Bakteriya– Bakteria
Bir hujayrali juda mayda organizmlarga bakteriyalar deb ataladi.
Bakteriyalar mikron va mikronning o‘ndan bir, yuzdan bir qismi bilan
o‘lchanadi. Sistematik jihatdan bakteriyalar, ayniqsa uning ipsimon formalari
ko‘k yashil suv o‘tlarga yaqin turadi.
Bakteriyalar har qanday yashash sharoitiga moslasha oladi, shuning uchun
ular yer sharining hamma joyida uchraydi. Ular tuproqda, chuchuk va dengiz
208
suvlarida, havoda juda ko‘plab uchraydi. Oziq-ovqat mahsulotlarida,
o‘simliklar, hayvon va odam organizmida yashaydi.
Bakteriyalarning shakli har xil bo‘ladi. Shu belgilarga ko‘ra qarab
sharsimon-kokklar, tayoqchasimon-batsillalar, egik tayoqchasimon-vibrion,
spiralsimon bo‘ralgan- spirillalar deb ataladi.
Ko‘pgina bakteriyalarda xivchinli bo‘ladi, ular shu xivchin yordamida
harakatlanadi. Bakteriyaning hujayra po‘sti ba’zan pektin aralash azotli
moddadan yoki gemitsellyulozadan tashkil topgan bo‘ladi. Hujayra ichida
nukleoproteidlari juda ko‘p protoplazma va hujayra shirasi bo‘ladi,
ko‘rinadigan yadrosi bo‘lmaydi.
Bakteriyalar bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi, hosil bo‘lgan yosh hujayra
qulay sharoitda tez kattalashib voyaga yetadi, bu ham yarim soat ichida
bo‘linishga kirishadi. Bir hujayrali bakteriyalardan tashqari koloniya bo‘lib
yashovchi bakteriyalar ham bo‘lib, ular alohida hujayralar kokklar
yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ba’zan bakteriyaning ona hujayrasi bo‘linishidan
hosil bo‘lgan bola hujayralar tarqalib ketmay, juft-juft bo‘lib birikib qoladi.
Bunday qo‘shaloq formalar diplokokklar deb ataladi. Bir tomonga qarab juda
ko‘p bo‘linish natijasida streptokokklar deb ataluvchi hujayralar zanjiri hosil
bo‘ladi. Ba’zi hollarda hujayralarning ko‘p marta bo‘linishi natijasida,
hujayralar to‘dasi hosil bo‘lib, ular uzum boshiga o‘xshaydi va stafilokokklar
deb ataladi.
Bakteriyalar tabiatda juda katta ahamiyatga ega. Ular ham boshqa
organizmlar bilan birgalikda tabiatda moddalarning doimiy aylanishiga yordam
beradi. Bakteriyalar organik substratga tushgandan keyin uni parchalaydi,
natijada
tuproqqa,
atmosferaga
o‘tuvchi yoki yuqori o‘simliklar
o‘zlashtiradigan birmuncha oddiy moddalar hosil bo‘ladi. Buning natijasida
organik moddalar to‘liq minerallashadi va suv, karbonat angidrid, ammiak,
vodorod sulfid va boshqa ko‘rinishdagi oddiy birikmalar hosil bo‘ladi.
Shu bilan birga ko‘pgina bakteriyalar patogen bo‘lib, odam, hayvon va
209
o‘simliklarda og‘ir, yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Odamda sil, tif,
vabo, zaxm va boshqa og‘ir kasalliklarni keltiruvchi mikroorganizmlar eng
havfli patogen bakteriyalardir. Madaniy va yovvoyi o‘simliklarning ba’zi
kasalliklari ham bakteriyalar hisobiga zararlanadi. G‘o‘zaning gommoz, karam
va bodringda bakterioz, pomidorda bakteriyali rak kasalliklari va boshqalar
kiradi.
HUJAYRALI, YADROLI, PLASTIDLI TALLOFITLAR —
THALLOBIONTA EUKARYOTA
Suvo‘tlar — Algae
Suvo‘tlar avtotrof yashaydigan organizmlardir. Ularda fotosintez
jarayoni sodir bo‘ladi. Fotosintez jarayonida anorganik moddalardan organik
moddalar hosil bo‘ladi. Quyosh energiyasi har xil organik moddalarda
konsentrik holatda to‘planadi va erkin kislorod ajraladi. Tabiatda shunday
jarayon kechgani uchun tirik mavjudot hayoti davom etadi. Bunday jarayon
bo‘lmaganda, tabiatda hayotning o‘zi ham bo‘lmas edi.
Tabiatda organik dunyoning paydo bulishida avtotrof o‘simliklardan
suvo‘tlar birlamchi bo‘lib, geterotrof o‘simliklar ikkilamchidir.
Suvo‘tlar morfologik jihatdan juda xilma-xil bo‘lib, ular orasida
mikroskopik bir hujayralilar bilan bir qatorda bir necha o‘n metrga boradigan
vakillari ham bor. Koloniya bo‘lib yashaydigan suvo‘tlar bir hujayralilar bilan
ko‘p hujayralilar orasidagi bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Ularning tanasi o‘zaro
bo‘sh birikkan hujayralar to‘dasidan iboratdir. Suvo‘tlar tana holatida
yashaydigan o‘simliklar, ularda ildiz, poya, barg bo‘lmaydi. Biroq ba’zi
vakillarining tanasi — tallomi birmuncha murakkab tuzilgan bo‘lib,
bajaradigan vazifasiga muvofiq ravishda tanasi ayrim qismlarga ajralgan.
Suvo‘tlar vegetativ (tanasi orqali), jinssiz (sporalar yordamida) ko‘payib, jinsiy
ko‘payishi izogamiya, geterogamiya, aogamiya yo‘li bilan amalga oshadi
(53-rasm).
210
Do'stlaringiz bilan baham: |