Sklerenxima. Muhim mexanik to‘qima bo‘lib, o‘simlikning ildiz, poya kabi
o‘q organlari va o‘tkazuvchi nay tolali boylamlar tarkibiga kiradi.Sklerenxima
hujayralari uzun prozenxima va bir biri bilan zich joylashib, uchi o‘tkirlashgan
tolalar shaklini oladi. Hujayra qobig‘i bir tekis qalinlashadi va unda qavat qavat
bo‘lib joylashadi. Hujayra qobig‘i shakllanib bo‘lgandan keyin hujayralarning
tiriklik qismi nobud bo‘ladi. Shuning uchun o‘lik mexanik to‘qima hisoblanadi.
Sklerenxima kelib chiqishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi hisoblanadi.
Birlamchi sklerenxima o‘sish konusining asosiy meristemasidan prokambiy va
peritsikldan, ikkilamchilari kambiydan hosil bo‘ladi.
O‘simlik organlarida joylashuviga ko‘ra lub tolalari va yog‘ochlik tolalariga
bo‘linadi (16- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |