56 – rasm. Xaraning umumiy ko‘rinishi
A — umumiy kurinishi, b — tana bo‘lakchasi: 1- rizoid, 2- tugunak, 3- yonga
tarmoqlanish, 4- markaziy hujayra, 5- tashqi hujayra, 6- bir hujayrali tarmoqlanish, 7-
oogoniya, 8- tuxum hujayra, 9- tojcha, 10- anteridiya, 11- qalqon,
12- dastacha, 13- spermagoniya, 14- spermatozoid.
HUJAYRALI, YADROLI, PLASTIDSIZ TALLOFITLAR—
THALLOBIONTA APLASTIDAE
Zamburug‘lar- Mycophyta (Fungi)
Hozirgi zamon olimlarining ma’lumotlariga qaraganda, zamburug‘lar
mustaqil eukariot (yadroli) organizmlar deb tan olinmoqda. Chunki ular
o‘simlik va hayvonlardan farq qiladi. Zamburug‘larning xarakterli belgilari
quyidagilardan: hujayra po‘sti yaxshi ajralgan, geterotrof holda oziqlanadigan,
so‘ruvchan, harakatsiz, cheksiz o‘sadigan, oziq to‘plovchi moddasi
glikogendan iborat.
Zamburug‘lar qadimiy bo‘lib, silur, devon davrlardagi qazilmalardan
topilgan zamburug‘larning barcha vakillari, hozirgi davrdagi vakillariga juda
o‘xshash. Tabiatda ularning 100.000 dan ortiq turi uchraydi.
Zamonaviy mikologlarning ma’lumotlariga qaraganda, zamburug‘lar
219
urvoqlilardan kelib chiqqan (rangsiz xivchinlilar). Zamburug‘lar yig‘ilgan
guruh bo‘lib, har xil taksonda paydo bo‘lgan organizmlarni birlashtiradi. Ularni
uchta bo‘limga ajratish mumkin: haqiqiy zamburug‘lar, oomitsetlar va
lishayniklar. O‘simliklar sistematikasida lishayniklar suvo‘tlardan so‘ng
qo‘yilgan, lekin hozirgi ma’lumotlarga qaraganda, o‘simliklar qatoriga emas,
ularni zamburug‘lar qatoriga qo‘shish maqsadga muvofiq, deb ta’kidlanmokda.
Shuning uchun darslikda lishayniklar zamburug‘lardan so‘ng yoritiladi.
Haqiqiy zamburug‘lar beshta sinfga bo‘linadi:
1. Xitridomitsetlar (arxiomitsitlar) - Chytridomycetes (Archimycetes).
Mitselliysi umuman yo‘q yoki u murtak holatida bo‘lgan zamburug‘lar; bu
zamburug‘larning eng qadimgi va primitiv sinfi hisoblanadi.
2. Zigomitsetlar (fikomitsetlar) - Zygomycetes (Phycomycetes). Bu sinf
vakillari hujayrasiz tuzilishli mitselliyga ega bo‘lib, uning gifalari vegetativ
holatida to‘siqlari bo‘lmaydi.
3. Askomitsetlar – Ascomycetes yoki xaltachali zamburug‘lar, ko‘p
hujayrali mitselliyga ega. Sporalari o‘ziga xos xaltachalar (askalar)da
rivojlanganligi uchun zamburug‘larga shunday nom berilgan.
4. Bazidiomitsetlar – Basidiomycetes. Bu sinf vakillarida ham ko‘p
hujayrali mitselliysi bor, sporalari tashqarida maxsus organlarda –
bazidiyalarda rivojlanadi.
5. Takomillashmagan zamburug‘lar - Fungi imperfecti. Ushbu sinf
zamburug‘lari ham ko‘p hujayrali mitselliyga ega, jinssiz usulda rivojlanib,
jinssiy ko‘payishi noma’lum.
Zamburug‘larning tanasi asosan mayda mikroskopik tuzilishda, lekin
ularning tanasi 1,5 m gacha boradigan yirik turlari ham uchraydi. Zamburug‘lar
tanasi mitseliy deyilib, ular ip shaklida shoxlanadigan gifalar yig‘indisidan
iborat. Ular asosan ustki tanasi orqali oziq moddalarni so‘rib oladi. Ba’zi
zamburug‘lar tanasining bir qismi boshqa tirik tanaga kirib joylashib, undan
oziqlanib parazit holda yashaydi.
220
Zamburug‘lar tanasining ayrim qismlari havoda bo‘lib, ko‘payishga
xizmat qiladi. Tuban tuzilgan zamburug‘larning hujayrasi bo‘linmay, bir butun
hujayrani tashkil qiladi va unda ko‘p yadrolar mavjud. Murakkab tuzilgan
zamburug‘larning gifalari bo‘lingan, ko‘p hujayrali bo‘lib, bitta yoki bir nechta
yadroga ega. Ayrim gifalar juda zich birlashib sklerotsiylarni hosil qiladi, ular
soxta to‘qima - plektenximadan iborat. Sklerotsiy hujayralari oziq moddalarga
boy, shuning uchun qishda nobud bo‘lmay saqlanib qoladi.
Tuban tuzilgan zamburug‘larning hujayra po‘sti sellulozadan, yuksak
zamburug‘larniki esa hasharot xitiniga o‘xshash azotli moddalardan tuzilgan.
Zamburug‘lar tanasining umri har xil bo‘lib, bir necha haftadan (mog‘or) to bir
necha yilgacha (qo‘ziqorinlar) yashaydi.
Zamburug‘lar yuqorida qayd qilinganidek, parazit va saprofit oziqlanib
hayot kechiradi. Ular moddalar almashinuvi jarayonida turli oziq moddalarni
oz bo‘lsa ham polisaxaridlardan glikogen, sporalarida yog‘lar, oqsillarni
to‘playdi.
Zamburug‘larning ko‘payish yo‘llari ham juda xilma-xildir. Bu hol
ularning har xil ekologik sharoitda yashashga moslanishidan kelib chiqqan.
Ular vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘llarda ko‘payadi. Vegetativ, jinssiz
ko‘payish ustun turib, lekin jinsiy ko‘payish suv zamburug‘laridagina saqlanib
qolgan. Quruklikdagi zamburug‘larda esa jinsiy ko‘payish nihoyatda
reduksiyalangan. Zamburug‘larning vegetativ ko‘payishi qo‘yidagicha sodir
bo‘ladi.
Bir qancha giflar uzilib chiqib, o‘sadi va mustaqil individga aylanadi.
Oidiylar vositasi bilan ko‘payish. Bunda giflarning uchlari bir qancha
alohida hujayralarga bo‘linadi va yangi mitselliyni hosil qiladi.
Xlamidosporalar hosil qilib ko‘payadi. Bu oidiyga o‘xshash bo‘lib, ikki
qavat po‘st va ko‘p oziq modda saqlaydi. Noqulay sharoitda bemalol yashab,
qulay sharoitda rivojlanadi.
Kurtaklanish yo‘li bilan achituvchi zamburug‘lar ko‘payadi. Bunda
221
hujayrada o‘simtalar hosil bo‘ladi, u yetilib ona hujayradan ajralib yashaydi.
Sklerotsiy vositasida ko‘payish. Bunda sklerotsiydan bahorda mevali
tanacha va boshcha (stroma) hosil bo‘ladi. Stroma ichida peritetsiylar (ichki
mevalar) rivojlanib, ularning har biri ichida 8 tadan askosporalar hosil bo‘ladi.
Askosporalar etilib havoga tarqalgan vaqti g‘alla o‘simliklarining gullagan
vaqtiga to‘g‘ri keladi. Askosporalar o‘simlikning og‘izchasi orqali kirib urug‘
kurtagiga borib joylashadi. Natijada don o‘rnida sklerotsiy hosil bo‘ladi.
Zamburug‘lar jinssiz ko‘payganda turli sporalar hosil qiladi.
1. Zoosporalar gifalarning uchidan ajralib xivchinlar hosil qiladi, suvda
aktiv suzib, biror organik moddaga ilashadi va tana hosil qilib ko‘payadi.
2. Zamburug‘larning gifalari ustida sporangiylar va ularning ichida juda
ko‘p sporalar hosil bo‘ladi. Ular sporangiyspora deb ataladi va qulay sharoitda
tana hosil qiladi.
3. Zamburug‘lar konidiyasporalar bilan ham ko‘payadi. Ular quruqlikda
yashaydigan sklerotsiy kabi zamburug‘larda uchraydi. Konidibandlar uchida
konidiyasporalar etilib, tizmalar bir-biridan uziladi va tarqalib ko‘payadi.
Zamburug‘lar jinsiy ko‘payganda izogamiya, geterogamiya va oogamiya
yo‘li bilan ko‘payadi.
Izogamiyada morfologik bir xil, lekin fiziologik har xil bo‘lgan jinsiy
hujayra - gametalar qo‘shilib ko‘payadi.
Geterogamiyada morfologik va fiziologik jihatdan har xil bo‘lgan jinsiy
hujayralar qo‘shilib ko‘payadi. Makrogameta urug‘chi, mikrogameta —
changchi hisoblanadi.
Oogamiyada changchi va urug‘chi bir hujayrali jinsiy organlar hosil
bo‘ladi. Ular suvga tuxum hujayra — spermatozoid ishlab chiqaradi va ular
suvda qo‘shilib ko‘payadi. Yuksak zamburug‘larning jinsiy ko‘payishi juda
reduksiyalangan, shuning uchun ularni aniqlab bo‘lmaydi va buning ustiga ular
yaxshi o‘rganilmagan.
Xaltacha va bazidiya paydo bo‘ladigan hujayrada yadroning qo‘shilishi,
222
uning ketma-ket reduksion bo‘linib hujayralar ichida sporaning hosil bo‘lishi
oldidan jinsiy jarayon bo‘lib o‘tadi.
Yuksak zamburug‘larning zigotasi ayrim gametalarga differensiallanmay
ikkita hujayraning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Hujayra yadrosi qo‘shilmay
mustaqil bo‘lina boshlaydi. Ular faqat xaltacha yoki bazidiya taraqqiy etishi
oldidan qo‘shiladi. Demak, yuksak zamburug‘larning taraqqiyot fazasi
zigotadan xaltacha va bazidiya paydo bo‘lishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga
olishi va hujayrada chin diploid yadro emas, bir-biriga qo‘shilmagan faqat
yaqinlashib turgan gaploid yadroning bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Jinsiy jarayonda hosil bo‘lgan askospora yoki bazidiy sporalar o‘sib,
bittadan gaploid yadroli mitseliyga aylanadi.
Zamburug‘lar tabiat va inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ular
bakteriyalar bilan birga organik moddalarni anorganik moddalargacha
parchalaydi. Zamburug‘lar ildizlar bilan simbioz holda yashab mikorizalar
hosil qiladi. Mikorizalar suvda erimaydigan moddalarni (vitamin RR ni) eritib,
ildizga shimdirib beradi. Ular ichki — endotrof, tashqi — ektotrof holda
uchraydi.
Qo‘ziqorin turlari juda ko‘p bo‘lib, ular ichida zaharlilari va oziq modda
sifatida ishlatiladigan vakillari ham uchraydi. Achituvchi zamburug‘lar spirtli
ichimliklar tayyorlashda, non yopishda ishlatiladi. Ko‘pchilik zamburug‘lar
biologik faol moddalardan fermentlar, organik kislotalar, vitaminlarni hosil
qiladi. Zamburug‘lardan antibiotik preparatlar: penitsillin, streptomitsin
olinadi. Zamburug‘larning ayrim turlari qishloq xo‘jalik ekinlarida va
odamlarda kasallik qo‘zg‘atadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |