O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

dorligi. 

 

1. 

Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda 

omillari 

 

Milliy  iqtisodiyotda  yangidan  vujudga  keltirilgan  qiymat, 



iste’mol  va  iqtisodiy  jamg‘arish  maqsadlarida  ishlatiladi.  Iste’mol 

keng  ma’noda  jamiyat  iqtisodiy  ehtiyojlarini  qondirish  jarayonida 

ishlab  chiqarilgan  tovar  va  xizmatlardan  hamda  iqtisodiy 

resurslardan  foydalanishni,  uning  iste’mol  qilinishini  bildiradi. 

Bunda unumli, shaxsiy va ijtimoiy iste’mol farqlanadi.  

Unumli  iste’mol  bevosita  ishlab  chiqarish  jarayoniga  tegishli 

bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol 

qilinishini, ya’ni ulardan foydalanish jarayonini anglatadi.  

Shaxsiy  iste’mol  ishlab  chiqarish  sohasidan  tashqarida  ro‘y 

berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi yoki ular 

to‘liq iste’mol qilinadi.  

Iqtisodiy  tahlilda  individual  yoki  jamoa  iste’moli  tushunchalari 

ham farqlanadi. Alohida oila yoki uning a’zolari ixtiyorida bo‘lgan 

iqtisodiy  ne’matlarni  iste’mol  qilish  individual  iste’molga,  jamiyat 

a’zolarining  birgalikda  tovar  va  xizmatlardan  foydalanishi  ijtimoiy 

iste’molni anglatadi.    

Iste’mol maqsadidagi mablag‘lardan butun iqtisodiyot doirasida 

band  bo‘lgan  xodimlarning  moddiy  va  madaniy  ehtiyojlarini,  shu 

jumladan  boshqarish  va  mudofaa  ehtiyojlarini  qondirish  uchun 

foydalaniladi.  U  butun  aholining  shaxsiy  iste’molini,  aholiga 

ijtimoiy  xizmat  qiladigan  muassasalardagi,  shuningdek,  ilmiy 



367 

muassasalar  va  boshqarishdagi  moddiy  sarflarni  ham  o‘z  ichiga 

oladi.  

Unumli  iste’mol  iqtisodiy  resurslarga  sarf-xarajatlar  qilish 

orqali,  ijtimoiy  iste’mol  ijtimoiy  sohalarni  davlat  tomonidan 

moliyalashtirish hamda turli xil ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish 

yo‘li bilan ro‘yobga chiqariladi. 

Uning  shaxsiy  daromad  shaklida  xodimlar  qo‘liga  kelib 

tushadigan qismi iste’molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi. 

Iste’molchilik sarflari – bu aholi joriy daromadlarining iste’mol 

ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismidir. Iste’molchilik 

sarflari mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasiga bog‘liq bo‘lib, 

unga  hududiy  demografik  omillar,  aholining  yosh  va  jins  tarkibi, 

urf-  odat  va  an’analari,  tabiiy-iqlim  sharoitlari  kabilar  ta’sir 

ko‘rsatadi.  

Daromadlarning iste’mol sarflaridan qolgan qismi turli majburiy 

to‘lovlar  chegirib  tashlangandan  keyin  jamg‘arma  maqsadlarida 

foydalaniladi.  

Jamg‘arma  –  bu  uy  xo‘jaliklari  ixtiyoridagi  joriy  daromad-

larining  foizli  daromad  olish  va  kelajakdagi  iste’molini  qondirish 

maqsadida to‘planib (jamg‘arilib) boriladigan qismidir. 

Jamg‘armani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadlar: 

‒ foiz shaklida daromad olish; 

‒ uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho iste’mol tovarlari 

(uy-joylar,  avtomashina  va  boshqa  zebu  ziynat  buyumlari)  sotib 

olish; 


‒  kasallik,  ishsizlik  va  baxtsiz  hodisalar  kabi  oldindan  bilib 

bo‘lmaydigan holatlardan iqtisodiy himoyalanish; 

‒ qarilik davrini moddiy ta’minlash; 

‒ farzandlarining kelajagini ta’minlash; 

‒  kelajakda  vujudga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  turli-tuman  eh-

tiyojlarni qondirish. 

Iste’mol va jamg‘arma shaxsiy daromadning tarkibiy qismlarini 

tashkil  qilishi  sababli,  ular  darajasini  belgilab  beruvchi  umumiy 

omillar mavjud bo‘ladi. Bular quyidagilar: 

shaxsiy daromad hajmi; 

uy xo‘jaliklari jamg‘argan boylik miqdori; 

narxlar darajasi; 




368 

narxlar, daromadlar va tovarlar 

taklifi o‘zgarishi    kutilishi; 

iste’molchi qarzlari miqdori; 

soliqlar darajasi. 

Jamg‘arma  hajmi  uy  xo‘ja-

liklari  daromadidan  iste’molchilik 

sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan 

aniqlanadi.   

Shaxsiy  daromadda  iste’mol-

chilik  sarflari  ulushi  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  jamg‘arma  hajmi 

shunchalik  kam  bo‘ladi.  Jamg‘armaning  o‘sishi  esa  sof  iqtisodiy 

ma’noda  mablag‘larning  iste’mol  buyumlari  xarid  qilishdan 

investitsion tovarlarga yo‘naltirilishini bildiradi.  

Shu  sababli,  daromadda  iste’molchilik  sarflari  va  jamg‘arma 

nisbatining  o‘zgarishi  bir  qator,  ba’zan  qarama-qarshi  oqibatlarga 

olib kelishi mumkin. 

Birinchidan,  daromadlarning  qandaydir  qismini  jamg‘armaga 

qo‘yish oqibatida u tovarlarda bo‘lgan talabda o‘z aksini topmaydi. 

Mahsulotning  har  qanday  hajmini  ishlab  chiqarishdan  olingan 

daromad  to‘liq  sarflangandagina  jami  talabni  ta’minlash  uchun 

yetarli bo‘ladi. Demak, jamg‘arma daromadlar ‒ xarajatlar oqimida 

nomutanosiblik bo‘lishiga olib keladi. 

Jamg‘arma  daromadlardan  mablag‘larni  olib  qo‘yishni  bildirib 

iste’molchilik  sarflari  barcha  ishlab  chiqarilgan  mahsulotni  sotib 

olish  uchun  yetarli  bo‘lmay  qolishini  bildiradi.  Agar  aholi  o‘z 

daromadining  qandaydir  qismini  jamg‘arsa,  o‘zining  xususiy 

talabini  vujudga  keltirmaydi.  Buning  natijasida  sotilmay  qolgan 

tovarlar  ko‘payishi,  ishlab  chiqarish  qisqarishi,  ishsizlik  va 

daromadlarning pasayishi ro‘y berishi mumkin. 

Boshqa  tomondan  jamg‘arma  talabning  yetishmasligiga  olib 

kelmasligi  ham  mumkin,  chunki  jamg‘arilgan  mablag‘lar  tadbir-

korlar 

tomonidan 

investitsion 

maqsadlarda 

ishlatiladi. 

Bu 


iste’molchilik  sarflarining  har  qanday  yetishmasligini  qoplaydi  va 

jamg‘arma 

keltirib 

chiqaradigan 

iste’moldagi 

har 


qanday 

yetishmaslikni  to‘ldiradi.  Uchinchidan,  korxonalar  ham  o‘zining 

barcha mahsulotini iste’molchilarga sotishni ko‘zda tutmaydi, balki 

uning  bir  qismidan  ishlab  chiqarish  vositalari  shaklida  foydalanishi 




369 

mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg‘armalariga 

teng  miqdordagi  mablag‘larni  investitsiyalarga  qo‘yishni  ko‘zda 

tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo‘lib qoladi. 

Iste’mol  va  jamg‘arma  darajasini  aniqlab  beruvchi  asosiy  omil 

milliy  daromad  hisoblanadi.  Lekin  milliy  daromad  tarkibida  to‘g‘ri 

soliqlar  ham  mavjud  bo‘ladi.  Shu  sababli,  soliqlar  to‘langandan 

keyin  aholi  qo‘lida  qoladigan  daromad  iste’molchilik  sarflari  va 

shaxsiy  jamg‘arma  yig‘indisiga  teng  bo‘ladi.  Iste’mol  va  shaxsiy 

jamg‘armaning  darajasi  bevosita  soliqlar  to‘langandan  keyingi 

qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak, bu daromad iste’molning 

ham,  jamg‘armaning  ham  umumiy  omili  hisoblanadi.  Chunki 

jamg‘arma  daromadning  iste’mol  qilinmaydigan  qismi  hisoblansa, 

soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‘armani aniqlab 

beradigan  asosiy  omil  bo‘lib  chiqadi.  Har  yilgi  haqiqiy  iste’mol 

miqdori  va  soliqlar  to‘langandan  keyingi  daromad  o‘rtasidagi  farq 

shu yildagi jamg‘arma miqdorini ko‘rsatadi. 

Shaxsiy  daromad  hajmiga  bog‘liq  ravishda  iste’mol  va  jam-

g‘arma  darajasining  o‘zgarishini  jadval  va  grafikda  shartli  ma’lu-

motlar asosida tushuntirish mumkin.  

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish