M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

53 - pasm. Jinsiy ko‘payish usullari. 
1-izogamiya, 2-geterogamiya, 3-oogamiya, 4-konugatsiya 
 
Suv  havzalarida,  chuchuk  suvlarda,  dengiz  va  okeanlarda  suvo‘tlar  har 
xil chuqurlikda yashaydi. Ularning ko‘p miqdorini tashkil etuvchi mikroskopik 
to‘dasi erkin suzib, fitoplanktonni hosil qiladi. Boshqalari esa suv havzasining 
300  m  gacha  bo‘lgan  chuqurligida  yashab,  bentos  (suv  ostidagi  o‘simlik  va 
hayvon  organizmlar  to‘dasi)  tarkibiga  kiradi.  Ayrim  suvo‘tlar  juda  past 
haroratda  ham  hayot  kechirish  qobiliyatini  yo‘qotmaydi.  Hatto  qutbda,  tog‘ 
cho‘qqilaridagi  qorlarda  ham  yashaydi.  Qor  xlamidomonadasi  qorni  qizil, 
sariq, yashil, qo‘ng‘ir  ranglarga bo‘yashi mumkin. Xlorellaning ayrim vakillari 
ham  havoda  yashay  oladi.  Nam  tuproqda  yashaydigan  suvo‘tlar  yer  yuzida 
organik moddalarning ko‘payishiga va unumdorlikni oshirishga yordam beradi. 
Suvo‘tlar  tabiatda  juda  katta  ahamiyatga  ega.  Ular  suvda  yashaydigan 
jonivorlar  uchun  asosiy  oziq  modda  hisoblanadi,  suvdagi  karbonat  angidridni 
yutib, kislorod ajratib chiqaradi. Yirik dengiz suvo‘tlaridan mollarni boqishda, 
yerlarni  o‘g‘itlashda  foydalaniladi.  Qo‘ng‘ir  suvo‘tlardan  yod,  brom 
elementlari olinadi. 
Dengiz  karami  deb  atalgan  qo‘ng‘ir  suvo‘t  iste’mol  qilinganda,  bo‘qoq 
kasali  sodir  bo‘lmaydi.  Qizil  suvo‘tidan  agar-agar  deb  ataladigan  modda 
olinadi. Bu modda mikrobiologiya sohasida mikroblarni o‘stirishda asosiy oziq 
modda hisoblanadi. Shuningdek, u yana qandolatchilik sanoatida marmeladlar 
tayyorlashda ishlatiladi. 


211 
 
Ko‘pgina  suvo‘tlarda  vitaminlar  bo‘lgani  uchun  ham  iste’mol  qilinadi. 
Suvo‘tlar  ayrim  hollarda  zarar  keltirishi  mumkin,  chunki  ularning  to‘dalari 
suvni  bir  tekisda  oqishiga  to‘skinlik  qiladi,  dengizlarda  kemalar  harakatiga 
salbiy  ta’sir  qiladi.  Shuning  uchun  suvo‘tlar  to‘dasi  yo‘qotilib  turiladi.  Lekin 
ularni butunlay yo‘qotish mumkin emas, aks holda baliqlar zararlanib, ichimlik 
suvining ta’mi buzilishi mumkin. 
Dasturda tuban o‘simliklarga juda kam soat ajratilganligini va tibbiyotda 
talab kuchli bo‘lmaganligini hisobga olib zamburug‘lar, suvo‘tlar, lishayniklar 
juda  qisqa  holda  bizga  tegishli  bo‘lgan  vakillarining  nazariy,  amaliy 
ahamiyatlari umumiy tarzda yoritildi. 
 
Ko‘k-yashil suv o‘tlar –Cyanophyta 
     Ko‘k-yashil  suv  o‘tlar  eng  sodda  tuzilishga  ega  bo‘lgan,  bir  hujayrali  yoki 
koloniya  bo‘lib  yashovchi  organizmlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  suv  o‘tlarning 
tarkibida  xlorofill  pigmentidan  tashqari  ko‘kimtir  tus  beruvchi  fikotsian 
pigmenti  mavjud.  Ko‘k  yashil  suv  o‘tlar  asosan  chuchuk  suvlarda,  zax 
yerlarda,  soylarda  o‘sadi.  Ba’zi  vakillari  esa  issiq  buloqlarda  va  dengizlarda 
ham  uchratish  mumkin.  Suv  o‘ti  hujayrasi  sirti  tomondan  pektinli  po‘st  bilan 
o‘ralgan  bo‘lib,  ichida    protoplazma,  va  hujayra  shirasi  mavjud,  haqiqiy 
yadrosi  yo‘q.  Ammo  protoplazmasi  ichida  sochilgan  holda  yadro  moddasi 
bo‘ladi. Ko‘k yashil suv o‘tlarda xromotofori ham bo‘lmaydi, pigmentlari esa 
hujayra shirasida erigan holda bo‘ladi.  
      Ko‘k-yashil  suv  o‘tlari  oddiy  bo‘linish  yo‘li  bilan  ko‘payadi.  Noqulay 
sharoitda  esa  jinssiz  yo‘l  bilan  ya’ni  spora  hosil  qilib  ko‘payadi.  Ko‘k-yashil 
suv o‘tlar vakiliga ossilatoriya, lingbiya, nostoklarni misol qilishimiz mumkin.  
 
Qizil suvo‘tlar — Rhodophyta 
Qizil  suvo‘tlar  asosan  dengizlarda  tosh  va  boshqa  buyumlarga 
(substratlarga)  birikkan  holda  yashaydi,  juda  oz  qismi  chuchuk  suvlarda 


212 
 
uchraydi. Qizil suvo‘tlarda xlorofill, karotin va ksantofill pigmentidan tashqari 
qizil  tusdagi  fikoeritrin  pigmenti  mavjud.  Ular  asosan  dengizning  eng  chuqur 
(500  m)  joylarida  uchraydi,  u  yerga  quyoshning  faqat  ko‘k,  binafsha  nurlari 
yetib  boradi.  Qizil  suvo‘tlarning  tuzilishi  juda  xilma-xil.  Ipsimon,  to‘p  yoki 
plastinkasimon, ba’zilari poya va bargga o‘xshash qismlarga ajraladi. 
Qizil  suvo‘tlarda  vegetativ  ko‘payish  ajralib  chiquvchi  kurtaklar 
vositasida  sodir  bo‘ladi.  Jinssiz  ko‘payganda  sporangiylarda  harakatsiz  bitta 
yoki  to‘rttadan  zoosporalar  hosil  bo‘ladi  va  qulay  sharoitda  yangi  qizil  suvo‘t 
rivojlanadi.  Jinsiy  ko‘payish  asosan  oogamiya  yo‘li  bilan  sodir  bo‘ladi.  Qizil 
suvo‘tning  oogamiyasi  karpogon  deb  ataladi  va  kolbaga  o‘xshash  pastki 
kengaygan  qismi  qorincha,  bo‘yni  esa  trixogina  deyiladi.  Anteridiyasi  bir 
hujayrali  bo‘lib,  spermiy  ishlab  chiqaradi.  Ular  qo‘shilib  zigota,  so‘ngra 
karposporalarga aylanadi. Karposporalar yakka joylashmay, sistokarp uyumini 
hosil qiladi (54-rasm). 
 
 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish