Urug‘ fiziologiyasi
Urug‘ning etilishi fiziologik jarayonning tugallanishi oldidan sodir
bo‘ladi. Fiziologik rivojlanish to‘xtashi bilan urug‘ga suvning kirishi to‘xtaydi,
buning oqibatida urug‘ning ichiga oziq moddalar kirishi ham to‘xtaydi. Urug‘
ichida sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlar va fermentlarning garmon faolligi
sekinlashadi hamda namlik 5-10 foizga kamayadi. Urug‘ qobig‘i zichlashib,
ko‘pchilik hollarda yog‘ochlanadi. Etilgan urug‘ uzoq muddato‘z fiziologik
194
xususiyatini yo‘qotmay saqlaydi. Urug‘ning bu holati fiziologik tinim holati
deb ataladi.
Tinim holatidan urug‘lar har xil vaqtda, har xil holatda chiqishi
mumkin. Bir pallali o‘simliklar urug‘ining tinim holati juda osonlik bilan nam
va issiqlik ta’sirida rivojlanishga o‘tadi. Ba’zi urug‘lar sovuq ta’sirida unib
chiqsa, ba’zilari suvda ivitilgandan so‘ng unib chiqadi. Tabiatda shunday
urug‘lar borki, ularning urug‘ po‘stini mexanik yo‘l bilan tilinmasa unib
chiqmaydi.
Urug‘ning unib chiqishida juda murakkab biokimyoviy, anatomik va
fiziologik jarayonlar sodir bo‘ladi. Urug‘ po‘stidan suv kirishi bilan nafas olish
jarayoni sodir bo‘ladi, oziq moddalar suyulib, harakatlanib oqsillar hosil qiladi.
Natijada murtakdagi dastlabki bargcha, poyachadan er betiga barg poya o‘sib
chiqsa, dastlabki ildizchadan erga ildiz o‘sa boshlaydi.Urug‘dan o‘sayotgan
o‘simlik fotosintezga ko‘proq muhtoj bo‘lsa, urug‘palla er betiga chiqib yashil
holatga o‘tib oladi, agar oziq moddalar ko‘proq kerak bo‘lsa, urug‘palla er
ostida qoladi. Urug‘ning o‘sib chiqishi uchun umuman 6-10 kun vaqt kerak
bo‘lsa, yog‘ochlanganlariniki 10-60 kunga boradi.
M E V A
M e v a - bitta guldan hosil bo‘lgan, o‘zida urug‘ saqlaydigan
ko‘payish organidir. Odatda, gulda urug‘lanish jarayoni o‘tgandan keyin meva
hosil bo‘ladi. Urug‘chi tugunchasining o‘zgarishidan meva etiladi. Ba’zan
mevaning hosil bo‘lishida gul o‘rni changchilarning ostki qismi, gultoj va
gulkosa barglari ham ishtirok etishi mumkin. Amerikalik olim A.Imsning
fikricha meva –etuk gul demakdir.
Meva urug‘ni tashqi muhitning har xil noqulay ta’siridan saqlaydi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, ypyg‘ urug‘murtakdan,meva tuguncha devoridan
shakllanadi. Meva urug‘ning atrofini to‘liqo‘rab olgan bo‘lib ypyg‘
195
pishgungaqadar meva ichida yopiqholda bo‘ladi.Ko‘pchilik o‘simliklarda urug‘
yetilganidan so‘ng meva yoriladi va ichidagi urug‘lar har tomonga chatnaydi.
Shunga ko‘ra, o‘simliklarni mevalari chatnaydigan va chatnamaydigan xillari
farqqilinadi.
Ba’zi yopiq urug‘li o‘simliklarda apomiksis, ya’ni murtakning
urug‘lanmay rivojlanishi sodir bo‘ladi. Meva urug‘ning hosil bo‘lishida, uni
himoya qilish va tarqalishida ahamiyati katta. Mevaning morfologik asosi,
dastlab urug‘chi tuguni hisoblanadi. Gulning qolgan qismlari, ya’ni
gulqo‘rg‘oni, changchilari so‘lib qoladi. Ba’zi bir o‘simliklar mevasining hosil
bo‘lishida ular ham ishtirok etadi. Masalan, olmada kosachabarg ishtirok
etadi.Tugunchada kuchli o‘zgarish sodir bo‘lishi natijasida tuguncha
kattalashadi. Tugunchadagi hujayrada har xil plastik va energetik moddalar,
oqsil, kraxmal, glyukoza, yog‘ va ba’zi vitaminlar hosil bo‘ladi.
Odatda mevada bitta yoki bir nechta urug‘ bo‘ladi. O‘simlikning
nasldan-naslga o‘tish xususiyatlari ana shu urug‘da saqlanadi.
Ayrim o‘simliklarda bir nechta guldan yoki to‘pguldan meva hosil
bo‘ladi. Meva ikki qismdan: meva qati (perikarp) va urug‘dan iborat bo‘ladi.
Pishib etilgan meva po‘sti, meva qati tugunchaning devoridan hosil
bo‘lib, uch qavatga ega:
1. Ekzokarp (tashqi qavat).
2. Mezokarp (o‘rta etli va suvli qavat).
3. Endokarp (ichki) qavat.
Danaklilardan shaftoli, olxo‘ri, olcha va boshqalarda endokarpiy
yog‘ochlangan sklereid hujayralaridan iboratbo‘lib, uning ichida joylashgan
urug‘, tashqi muhitning turli-tuman noqulay ta’siridan himoyalangan bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, ularning urug‘i ko‘p yillar davomida o‘zining unuvchanligini
yo‘qotmaydi. Meva po‘stining ekzokarp katlamlari orasidagi oraliqqatlam
mezokarp, asosan oziq moddalar to‘planadigan, ko‘pchilik hollarda qalin etli,
shirali bo‘ladi. Mevapo‘stining yuqorida izohlangan uchala qismidan
196
perikarptashkil topadi. Perikarpo‘simlikning turli-tuman turlarida bir xil emas.
Ayrim o‘simliklarda u quruq, boshqalarida etli, shirali bo‘ladi.
Mevalar meva qatining rivojlanishiga qarab: quruq va ho‘l (sersuv)
mevalarga bo‘linadi.
Ho‘l mevalarning meva qati (perikarp)da mezokarp qavati yaxshi
rivojlangan. Quruq mevalarda esa mezokarp emas, balki ekzokarp va endokarp
qavatlari mavjud. Mevalar bir urug‘li va ko‘p urug‘li bo‘lishi mumkin.
Mevalarni tasniflash
Tabiatdagi mavjud mevalar tasniflanganda ularning morfologiyasi,
morfogenetik jihati va evolutsion rivojlanishi hisobga olingan. Morfogenetik
jihatdan baho berish urug‘chining tuzilishiga qarab amalga oshirilgan.
Morfogenetik tasniflashda jamiki mevalar to‘rtta guruhga ajratiladi: apokarp,
monokarp, sinokarp va psevdomonokarp. Har qaysi guruh evolutsion
rivojlanishda turli mevalarni birlashtiradi.
Apokarp mevalar birlashmagan urug‘chi gullardan hosil bo‘lib,
har bir mevachada gul o‘rnida alohida joylashadi. Bunday mevachalar
hamisha ustki gul tugunchasidan hosil bo‘ladi. Apokarp mevalar evolutsion
taraqqiyotda qadimiydir.
Apokarp mevalarning chokidan ochiladiganlariga to‘p bargcha,
ochilmaydiganlariga to‘p yong‘oqcha (ayiqtovon) kiradi. O‘ziga xos tuzilishga
ega bo‘lgan apokarp mevalarga: na’matak –bu ko‘p danakli bo‘lib, gipantiy
bilan o‘ralgan; qulupnay –suvli yong‘oqchalardan iborat bo‘lib, gul o‘rni
birlashgan. To‘p bargchali mevalar magnoliya, atirgullilar, chinnigullilar,
ayiqtovon, piyon gullilar oilasiga mansub bo‘lgan ko‘pgina o‘simliklarda
uchraydi (51-rasm).
Monokarp mevalar usti tugunchali urug‘chi gulidan hosil bo‘ladi.
Monokarp
mevalar
evolutsion
taraqqiyotda
apokarp
mevachalarni
reduksiyalanishidan kelib chiqqan. Monokarp mevalar ra’noguldoshlar va
197
ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning so‘nggi vakillarida uchraydi.
Monokarp (bitta meva) mevalar turli morfologik tuzilishda: dukkak,
bittadan bargcha, yong‘oqcha, quruq va suvli danakcha shakllarida turli
oilalarda uchraydi. Dukkak –pishib etilganda chokidan ikki tomonga
ochiladigan quruq meva. Bu meva dukkakdoshlar oilasiga kiradigan hamma
o‘simliklarda turli shakl va o‘lchamlarda mavjud. Mevasining dukkakdan
iborat bo‘lishi oilani butun bir sistematik nomlanishiga sabab bo‘lgan. Dukkak
bir xonali bo‘lib, urug‘lari mevasiga o‘rnashgan, uchi bilan ochiladi. Choki
bilan ochilmaydigan dukkak mevaga no‘xat o‘simligi, ochilmaydigan suvli
dukkak mevaga safora o‘simligining mevasi misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |