarkiblaridagi 

o‘zgarishlar  tasavvur  qilingandan 

ko‘ra  ancha  katta  xavf  tug‘dirishi 

mumkin. Jumladan, investitsiyalar 

hajmining  100  birlikka  kamayishi 

daromadlarining  400,  500  va 

undan  ko‘p  birlikka  qisqarishiga 

olib kelishi mumkin va aksincha. 

Bunday  holat  iqtisodiy  fanda 

multiplikator  samarasi  yoki  ko‘-

paytiruvchi samara nomini olgan. 

Multiplikator  samarasi  asosida  bir  kishining  sarflari  tezlikda 

boshqalarning daromadi bo‘lib qolish mumkinligi g‘oyasi yotadi. 

Mulkdorlar  o‘z  daromadlarining  bir  qismini  sarflaydi,  boshqa 

qismni  jamg‘aradi.  Daromadni  sarflab,  ular  o‘z  pullarini  ishlab 

chiqaruvchilarga  uzatadi.  Yalpi  sarflarning  bir  qismidagi  o‘zgarish 

milliy daromadning muvozanatli darajasi ko‘paytirilgan (multiplika-

tiv)  yo‘nalishida  o‘zgarishiga  olib  keladi.  Boshqacha  aytganda 

iqtisodiyotga  “tashlangan”  investitsiyalar  milliy  daromadning 

o‘sishi shaklidagi zanjirli reaksiyasini keltirib chiqaradi. 

Multiplikator  –  daromadning  o‘sishi  va  mazkur  o‘sishni 

vujudga  keltirgan  investitsiyalar  hajmi  ortishi  o‘rtasidagi  nisbatni 

ifodalovchi koeffitsiyentdir. 

Кeynsning  nazariy  qarashlari  mazmunan  davlat  makrodarajada 

barqarorlashtiruvchi  siyosat  yuritish  zarur  degan  amaliy  xulosa 

chiqarishga olib keladi. 

Bunda  davlatning  vazifasi,  mos  keluvchi  siyosat  yordamida 

muvozanatli  darajani  to‘liq  bandlik  darajasiga  “ko‘chirish”dan 

iborat rag‘batlantirishdan keyingi talab 

    



361 

        


 

              

 

 

 



   AS  

    


  

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

   



   

 

 



 

 

AD  talab 



 

                                                                

 

                                                  



0      450           N1                 N2 

    


 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish