Кeynscha model
Кlassik modelda aks etgan iqtisodiy voqelik bir asr o‘tib
“Buyuk depressiya” davrida sinovdan o‘tmadi va yangi paydo
bo‘lgan omillar ta’sirini nazariy umumlashtirishni taqozo etdi. Bu
bozordagi jarayonlarni narxsiz mexanizmlar bilan tushuntirishni
zarur qilib qo‘ydi.
Bu vazifa iqtisodiyot nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab
bergan Dj. M. Кeyns tomonidan hal qilindi. Uning nazariyasi makro
darajadagi tahlil zarurligini tasdiqladi va XX asrning 30-yillaridan
iqtisodiyot nazariyasining rasmiy mikro va makroiqtisodga bo‘li-
nishiga sabab bo‘ldi.
Dj.M. Кeyns birinchi bo‘lib bozor iqtisodiyotining o‘z- o‘zini
tartibga solishiga layoqatliligi to‘g‘risidagi hukmron qarashdan voz
kechib, makrodarajada uni davlat tomonidan tartibga solish
zarurligini asosladi.
U o‘z-o‘zini tartibga solish dastagi hisoblangan narx, ish haqi va
foiz stavkasi egiluvchanligini inkor etdi. Shu sababli, Кeyns talabni
rag‘batlantirishga
yo‘naltirilgan
faol
makroiqtisodiy
siyosat
zarurligi to‘g‘risidagi qarashida qattiq turdi. U ishlab chiqarish va
bandlikning o‘zgarishi taklif omillariga emas, balki yalpi talabga
bog‘liqligini isbotladi. Кeyns fikricha, yalpi sarflar tarkibiy
qismlaridan har biri, asosan iste’mol va investitsiyalar o‘z-o‘zicha
o‘zgarib turishi mumkin.
Bandlikning ortishi milliy daromad (MD) o‘sishiga olib keladi
va u iste’molni belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. MD
hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, yalpi talab ham shunchalik katta
bo‘lishi zarur. Biroq iste’molga sarflar daromadlar o‘sgan darajaga
mos ravishda ko‘paymaydi. Buning sababi Кeyns fikricha, “asosiy
358
psixologik qonun” hisoblanib daromadlar o‘sib borishi bilan
iste’molga moyillik pasayadi va daromadning jamg‘armaga
yo‘naltiriladigan ulushi nisbatan ko‘proq ortadi. Natijada MD hajmi
qanchalik katta bo‘lsa iste’molchi real talabi nisbatan shunchalik
kam bo‘ladi.
Aynan u ishlab chiqarish hajmi va shu orqali bandlik darajasiga
ta’sir ko‘rsatadi. Iste’molchilik sarflaridagi “etishmovchilik” investit-
siyalar bilan qoplanishi zarur. Biroq Кeyns qarashicha jamg‘armaning
o‘sishi o‘z-o‘zidan investitsiyalar ko‘payishiga olib kelmaydi.
Investitsiyalar o‘sishiga 1) kapital unumdorligi kamayib borish qonuni
amal qilishi tufayli kutilayotgan foyda normasi pasayishi va 2) foiz
normasiga bevosita bog‘liq yuqori likvidlikning (zaxirada naqd pulga
ega bo‘lishiga intilish) afzal ko‘rilishi to‘siq bo‘ladi.
Кeyns narxning kam harakatchanligi dalilini hisobga olib uning
o‘rniga “sotish hajmi” ko‘rsatkichini ilgari suradi.
Bu yalpi talab va yalpi taklif muvozanatli hajmi shakllanish
mexanizmini yangicha tasavvur qilish imkonini beradi. MD hajmi-
ning har qanday o‘sishi ishlab chiqarish va shu orqali yalpi taklif
hajmi ortishining natijasi hisoblanadi.
Yalpi talab chizig‘ining boshlanish nuqtasi “nol” belgisidan
yuqoriroq joylashadiki, iste’molning ayrim eng muhim turlarini
kishilar hatto daromadi eng kam darajada bo‘lganda ham amalga
oshiradi.
359
Do'stlaringiz bilan baham: |