asosi klassik iqtisodiy maktab vakillari A. Smit, D. Rikardo, Dj.
356
olingan daromad to‘liq sarflanadi;
faqat o‘z pul mablag‘lari sarflanadi;
jamiyat bir vaqtda ham iste’molchi hisoblangan ishlab chiqa-
ruvchilardan iborat bo‘ladi.
Biroq amalda har qanday iqtisodiyotda olingan daromadning
qandaydir qismi uning egasi tomonidan sarflanmaydi va jamg‘arma
shaklini oladi. Bu yalpi talab hajmi va bandlikning tegishlicha
qisqarishiga olib keldi. “Daromad -xarajat” oqimidan mablag‘lar bir
qismining olib qo‘yilishi iste’molning qisqarishiga va demak, yalpi
talab va yalpi taklif o‘rtasidagi mavjud muvozanatlik buzilishiga
olib keladi.
Shu sababli, klassik maktab vakillari to‘liq bandlik sharoitida
daromad va xarajatlar tengligini avtomatik ravishda ta’minlaydigan
umum iqtisodiy muvozanatlikning yetarlicha asosli nazariyasini
ishlab chiqdi. Кlassiklar fikricha, moslashuvchan miqdorlar hisob-
langan foiz stavkasi, ish haqi, narx darajasi kapital, ish kuchi, pul
bozorida talab va taklif muvozanatligini ta’minlaydi. Muomaladagi
pul massasining ortishi esa tovar va xizmatlar real oqimida hech
narsani
o‘zgartirmaydi, faqat miqdorlar nominal qiymati
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Agar pul foiz keltirsa, daromadlarning bir qismi likvidli (tez
sarflanuvchi) shaklda saqlanmasdan qimmatli qog‘ozlarga yoki
bank tizimiga jamg‘arma sifatida joylashtiriladi. Foiz olish
maqsadida qo‘yilgan pul odatda investitsiyalar manbai hisoblanadi.
Agar jamg‘armalar investitsiya qilinmasa, yalpi talab va yalpi
takliflar o‘rtasidagi muvozanatlik buzilmaydi.
Кlassik modelning asosiy qoidalaridan ko‘rinib turibdiki, bozor
iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizm zanjirida namoyon
bo‘ladi, daromadlar o‘sishi jamg‘armaning o‘sishini rag‘batlantiradi
hamda investitsiyaga ayla-
nib, ishlab chiqarish hajmi va
bandlikni oshiradi. Natijada
daromadning umumiy miqdori yana ortadi va bu jamg‘armani
kupaytiradi va h.k.
Agar bozor tartibga solish mexanizmiga ega bo‘lsa, davlat
iqtisodiyotiga aralashmaslik siyosatini qo‘llab iqtisodiy faollikka
ta’sir ko‘rsatishdan saqlanadi.
“daromad jamg‘arma investitsiya”
357
Кlassiklar fikricha, iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to‘liq
bandligi sharoitida faoliyat qiladi. Shu sababli, ishlab chiqarish
hajmi o‘zining potensial darajasiga teng keladi.
Narx, foiz stavkasi va ish haqi moslashuvchan bo‘lib, ularning
o‘zgarishi bozor muvozanatini saqlab turadi.
Ishlab chiqarish omillari miqdori sekin o‘zgarishi sababli, to‘liq
bandlik sharoitida yalpi taklif real ishlab chiqarish hajmini, yalpi
talab esa narx darajasini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: