M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Magnoliophyta 
Sinf 
Ikki urug‘pallalilar - Dicotyledoneae, 
Magnoliopsida 
Kenja sinf 
Ranunkulidlar – Ranunculidae 
Tartib 
 Ranaliyalar -  Ranales 
Oila 
Ayiqtovondoshlar – Ranunculaceae 
Turkum 
Ayiqtovon – Ranunculus 
Tur 
Zaharli ayiqtovon - Ranunculus acris 
 
Turdan  yuqoridagi  taksonomik  kategoriyalarga  mansub  barcha 
taksonlarning ilmiy nomlari bitta lotin so‘zidan, turning nomi esa ikki so‘zdan 
tashkil  topgan.  O‘simlik  turlarini  ikki  nom  bilan  atash  –  binar  nomenklatura 
deyilib, uni ilk bor K. Linney 1753 - yilda fanga kiritgan. Linney har bir turga 
ikki  lotin  so‘zidan  iborat  nom  bergan:  turkum  nomi  va  tur  nomi,  masalan 
dorivor gulhayri – Althaea officinalis, arman gulhayrisi – Althaea armeniaca
Tur  va  turkumdan  tashqari  takson  nomlariga  muayyan  qo‘shimchalar 
biriktiriladi,  bu  esa  o‘simliklarning  taksonomik  kategoriyasini  aniqlashga 
imkon  beradi.  O‘simliklar  oilasi  uchun  -  aceae,  tartiblar  uchun  -  ales,  kenja 
sinflar  uchun  –  idae,  sinfga  –  psida,  bo‘limga  –  phyta  qo‘shimchasi 
biriktirilgan.    
 


203 
 
Ilk  bor  o‘simliklarning  tarkibi  va  ishlatilishiga  qarab  ular  guruhlarga 
ajratilgan, buni tasviriy sistema deb atalsa bo‘ladi. Lekin birinchi ilmiy asosda 
sun’iy  sistemalar  tuzila  boshlagan.  Sun’iy  sistemada  o‘simliklarning  bitta 
morfologik belgisiga qarab guruhlarga ajratilgan. 
Mukammal  ravishda  o‘simliklarning  sun’iy  sistemasini  tuzgan  o‘tkir 
zehnli,  iste’dodli  mashhur  shved  tabiatshunosi  Karl  Linney  bo‘lgan. 
Sistematika sohasida dastlabki ishi 1735  - yilda nashr etilgan. Bu «Tabiatning 
sistemasi» (Sistema naturae) nomli asarida bayon qilingan. 
K.Linneygacha  o‘simliklar  dunyosining  xilma-xilligi  to‘g‘risida  juda 
ko‘p ma’lumotlar to‘plangan bo‘lsa ham, lekin yagona bir sistema bo‘lmagani 
uchun  juda  ko‘p  chalkashliklar kelib  chikkan.  K.Linney  esa bu  chalkashlikka 
chek  qo‘ydi.  U  o‘simliklar  dunyosini  24  sinfga  ajratdi.  Sinflarga  ajratishda 
o‘simlik  gulidagi  changchilar  sonini  va  tutashib  o‘sish  usullarini  asos  qilib 
oladi  va  bu  bilan  o‘simliklar  tasnifining  birmuncha  sodda  hamda  qulay 
sistemasini  yaratdi.  U  o‘simliklarning  sinf,  tartib,  tur  va  tur  xillarini  ham 
ko‘rsatib  berdi.  O‘simliklarni  juda  aniq,  nomlashning  yagona  sistemasini 
kiritdi.  O‘simliklarning  turkum  va  turi  nomini  qo‘yib,  qulay  deb  ta’kidladi. 
Shundan  boshlab  o‘simliklarning  qo‘sh  nom  (binar  nomenklatura)  bilan 
yuritish  juda  qulay  bo‘ldi.  Biroq  K.  Linney  yaratgan  sistema  kamchiliklardan 
xoli emas, sun’iy sistema edi. 
Tabiiy  sistemani,  fransuz  botanigi  Jyuse  (1789),  shvetsariyalik  olim 
Dekandol  (1821)  va  rus  olimi  Goryaninovlar  (1834)  tuzishdi.  Tabiiy  sistema 
taraqqiyotida  mashhur  tabiatshunos,  evolutsion  ta’limotga  birinchi bo‘lib  asos 
solgan fransuz olimi Jan Batist Lamark (1744-1829) ham katta rol o‘ynaydi. U 
«Fransiya  florasi»  degan  uch  jildlik  kitobini  nashr  ettirdi.  1859  yilda  ingliz 
olimi  Charlz  Darvinning  (1809-1882)  «Tabiiytanlanish  yo‘li  bilan  turlarning 
paydo  bo‘lishi»  degan  mashhur  asarining  chop  etilishi  biologiya  fanida 
erishilgan katta yutuq bo‘lib hisoblanadi. Zero, Ch. Darvin ta’limotidan so‘ng 
biologiyaning ko‘plab sohalari va boshqa fanlar ham rivojlanib ketdi.  


204 
 
Yuqori  taksonomik  birlikda  sinf,  bo‘limning  qadimiy  nomlari  ham 
ishlatilishi mumkin. Masalan: ochiq urug‘lilar bo‘limi - Pinophyta  
Gymnospermae,  yopiq  urug‘lilar  bo‘limi  -  Angiospermae,  ikki  pallali 
o‘simliklar  -  Dicotyledones,  bir  pallali  o‘simliklar  -  Moposotyledones  - 
Liliopsida. 
Sistematikada eng katta sistematik birlik bo‘lim bo‘lsa, eng kichik birlik 
turdir.  Katta  taksonomik  birlik  umumiy  belgilardan  iborat  bo‘lsa,  kichik 
sistematik  birlikning  belgilari  juda  ravshan  va  aniqdir.  Tur  haqidagi  dastlabki 
tushunchani  sistematikaga  Jon  Rey  kiritgan  bo‘lib,  K.Linney  esa  turni 
sistematikadagi asosiy taksonomik birlik sifatida qabul qilgan. 
Tur  deb,  makromorfologik  belgilari  bilan  farqqiladigan,  bir  avloddan 
kelib chiqqan, bir-biri bilan erkin chatisha oladigan, o‘z tarqalish arealiga ega 
bo‘lgan va o‘zaro o‘xshash individlar yig‘indisiga aytiladi. 
O‘simliklar 
dunyosi 
nihoyatda 
xilma-xilligiga 
qaramasdan, 
sistematikada  shartli  ravishda  qulay  bo‘lishi  uchun  barcha  o‘simliklar  ikkita 
bo‘limga ajratilgan, tuban va yuksak yoki barg poyali o‘simliklar. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish