M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

 
 
50-rasm.Simpodial to’pgullar 
 
1-  dixaziy, 2- changaksimon, 3- pleyoxaziy. 
 


190 
 
Gul va to‘pgullarning ahamiyati 
Tabiatda  uchraydigan  gullarning  ko‘pchiligi  manzarali  gullar 
hisoblanadi.  Atirgullarning  25  ming,  lolaninig  4  mingga  yaqin,  nargizning  12 
mingdan  ortiq  turi  bo‘lib,    ular  o‘zlarining  hidi,  shakli,  gultojlarining  turli  xil 
rangi  bilan  insonga  estetik  zavq  bag‘ishlaydi.  O‘zbekistonda,  qo‘shni 
davlatlarda    va  chet  ellarda  ham  ko‘plab    gulchilik  firmalari  bo‘lib,  ular  gul 
navlarini ko‘paytirish hamda  tarqatish bilan shug‘ullanadi. Evropada mashhur 
bo‘lgan    atirgul    moyi,  atirgulning  tojbarglaridan  olinib,  tibbiyotda, 
parfyumeriya sanoatida keng foydalaniladi. Farmatsevtika sanoatida esa  ba’zi 
bir hidi o‘tkir dori-darmonlarning hidini mo‘‘tadillashtirish maqsadida ularning 
tarkibiga  kiritiladi.  Chunonchi,  boychechak  o‘simligining    guli  tomoq  og‘riq 
kasalliklarini  davolashda,  yapon  saforasi  o‘simligining  gulidan  vitamin  R 
(rutin) olishda  foydalaniladi. Tirnoqgul o‘simligining guli bo‘yoq tayyorlashda 
ishlatiladi. 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasiga  qarashli  Toshkent 
botanika bog‘ining dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish va iqlimga moslash 
laboratoriyasi    ilmiy  xodimlari    hamda      Toshkent  farmatsevtika  instituti 
farmakognoziya  va  botanika  kafedralarining  ilmiy  xodimlari  bilan 
hamkorlikda 
qardosh 
respublikalar, 
shuningdek 
dunyoning 
boshqa 
hududlaridan  keltirilgan  67  turdagi  dorivor  o‘simliklarni  Toshkent  shahri 
iqlimida  o‘stirishga  erishdilar.  Ularning  fikrlaricha,    tirnoqgul,  qalampir 
yalpiz,  dorivor  marmarak  (mavrak),  dorivor  valeriana,  fenxel  (dorixona 
ukropi), dorivor moychechak, qora andiz, ajgon (ziran karmoni), arpabodiyon, 
oddiy  dastarbosh,  na’matak  turlari,  butasimon  amorfa,  qizil  angishvonagul, 
yoyiq  erizimum,  kendir  turlari,  Kavkaz  yamsi,  Man’chjuriya  araliyasi,  tog‘ 
jumrut, sano (kassiya) turlari, patriniya, tuxumak, besh bo‘lakli arslonquyruq, 
dorivor zangvizorba, yarim butasimon sekurinega, bo‘rigul turlari, qoraqobiq 
turlari,  belladonna,  meksika  bangidevonasi,  pol-pola,  bo‘lakli  ituzum, 


191 
 
gangituvchi  buzulbang  va  boshqa  dorivor  o‘simliklarni  bizning  sharoitimizda 
etishtirish mumkin. 
Hozirgi  kunda  tabiiy  holda  o‘sayotgan  dorivor  o‘simliklarning  
zahiralari  insonlar  ta’sirida  kamayib  bormoqda.  Buning  o‘rnini  to‘ldirish  va 
xalqimiz  ehtiyojini  qondirish  maqsadida  dorivor  o‘simliklar  turlarini 
ko‘paytirish  va  ularni  O‘zbekistonning  tuproq-iqlim  sharoitlarini  hisobga 
olgan  holda  sug‘oriladigan  mintaqalarda  ekib  o‘stirish  maqsadga  muvofiq 
bo‘ladi. O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini dorivor o‘simliklar xomashyosi 
bilan  ta’minlash  maqsadida  yaqin  yillar  ichida  dorivor  o‘simliklarni  ekib 
o‘stiradigan  fermer  va  ixtisoslashgan  xo‘jaliklarni  tashkil  qilish  va 
ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.  
 
U R U G‘  TUZILISHI 
 
U  r  u  g‘    –  urug‘li    o‘simliklar  urug‘  kurtagining  otalanishidan    hosil 
bo‘lgan  bo‘lajak  o‘simlikning  murtak  holatidir.  Soddaroq  tushuntiriladigan 
bo‘lsa,    urug‘  –o‘simlikning    jinsiy  ko‘payishi  natijasida  hosil  bo‘lib,  nasl 
tarqatishda  xizmat  qiladi.  Urug‘  asosan  urug‘lanish  jarayonidan  so‘ng  hosil 
bo‘ladi. 
  Urug‘lanish  sodir  bo‘lmay  urug‘  kurtakning  biror  hujayrasining 
rivojlanishidan murtak hosil bo‘lsa buni  apomiksis deb ataladi. Tuxum hujayra 
urug‘lanmay  rivojlanib  murtak  hosil  qilishini  partenogenez  deyiladi. 
Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish